Eng sifatli
TV tasvir
Dunyodagi №1 televizor brendi
Samsung televizorlar tarixini yaratib kelmoqda va hatto hozirda ham tarix yaratishda davom etmoqda. Isteʼmolchilarning Samsung brendini tanlashi va sevishi hamda uning televizor bozorida peshqadam boʻlib kelayotgani sababi – har yili innovatsion texnologiyalarni tadqiq qilish orqali erishilgan tasvir sifatida evolyutsiyasidir.
Ko‘p yillik izlanishlar davomida ishlab chiqilgan innovatsion texnologiyalar Samsung kompaniyasiga eng yuqori tasvir sifati bilan optimal ko‘rish rejimlarini taklif qilish imkonini berdi. Keling, ular haqida ko'proq bilib olaylik.
Eng yaxshi televizor
tasviri sozlamalari
Tasvir sifatini sinchkovlik bilan tekshiruvchi isteʼmolchilar soni oshib borayotgani sababli turli tomosha muhitlari uchun optimallashtirilgan rejimlar yaratish har qachongidan ham muhimdir. Koʻpchilik oʻz televizorlarini sozlamalarini oʻrnatish uchun kalibrlash xizmatlariga haq toʻlaydi yoki oʻzlarining tomosha qilish ehtiyojlaridan kelib chiqib, tavsiya etilgan optimal sozlamalarni topish uchun internetga kiradi.
Biroq bir qancha oldindan oʻrnatilgan sifat rejimlarga egaligi sababli Samsung televizorlari isteʼmolchilarning istalgan vaziyatda optimallashtirilgan tasvir sifatidan bahramand boʻlishi uchun kerakli boʻlgan yagona narsadir. Samsung televizori taqdim etuvchi har bir sifat rejimining konsepsiyasi va maqsadi hamda qanday qilib ulardan maksimal darajada samarali foydalanish haqida batafsil bilib oling.
Dinamik rejim
Hatto yorqin muhitda ham aniq koʻrinish
Dynamic Mode – kunduzi yoki yorugʻlikka boy joylarda foydalanuvchilarga aniq va ravshan tasvirdan bahramand boʻlish imkonini beruvchi tasvir rejimidir. Bu ajoyib ranglar, takomillashtirilgan yorqinlik va ravshanlik orqali tasvirning aniqligi va ravshanligini taʼminlash uchun televizorda mavjud barcha apparat va dasturiy taʼminot texnologiyalaridan optimal darajada foydalanadi.
Standart rejim
Har qanday vaqt va joyda saqlanuvchi muvozanat
Standard Mode – televizor shundoqqina qutidan olingan paytdagi standart sozlama va odatiy ichki muhitda barcha zavq olishi mumkin boʻlgan rejimdir. Tong boʻladimi yoki tunmi, bu rejim koʻpchilikka mos barqaror va qoniqarli yorqinlikka ega hamda quvvatdan samarali foydalangan holda ekraningizni optimal tasvir sifati bilan taʼminlaydi.
Tabiiy rejim
Qulay va sodda
Natural Mode – sahna yorqinligidagi oʻzgarishlarni aniqlab, soʻng mazkur oʻzgarishlarni isteʼmolchilarga yanada qulayroq diapazonda qayta namoyish qiluvchi tasvir rejimidir. Agar rang va yorqinlikka taʼsirchan boʻlsangiz, sizga Natural Mode tavsiya qilinadi, chunki u koʻzingiz toliqishi va charchoqlarini kamaytirishga yorda beradigan munosib miqdordagi yorugʻlikni chiqaradi.
Kino rejimi
Kino ishqibozlari uchun professional rejim
Movie Mode– bu kontent noshirlari tomonidan taqdim etilgan sifat elementlarini ishonchli aks ettiradigan rejimdir. Bu aksariyat professional taqrizlarda foydalaniladigan hamda filmlar tomosha qilayotganda kinoteatr muhiti taassurotini (ayniqsa, bir oz qorongʻi muhitda) taqdim etuvchi rejim hisoblanadi.
Rejissyor rejimi
FIlm va teledasturlarni ularning yaratuvchilari nazarda tutganidek tomosha qiling
Filmmaker Mode sizga filmlar va teledasturlarni ularning asl rejissyorlari nazarga tutganidek tomosha qilish imkonini beradi. UHD ishlaydigan televizorlarda mazkur yangi tasvir rejimi chinakam kinomatografik tajribani taʼminlash uchun tomonlar nisbati, ranglar va kadrlar chastotasi kabi muhim vizual elementlarni saqlab qoladi.