Qanday qilib Samsung televizorlarida sun'iy yo'ldosh kanallarini topish va sozlash mumkin

Oxirgi yangilanish sanasi : 14.03.2025

Qanday qilib sun'iy yo'ldosh antennasini Samsung televizoriga ulash mumkin

Avvalo sun'iy yo'ldosh antennasini televizorga ulang. Sun'iy yo'ldosh antennasi ikki xil usulda ulanadi:

  • Agarda televizorda Satellite porti bo'lsa, antenna to'g'ridan-to'g'ri televizorga ulanadi. Televizor antennadan kelayotgan signalni mustaqil tarzda qabul qiladi va ekranga uzatadi. 
Satellite ulagichi
  • Agarda televizorda Satellite porti bo'lmasa, antenna sun'iy yo'ldosh resiveri — antennadan signalni qabul qilib, tasvirni televizorga uzatuvchi qurilma orqali qabul qilinadi
Qabul qilgich

Resiverning tashqi ko'rinishi odatiy video magnitafonni eslatadi.

Antenna ulangandan so'ng kanallarni toping. Kanallarni topish usullari televizor va antennani ulash usuliga bog'liq.

Agarda antenna Satellite poritga ulangan bo'lsa qanday qilib kanallarni topish mumkin

  • Operatorni ro'yxatdan tanlash
    2019-2015 yil Samsung televizorlarida ishlaydi (T, R, N, M, Q, LS, K, J Series).
    Eng sodda usul. Televizor oldindan belgilangan kanallar ro'yxatini qabul qiladi, tartibni o'zgartirish yoki keraksizlarni o'chirish mumkin emas.

  • Kanallarni avtomatik izlash 
    2019-2012 yil Samsung televizorlarida ishlaydi (T, R, N, M, Q, LS, K, J, H, F, E, D Series).
    Ko'p vaqt talab etadi, televizor barcha mavjud kanallarni topadi. Tartibni o'zgartirish yoki keraksizlarni o'chirish mumkin emas.

  • Kanallarni qo'lda izlash
    2019-2012 yil Samsung televizorlarida ishlaydi (T, R, N, M, Q, LS, K, J, H, F, E, D Series).
    Ko'p vaqt talab etadi, har bir transponder parametrlarni bilishni talab etadi. Faqat kerakli kanallarni topib, ularning tartibni sozlash imkonini beradi. 

  1. Sun'iy yo'ldosh antennasini Satellite portiga ulagandan so'ng televizorni yoqing va menyuga kiring.

  2. Translyatsiya bo'limiga kiring va Avtosozlashni tanlang.

  3. Boshlash tugmasini bosing.

  4. Antenna qismida ro'yxatdagi operator nomini tanlang.

  5. Kanallarni izlash uchun Izlash tugmasini bosing.

  6. Kanallarni izlash jarayoni yakunlanishini kuting

  7. Tayyor. Yopish tugmasini bosing va menyudan chiqing.

  1. Sun'iy yo'ldosh antennasini Satellite portiga ulagandan so'ng televizorni yoqing va menyuga kiring.

  2. Translyatsiya bo'limiga kiring va Avtosozlashni tanlang.

  3. Boshlash tugmasini bosing.

  4. Antenna qismida sun'iy yo'ldosh antennasini tanlang.

  5. Sozlash uchun kerakli parametrlarni belgilang:
    • Izlash kerak bo'lgan kanallar turini tanlang: radiokanallar, televizion kanallar yoki barchasi;
    • Ro'yxatdan kerakli sun'iy yo'ldoshni tanlang. Sun'iy yo'ldosh nomini sun'iy yo'ldosh operatoridan aniqlashtiring; Agarda ro'yxatda kerakli sun'iy yo'ldosh bo'lmasa, kanallarni qo'lda izlang.
    • LNB sozlamalari bo'limida barcha ma'lumotlarni kiriting. Ma'lumotlarni sun'iy yo'ldosh operatoridan bilib olishingiz mumkin.

  6. Ma'lumotlarni kiritgandan so'ng, signal sifatini tekshiring:
    Agarda signal sifati 100 dan 80 gacha bo'lsa, Yopish tugmasini bosing.
    Agarda signal sifati 80 dan past bo'lsa Ton - 22 Kgs ni o'chirishga urinib ko'ring. Agarda bu yordam bermasa antennaning ulanishi va o'rnatilishini tekshirib ko'ring. Past signal sifati antennadan past sifatli kelayotganini anglatadi. Televizor kanallarni topa olmaydi yoki past sifatda ko'rsatadi. 

