Samsung Galaxy’da o‘chirilgan suratlarni qanday tiklash mumkin
Android 14-9 tizimiga ega smartfonlarda, agar tasodifan suratni o‘chirib yuborgan bo‘lsangiz, uni tiklash mumkin, agar telefoningizda “Axlat qutisi” funksiyasi yoqilgan bo‘lsa.
O‘chirilgan suratlar qurilmadan darhol yo‘qolib ketmaydi, ular avval “Axlat qutisi”ga tushadi va ma'lum muddat saqlanadi. Shu yerdan siz xatolik bilan o‘chirib yuborgan surat va videoyozuvlarni qaytarishingiz mumkin.
Eslatma:
Android 8 va undan oldingi versiyalarga ega qurilmalarda, shuningdek, Android GO da “Axlat qutisi” funksiyasi qo‘llab-quvvatlanmaydi. Suratlarni tiklash uchun quyidagi boshqa usullardan foydalaning.
Suratlarni “Axlat qutisi”dan qanday tiklash mumkin
Suratlar telefondan to‘liq o‘chirilishidan oldin, ular “Axlat qutisi”ga tushadi va ma’lum muddat saqlanadi:
- Android 14 – 11 – 30 kun,
- Android 10 – 9 – 15 kun.
Ularni tiklash uchun telefoningizda Android versiyasini ko‘ring va ko‘rsatmalarni ochish uchun mos sarlavhani bosing.
Android 13 – 11
Diqqat:
Agar “Axlat qutisi”ni ishga tushirganda ekranda “Axlat qutisini yoqish kerakmi?” degan yozuv paydo bo‘lsa, bu funksiyaning sozlamalarda o‘chirib qo‘yilganini anglatadi. Bunday holda, “Galereya”dan o‘chirilgan suratlar telefondan to‘liq yo‘qoladi va ularni tiklashning imkoni bo‘lmaydi.
Agar siz suratlarni “Axlat qutisi”dan topa olmagan bo‘lsangiz, lekin ularni 30 kundan kamroq vaqt oldin o‘chirganingizga va “Axlat qutisi”ni qo‘lda bo‘shatmagan bo‘lsangiz, ularni “Mening fayllarim” ilovasida izlab ko‘ring.
“Mening fayllarim” ilovasida ham yaqinda o‘chirilgan narsalar saqlanadigan “Axlat qutisi” mavjud. Agar suratlarni “Galereya”dan emas, balki “Mening fayllarim” ilovasidan o‘chirgan bo‘lsangiz, ular aynan shu yerda saqlanadi.
Android 10 – 9

Suratlarni yana qanday tiklash mumkin
Agar telefoningiz “Axlat qutisi” funksiyasini qo‘llab-quvvatlamasa yoki suratlar allaqachon “Axlat qutisi”dan o‘chirilgan bo‘lsa, ularni quyidagi usullardan biri bilan tiklashingiz mumkin:
Agar ilgari Smart Switch orqali kompyuterga, bulutga yoki SD-kartaga zaxira nusxasini olgan bo‘lsangiz, suratlarni undan tiklash mumkin.
Qurilmangizda OneDrive bilan sinxronizatsiya o‘rnatilganligini tekshiring. Bunday holatda siz o‘chirilgan suratlarni bulutda topib, u yerdan yuklab olishingiz mumkin.
Agar qurilmangizda Google Foto bilan sinxronizatsiya yoqilgan bo‘lsa, kerakli suratni undan tiklash mumkin.
Agar siz suratni telefoningizdan o‘chirgan bo‘lsangiz ham, u Google Foto’da saqlanib qoladi, faqat “Galereya” bulutli saqlash bilan sinxronizatsiya qilingan bo‘lsa.
Agar siz Google Foto ilovasida suratni o‘chirsangiz, u telefoningizning “Galereya”sidan ham yo‘qoladi. Uni Google Foto ilovasidagi “Axlat qutisi”dan 60 kun ichida tiklashingiz mumkin.
Agar sizda zaxira nusxalari yoki bulutli xizmatlar bilan sinxronizatsiya yo‘q bo‘lsa, suratlarni tiklashning imkoni bo‘lmaydi.
Kelgusida bunday vaziyatdan qochish va ma'lumotlarni yo‘qotmaslik uchun fayllaringizning zaxira nusxasini olishni yoki bulutli xizmat bilan sinxronizatsiya qilishni tavsiya qilamiz.
Fikr-mulohazangiz uchun tashakkur!
Barcha savollarga javob bering.