Qanday qilib Samsung Galaxy qurilmasida suratlarni optimallashtirishni yoqish mumkin

Oxirgi yangilanish sanasi : 06.03.2025

"Kadrni optimallashtirish" funksiyasi — bu suratlar sifatini oshirishga qaratilgan yana bir qadam

Uning yordamida smartfoningiz kamerasi tasvirni tahlil qiladi va mos obyektni topganda rang sozlamalarini optimallashtiradi. 

Funksiya quyidagi qurilmalarda qo'llab-quvvatlanadi:

Galaxy S9, Galaxy S10, Galaxy S20, Galaxy S21, Galaxy Note9, Galaxy Note10, Galaxy Note20, Galaxy Fold, Galaxy M30s, hamda 2019-yilda chiqarilgan ayrim A Series smartfonlarida.

Funksiyalarning mavjudligini Foydalanuvchi qo'llanmasida bilib olishingiz mumkin..

Qanday qilib "Sahnani optimallashtirish" funksiyasini yoqish mumkin.

1 Kamera ilovasini oching.
2 Chap yuqori burchakdagi Sozlamalar yorlig'ini bosing.
3 "Kadrni optimallashtirish" funksiyasini yoqing.

"Kadrni optimallashtirish" funksiyasi faqat "Fotosurat" rejimida va faqat telefonning asosiy kamerasi uchun amal qiladi. 

Suratni avtomatik optimallashtirishdan foydalanish

Kamera predmet yoki sahnani aniqlaganda ekranda aniqlash belgisi paydo bo'ladi va yorug'likni moslashtirish avtomatik amalga oshiriladi.

Bundan tashqari, "Eng yaxshi surat" funksiyasi kadrni to'girlashingiz uchun fokuslash davomida gorizontal chiziqni aks ettiradi.

E'tibor qarating:

Yuqoridagi tasvirda Android 10.0 versiyadagi operatsion tizimdan foydlanilgandagi yorliq joylashuvi aks ettirilgan. Agarda siz undan avvalgi versiyalardan foydalanayotgan bo'lsangiz, yorliq o'ng tomonda emas, markazda aks ettiriladi. 

Turli rejimlar qanday mohiyatga ega?

Asosiy kamera uchun 20 ta turli xil rejimlardan birini tanlab, har bir aniq holat uchun eng mos variantdan foydalanish imoniyati mavjud. 

  • Ovqat
  • Portret
  • Gullar
  • Xona
  • Hayvonlar
  • Manzara
  • O'simliklar
  • Daraxtlar
  • Osmon
  • Tog'lar
  • Plyaj
  • Quyosh chiqishi va botishi
  • Sohil
  • Ko'cha
  • Tun
  • Sharshara
  • Qor
  • Qushlar
  • Fondagi chiroqlar
  • Matn

 

Shuningdek S10 modellari uchun quyidagi 10 ta rejim amal qiladi:

 

  • Kiyim
  • Avto
  • Yuz
  • Ichimliklar
  • Odam
  • Mushuk
  • Poyabzal
  • It
  • Sahna
  • Bola

E'tibor qarating

"Kadrni optimallashtirish" funksiyasining ishlashi obyektlar soni, suratga olish jarayonidagi harakatlanishi va fokusdan chiqishi kabi suratga olish sharoitlariga bog'liq bo'lishi mumkin.

Suratni avtomatik optimallashtirishni o'chirish

Siz funksiyani ekrandagi harakatlanayotgan yorliqni bosib o'chirishingiz mumkin. "Kadrni optimallashtirish" funksiyasi o'chirilganda yorliq rangi kulrangga o'zgaradi. 

E'tibor qarating:

Yuqoridagi tasvirda Android 9.0 versiyadagi operatsion tizimdan foydlanilgandagi funksiyani o'chirish jarayoni ko'rsatilgan. Agarda siz undan avvalgi versiyalardan foydalanayotgan bo'lsangiz, funksiyani o'chirish uchun oldindan ko'rish oynasida Sozlamalarni tanlang, so'ngra "Kadrni optimallashtirish" tugmasini suring. 

Fikr-mulohazangiz uchun tashakkur!