  7. Kanallarni izlash uchun Izlash tugmasini bosing.

  8. Kanallarni izlash yakunlanishini kuting.

  9. Tayyor. Yopish tugmasini bosing  va menyudan chiqing.
     

Agarda televizor ma'lum bir kanallarni topa olmagan bo'lsa, u hold qo'lda topishg urinib ko'ring.

  1. Sun'iy yo'ldosh antennasini Satellite portiga ulagandan so'ng televizorni yoqing va menyuga kiring.

  2. Translyatsiya bo'limiga kiring va Qo'shimcha sozlamalarni tanlang. Agarda ushbu bo'lim yo'q bo'lmasa, u holda Kanallarni sozlashni tanlang.

  3. Sun'iy yo'ldosh tizimini tanlang. Mazkur bo'limga kirish uchun PIN kodni kiriting. Odatiy holda bu 0000.

  4. Sun'iy yo'ldoshni tanlashni oching, User Sat (istalgan) ni tanlang. Boshqa lar mavjud bo'lsa, ularni o'chiring. Saqlash tugmasini bosing. 

  5. LNB quvvatini yoqing, agar o'chirilgan bo'lsa.

  6. LNB sozlamalarini tanlang.

  7. Sozlash uchun ma'lumotlarni kiriting:
    • Transponder sozlamalarini kiriting;
    • DiSeqC rejimi o'chirilganligiga ishonch hosil qiling, agarda undan foydalanilmasa;
    • Yuqori LNB va Quyi LNB ma'lumotlarini kiriting;
    • LNB turiga qarab Ton - 22 KGs qilib belgilang. Universal LNB uchun Avto qiymatini tanlang.
    Barcha ma'lumotlarni sun'iy yo'ldosh operatoridan bilib olishingiz mumkin. 

  8. Ma'lumotlarni kiritigandan so'ng signal sifatini tekshirib ko'ring:
    •Agarda signarl sifati 100 dan 80 gacha bo'lsa, Yopish tugmasini bosing.
    •Agarda signal sifati 80 dan past bo'lsa Ton - 22 Kgs ni o'chirishga urinib ko'ring. Agarda bu yordam bermasa antennaning ulanishi va o'rnatilishini tekshirib ko'ring. Past signal sifati antennadan past sifatli kelayotganini anglatadi. Televizor kanallarni topa olmaydi yoki past sifatda ko'rsatadi. 

  9. Qo'shimcha sozlamalar bo'limiga qayting (Ortga tugmasi yordamida) va Qo'lda sozlash bo'limini tanlang. Agarda Qo'shimcha sozlamalar bo'limi yo'q bo'lsa, Kanalni sozlash bo'limini tanlang. 

  10. Transponder > Yaratish ni belgilang.

  11. Sozlash uchun ma'lumotlarni kiriting va Saqlash tugmasini bosing. Ma'lumotlarni sun'iy yo'ldosh operatoridan aniqlashtiring. 

  12. Agarda bir transponderda kanallarni Izlash kerak bo'lsa, Tarmoqni izlash bo'limini o'chiring. Agarda barcha kanallarni izlash kerak bo'lsa — Yoqing

  13. Izlash tugmasini bosing. 

  14. Kanallarni izlash jarayoni yakunlanishini kuting

  15. Tayyor. OK tugmasini bosing  va menyudan chiqing.

 

Agarda antenna sun'iy yo'ldosh resiveriga ulangan bo'lsa kanallarni qanday topish mumkin

Kanallarni izlashdan oldin televizorni sun'iy yo'ldosh resiveriga ulang (HDMI, RCA yoki boshqa kabel orqali).

So'ngra resiverni sozlang. Qanday qilib sozlashni bilib olish uchun foydalanish qo'llanmasiga yoki sun'iy yo'ldosh operatoriga murojaat qiling. 

Kodlangan kanallarni ko'rish mumkin emas. Nima qilish kerak?

Kodlangan kanallarni tomosha qilish uchun televizorga CAM modulini ulang. CAM modulini sun'iy yo'ldosh operatori yoki elektronika do'konlarida xarid qilishingiz mumkin. 

Efir orqali (oddiy antenna yordamida) yoki kabelli televideniyeni qanday sozlash mumkin

Sun'iy yo'ldosh televideniyesini sozlash efir yoki kabelli televideniye sozlamalaridan farq qiladi. Quyida alohida maqoladan foydalanishingiz mumkin. 

Fikr-mulohazangiz uchun tashakkur!