Samsung Galaxy telefoni fonari ishlamasa nima qilish kerak
Fonar — smartfonning sodda va foydali funksiyasi
Ushbu maqolada fonar vaqti-vaqti bilan o'chib qolsa yoki ishlamasa nima qilish kerakligi haqida aytib o'tamiz.
Telefon fonari — bu alohida chiroq emas, balki kamera chirog'idir. Ayrim hollarda g'ilof o'lchamlari bo'yicha mos kelib, ishlab chiqaruvchi modelning mos kelishini qayd etsa-da, g'ilofdagi kamera o'rni kamera va chiroqning joylashuviga mos kelmasligi mumkin (agarda siz rasmiy Samsung g'iloflaridan foydalanmasangiz).
G'ilofni yeching va fonarni tekshirib ko'ring
Smartfon zaryadi darajasini tekshiring. Ayrim modellarda agarda zaryad darajasi 5% yoki 15% dan kam bo'lsa, fonar ishlamaydi.
Ayrim hollarda shunchaki o'chirib yoqish muammoni hal etishi mumkin — u qurilma ishlashidagi ayrim xatoliklarni to'girlaydi.
Qurilmani o'chirish tugmasini bosib turing. Ekranda amallar variantlari paydo bo'lganda, O'chirib yoqishni tanlang.
Kamera ilovasini oching, kamera chirog'ini yoqing va suratga oling
- Agarda kamera chiroqlari ishlasa — xatolik fonar funksiyasining o'zida yuzaga kelgan bo'lishi mumkin. Tekshirib ko'rish uchun Galaxy Store yoki Google Play do'konlaridan uchinchi tomon fonar ilovasini o'rnatishga urinib ko'rishingiz mumkin.
Mavzu bo'yicha:
- Agarda kamera chiroqlari ishlamasa — muammo ilovalar o'rtasidagi xatolik yoki dasturiy ta'minotdagi xatolikka bog'liq bo'lishi mumkin.
Agarda uchinchi tomon ilovasini o'rnatish yordam bermasa yoki kamera chiroqlari ishlamasa — keyingi qadamga o'ting.
Agarda yangiliklar mavjud bo'lsa, ularni o'rnating. Yangilash smartfon dasturiy ta'minotidagi xatoliklar bilan bog'liq muammolarni hal etishi mumkin.
Mavzu bo'yicha:
Yuklab olingan ayrim ilovalar sozlamalarga o'zgartirishlar kiritishi hamda qurilmaning to'g'ri ishlashiga to'sqinlik qilishi mumkin. Xavfsiz rejimda faqat tizim ilovalari ishlaydi. O'rnatilgan barcha uchinchi tomon ilovalari ishga tushirilmaydi.
Agarda xavfsiz rejimda fonar ishlasa, u holda muammo ma'lum bir o'rnatilgan ilovalarga bog'liq.
Sozlamalarni boshlang'ich holatga qaytarish smartfoningizdagi barcha ma'lumotlarni o'chib ketishiga olib keladi.
Boshlang'ich holatga qaytarishdan avval barcha muhim ma'lumotlaringizni rezerv nusxasini yaratishni qat'iyan tavsiya etamiz.
Agarda barcha tavsiyalar bajarilgandan so'ng ham fonar ishlamasa, smartfon ishlashini diagnostika qilish va ta'mirlash uchun atrofingizdagi ro'yxatdan o'tgan xizmat ko'rsatish markaziga murojaat eting.
Fikr-mulohazangiz uchun tashakkur!
Barcha savollarga javob bering.