Qanday qilib Samsung televizoriga tashqi qurilmani RCA kabeli orqali ulash mumkin

Oxirgi yangilanish sanasi : 04.03.2025

RCA ─ kabel va qurilmalardagi ulagich turi. RCA kabeli uchta simdan tashkil topgan: odatda bu sariq, oq va qizil simlar (boshqa ranglar ham bo'lishi mumkin). Simlarning biri orqali video signal, qolgan ikkitasi orqali esa stereo tovush uzatiladi. Misol uchun RCA kabeli orqali resiverlar, DVD, ayrim uy kinonteatrlari, saundbarlarni ulash mumkin. RCA kabeli orqali ulanish kompozitli deb ataladi.  

Rangli belgilash faqat qulaylik uchun foydalanilib, o'z xususiyatlari bo'yicha 3 ta sim bir xil (o'zaro almashtirib foydalanish mumkin).

RCA kabel
  • Analogli kompozit usuldagi ulanish orqali signal uzatilganda tasvir va tovush sifati cheklangan bo'ladi. Misol uchun, video sifati 576i dan oshmagan aniqlikda bo'ladi. Shu sababli, qurilmalarda HDMI portlar mavjud bo'lganda aynan HDMI ulanishdan foydalanish tavsiya etiladi. 
  • RCA portlar 2020 yilda ishlab chiqarilgan va undan yangi televizor modellarida hamda 2020-yilgacha ishlab chiqarilgan premium televizorlarda mavjud bo'lmasligi mumkin. 

Qurilmani televizorga RCA kabel orqali ulash uchun 2 xil usul mavjud:

Ayrim turdagi televizorlarga qurilmani RCA kabel bilan faqat adapter yordamida ulash mumkin.

Qanday qilib qurilmani televizorga RCA kabel bilan to'g'ridan-to'g'ri ulash mumkin

1 Sariq kabelni istalgn uchi bilan televizorning orqa qismidagi VIDEO portiga ulang (odatda port sariq yashil rangda bo'ladi).
2 Kabelning ikkinchi uchini ulamoqchi bo'lgan qurilmaning sariq rangdagi VIDEO OUT portiga ulang.

Kabel istalgan rangda bo'lishi mumkin. Asosiysi, kabel televizorda ham tashqi qurilmada ham bir xil portga ulanishi talab etiladi. Portlar ranglar, so'zlar yoki harflar yordamida belgilanishi mumkin. 

Agarda portlar ranglar bilan ajratilmagan bo'lsa, VIDEO yozuvi asosida ulang.

Televizordagi ulagichlarning joylashuvi Televizordagi ulagichlarning joylashuvi

Televizordagi ulagichlarning joylashuvi

Ulagichlarning tashqi qurilmadagi joylashuvi Ulagichlarning tashqi qurilmadagi joylashuvi

Ulagichlarning tashqi qurilmadagi joylashuvi

3 Kabel ulangandan so'ng televizorda AV signal manbaini tanlang.

K seriyali va undan yangi smart televizor modellarida signal manbaini tanlashni bilib olish:

Ko'plab zamonaviy televizorlarda signal manabi qurilma ulanganida avtomatik tarzda o'zgartiriladi. Ammo, har qanday holatda ham sozlamalarda signal manbaini tekshirib ko'rishingizni tavsiya etamiz. 

  1. Pultda Hime Home tugmasini bosing. Ochilgan menyuda esa Manba qismini tanlang.
  2. Ulangan qurilmalar ro'yxati namoyish etiladi. Agarda signal manbai sifatida AV belgilanmagan bo'lsa, uni tanlang hamda pultda Kiritish tugmasini bosing. 

 

K seriyagacha bo'lgan televizor modellarida signal manbaini tanlashni bilib olish:

  1. Pultda SOURCE SOURCE tugmasini bosing.
  2. Ulangan manbalar ro'yxati aks ettiriladi. AV ni tanlang va pultda kiritish tugmasini bosing.
4 Agarda televizor ekranida tasvir paydo bo'lsa, qolgan qizil va oq kabellarni televizor va qurilmadagi mos portlarga ulang. Odatda, televizorlarda mazkur portlar AUDIO, tashqi qurilmada esa AUDIO OUT sifatida belgilab qo'yilgan.

