One UI 7.0 da energiya samaradorligi rejimini qanday yoqish mumkin

Oxirgi yangilanish sanasi : 03.03.2025

Energiya samaradorligi rejimi — energiya sarfini kamaytirish maqsadida aytim funksiyalarni o'chirish yoki cheklash orqali qurilmaning ishlash vaqtini uzaytiradi. One UI 7.0 (Android 15) da energiya samaradorligi rejimi sozlamalarida 3 t yangi xususiyat paydo bo'ldi:

  • Harakatlar ravonligi: Standart qiymat;
  • Qorayish rejimini yoqish;
  • Ekranning kutish vaqtini beglilash: 30 soniya.

Ushbu maqolada siz energiya samaradorligi rejimini qanday yoqish va yangi funksiyalar haqida batafsil bilib olasiz. 

One UI 7.0 da energiya samaradorligi rejimini qanday yoqish mumkin

Sozlamalar >Qurilmaga xizmat ko'rsatish bo'limini oching Sozlamalar >Qurilmaga xizmat ko'rsatish bo'limini oching

Qadam 1. Sozlamalarni oching va Qurilmaga xizmat ko'rsatish bo'limiga o'ting.

Batareya bo'limig o'ting Batareya bo'limig o'ting

Qadam 2. Batareya bo'limiga o'ting

Energiya samaradorligi bo'limini oching Energiya samaradorligi bo'limini oching

Qadam 3. Rejim sozlamalarini ochish uchun Energiya samaradorligi bo'limi ustiga bosing. Rejimni tezkor faollashtirish uchun o'ng tomondagi tugmadan foydalanish mumkin.

Energiya samaradorligi rejimini yoqing Energiya samaradorligi rejimini yoqing

Qadam 4. Shu yerda energiya samaradorligining xususiyatlarini izchil sozlash mumkin. Kerakli sozlamalar o'rnatilgandan so'ng rejimni faollashtirish uchun O'chirilgan tugmaga bosing.

One UI 7.0 da qanday yangi energiya samaradorligi rejimining yangi funksiyalari kiritildi

One UI 7.0 da qurilmadan foydalanish vaqtini uzaytirishga yordam beruvchi energiya samaradorligining 3 ta qo'shimcha sozlamalari kiritildi. Ularni yoqish yoki o'chirish uchun har bir funksiya yonidagi tugmani bosing.

  • "Harakatlar ravonligi": Standart qiymat — batareya zaryadini saqlash uchun ekran yangilanish tezligi 120 Gs dan 60 Gs gacha o'zgaradi. 
  • Qorayish rejimini yoqish — energiya samaradorligi rejimi yoqilganda qora tema faollashtiriladi.
  • Ekran kutish vaqtini belgilash: 30 soniya — agar ekranga 30 soniya tegilmasa u o'chadi va kutish rejimiga o'tadi.

Fikr-mulohazangiz uchun tashakkur!