Samsung Galaxy S25 uchun MPP-simsiz zaryadlash nima
Zamonaviy smartfonlar kun sayin qulaylashib bormoqda va simsiz zaryadlash ularning asosiy funksiyalaridan biri. Galaxy S25 Series qurilmalarida MPP texnologiyasini qo'llab-quvvatlash imkoniyati taqdim etildi. Keling, uning qanday ishlashi, boshqa texnologiyalardan farqi hamda nimalarga e'tibor qaratish kerakligi haqida bilib olamiz.
MPP-simsiz zaryadlash
MPP (Magnetic Power Profile) — bu telefonning hamda zaryadlash qurilmasining quvvat elementlarini aniq ulash uchun magnitdan foydalanuvchi simsiz zaryadlash texnologiyasi. Uning ishlashi uchun smartfonni zaryadlash qurilmasiga mustahkam o'rnatishga yordam beruvchi magnitli g'ilof yoki plastina talab etiladi.
Mazkur aksessuarlarsiz telefon zaryad olmaydi yoki zaryadlash barqaror bo'lmaydi. Bu zaryadlash tizimi qurilmani aniqlay olmasligi va barqaror ulanishni ta'minlamasligiga bog'liq bo'lishi mumkin.
Yangi Galaxy S25 Series qurilmalarida MPP texnologiyasini qo'llab-quvvatlovchi yangilangan Qi 2.1 standarti mavjud. Buning natijasida:
- Zaryadlash barqarorlashdi
- Qurilma magnitga mustahkam o'rnatiladi
- Zaryadlashdagi uzilish xavfi kamaydi
MPP va MagSafe® o'rtasidagi farq
MPP va MagSafe® o'xshash prinsiplar asosida ishlaydi, ammo muhim farq mavjud:
- MagSafe® — Apple qurilmalari uchun mo'ljallangan Apple patentlangan texnologiyasi.
- MPP — Qi 2.0 va undan yangi versiyani qo'llab-quvvatlovchi zaryadlash qurilmalari uchun mos ochiq standart
Agarda Samsung Galaxy S25 smartfonini MagSafe® yordamida zaryadlashga urinib ko'rsangiz, muammolar yuzaga kelishi mumkin:
- Sekin zaryadlash,
- Jarayondagi uzilishlar,
- Barqaror bo'lmagan ulanish
Shu sababli zaryadlash qurilmasini tanlashda u Qi 2.0 (yoki yangi) va MPP qo'llab-quvvatlashiga ishonch hosil qiling.
Sertifikatlashdan o'tgan mahsulotlarga Qi2 logotipi tushiriladi.
Samsung Galaxy S25 ni zaryadlashdagi uzilishlar
Agarda magnitli g'ilof bilan birgalikda ham telefon barqaror zaryad olmasa. Bu magnitlarning noto'g'ri joylashganligi bilan bog'liq bo'lishi mumkin. Ular telefonning ichki zaryadlash qismiga mos tushishi kerak.
Qanday qilib muammolarni oldini olish mumkin?
- Zaryadlash qurilmasi Qi 2.0 yoki undan yangi versiyani qo'llab-quvvatlashiga ishonch hosil qiling
- Samsung original aksessuarlari yoki SMAPP sertfikatiga ega mahsulotlardan foydalaning (Samsung Mobile Accessory Partnership Program).
SMAPP mahsulotlarining qadog'ida logotipi tushirilgan.
Fikr-mulohazangiz uchun tashakkur!
Barcha savollarga javob bering.