Agarda tasvir yo'q bo'lsa, demak simlar noto'g'ri ulangan yoki noto'g'ri signal manbai tanlangan. Agarda tasvir oq-qora rangda bo'lsa, u holda video simi noto'g'ri portga ulangan. 

Agarda uy kinoteatri ulanayotgan bo'lsa, qizil va oq rangli kabellar (AUDIO) ulanishi shart emas, chunki kinoteatr o'z audio tizimiga ega. Agarda ushbu kabellar ulansa, tovush televizor orqali ijro etiladi. Shuningdek, qo'shimcha akustika tizimidan foydalanilganda ham ularni ulash shart emas (mazkur holatda siz ushbu kabellarni ulamaysiz).

Qurilmani televizorga RCA kabel orqali adapter yordamida qanday ulash kerak

1 Sariq, oq va qizil rangdagi uchta ulagichli sariq adapterni oling. Bir ulagichli uchi bilan televizordagi sariq portga ulang.
RCA

Odatda televizor to'plamida 2 ta adapter mavjud bo'ladi: sariq va ko'k. Kompozit usulda ulanganda ko'k adapterni televizorga ulash shart emas. 

Agarda ulagichlar rang bilan ajratilmagan bo'lsa, VIDEO yozuvi bo'yicha ulang. 

Sariq kabelni ulang, ko'kni ulashingiz shart emas
2 Endi adapterning sariq ulagichiga RCA kabelining sariq simini ulang (istalgan uchini).
3 Sariq simning ikkinchi uchini tashqi qurilmadagi sariq VIDEO portiga ulang.
4 Kabel ulangandan so'ng televizorda AV signal manbaini tanlang.

K seriyali va undan yangi smart televizor modellarida signal manbaini tanlashni bilib olish:

Ko'plab zamonaviy televizorlarda signal manabi qurilma ulanganida avtomatik tarzda o'zgartiriladi. Ammo, har qanday holatda ham sozlamalarda signal manbaini tekshirib ko'rishingizni tavsiya etamiz. 

  1. Pultda Hime Home tugmasini bosing. Ochilgan menyuda esa Manba qismini tanlang.
  2. Ulangan qurilmalar ro'yxati namoyish etiladi. Agarda signal manbai sifatida AV belgilanmagan bo'lsa, uni tanlang hamda pultda Kiritish tugmasini bosing. 

 

K seriyagacha bo'lgan televizor modellarida signal manbaini tanlashni bilib olish:

  1. Pultda SOURCE SOURCE tugmasini bosing.
  2. Ulangan manbalar ro'yxati aks ettiriladi. AV ni tanlang va pultda kiritish tugmasini bosing.
5 Agarda televizor ekranida tasvir paydo bo'lsa, qolgan qizil va oq kabellarni televizor va qurilmadagi mos portlarga ulang. Odatda, televizorlarda mazkur portlar AUDIO, tashqi qurilmada esa AUDIO OUT sifatida belgilab qo'yilgan.

Agarda tasvir yo'q bo'lsa, demak simlar noto'g'ri ulangan yoki noto'g'ri signal manbai tanlangan. Agarda tasvir oq-qora rangda bo'lsa, u holda video simi noto'g'ri portga ulangan. 

Agarda uy kinoteatri ulanayotgan bo'lsa, qizil va oq rangli kabellar (AUDIO) ulanishi shart emas, chunki kinoteatr o'z audio tizimiga ega. Agarda ushbu kabellar ulansa, tovush televizor orqali ijro etiladi. Shuningdek, qo'shimcha akustika tizimidan foydalanilganda ham ularni ulash shart emas (mazkur holatda siz ushbu kabellarni ulamaysiz).

Fikr-mulohazangiz uchun tashakkur!