Qanday qilib Samsung Galaxy qurilmasida Dolby Atmos tovushni faollashtirish mumkin
Dolby Atmos texnologiyasi sizning atrofingizdagi muhitda tovushning uch o'lchamli tarqalishini ta'minlashi tufayli sizda ishtirok etish effekti paydo bo'ladi. Multimedia fayllari Dolby Atmos rejimida ijro etilganda o'zingizni voqealar markazida his eting.
Примечание:
- Ayrim qurilma modellarida Dolby Atmos faqat quloqchinlar orqali qo'llab-quvvatlanadi. Qurilmangizda Dolby Atmos texnologiyasining mavjudligi haqidagi aniq ma'lumotni Foydalanuvchi qo'llanmasida bilib olishingiz mumkin.
- Dolby Atmos yoqilganda boshqa tovush effektlari amal qilmaydi.
Qanday qilib Dolby Atmos texnologiyasini faollashtirish kerak
O'z Samsung Galaxy qurilmangizda Dolby Atmos funksiyasini faollashtirish uchun quyidagi amallarni bajaring:
Dolby Atmos bir nechta rejimlarga ega bo'lib, siz amaldagi vazifa uchun keraklisini yoqishingiz mumkin.
Buning uchun Dolby Atmos qismiga bosing, so'ngra to'rtta tanlovdan birini belgilang:
- Avtomatik;
- Film;
- Musiqa;
- Ovoz.
Tezkor sozlamalar paneli orqali Dolby Atmos funksiyasini qanday qilib yoqish yoki o'chirish mumkin
Dolby Atmos rejimini tez o'chirish yoki yoqish uchun tegishli tugmani tezkor sozlamalar paneliga qo'shing:
Tayyor. Endi rejimni istalgan vaqtda tezda o'chirish yoki yoqish uchun tezkor sozlamalar panelida Dolby Atmos tugmasini bosish kifoya.
E'tibor qarating:
Qurilmaga yozilgan audio yoki video fayllar ijro etiladigan ayrim hollarda, Dolby Atmos rejimi yoqilgandan qo'shimcha shovqin eshitilishi mumkin.
Bunday muammoni hal etish uchun, rejimni vaqtincha o'chiring.
Fikr-mulohazangiz uchun tashakkur!
Barcha savollarga javob bering.