Samsung Galaxy S25 ekrani va kamerasi ichidagi namlik

Oxirgi yangilanish sanasi : 28.02.2025
Terlagan kameralar

Galaxy S25 Series smartfonlari IPx8 standarti bo'yicha suvga chidamlilikka ega. Ventilyatsiya oralig'i Gore-Tex® materiali bilan jihozlangan bo'lib, u suvdan himoya qilgan holda havo aylanishini ta'minlaydi. Ammo havodagi namlik qurilma ichiga kirishi mumkin.

Issiq xonadan sovuq havoga chiqqanda ko'zoynaklarda namlik paydo bo'lgandagi kabi tezkor harorat o'zgarishlari natijasida ekran va kamerada kondensat vujudga kelishi mumkin. Bu barcha modellarda uchrab turadigan vaqtinchalik hodisa. 

Terlashning oldini olish uchun, qurilmaga tezkor harorat o'zgarishlari ta'sir qilishini oldini oling. Agarda kondensat paydo bo'lsa, uni xona haroratida quritishga qo'ying. 

Chiqarishdan oldin smartfonlar jiddiy suvga chidamlilik sinovlaridan o'tkaziladi. Ammo zarbalar va tushib ketish natijasida himoyaga shikast yetib, namlik kirishiga olib kelishi mumkin. 

Agar muammo hal bo'lmasa, xizmat ko'rsatish markaziga murojaat eting.


Fikr-mulohazangiz uchun tashakkur!