Samsung Galaxy qurilmasining Audioyozuv ilovasida xato paydo bo'lganda nima qilish kerak?

Oxirgi yangilanish sanasi : 05.03.2025

Agarda Audioyozuv (Diktofon) ilovasi ishga tushmayotgan bo'lsa yoki foydalanish davomida "Audioyozuv ilovasi to'xtatildi" degan xabar paydo bo'lsa, quyidagi amallarni bajaring:

1 Telefonni o'chirib yoqib ko'ring.
Ayrim hollarda sodda o'chirib yoqish muammoni hal etishi mumkin — u tezkor xotirani tozalaydi hamda ilova ishlashidagi kichik xatolarni bartaraf etadi.
2 Audioyozuv (Diktofon) ilovasi ma'lumotlarini tozalang.
Tozalash natijasida ilova sozlamalari boshlang'ich holatiga qaytadi. Ma'lumotlar esa o'chirilmaydi.
3 Audioyozuv (Diktofon) ilovasi uchun yangiliklarni tekshiring.
Agar ular mavjud bo'lsa, o'rnating.
  • Agar ilova ishga tushsa:
Audioyozuv ilovasini oching Audioyozuv ilovasini oching

Qadam 1. Audioyozuv (Diktofon) ilovasini oching.

Uchta nuqtaga bosing Uchta nuqtaga bosing

Qadam 2. Ekranning yuqori o'ng burchagidagi uchta nuqtani bosing.

Sozlamalarni bosing Sozlamalarni bosing

Qadam 3. Sozlamalarni bosing.

Diktofon ilovasi haqida ni belgilang Diktofon ilovasi haqida ni belgilang

Qadam 4. Diktofon ilovasi haqida bo'limiga o'ting.

Yangilashni tanlang Yangilashni tanlang

Qadam 5. O'rnatish uchun yangiliklar mavjud bo'lganda Yangilash tugmasi aks ettiriladi. Uni bosing. Agarda tugma ko'rsatilmasa — sizda ilovaning so'nggi versiyasi o'rnatilgan.

  • Agarda ilova ishga tushirilmasa:

Qadam 1. Galaxy Store ilovasini oching.

Qadam 2. Menyu bo'limiga o'ting.

Qadam 3. Yangilash ro'yxatini oching.

Qadam 4. Ilovalar ro'yxatida Audioyozuv (Voice Recorder)ilovasini tanlang.

Qadam 5. O'rnatish uchun yangiliklar mavjud bo'lganda Yangilash tugmasi aks ettiriladi. Uni bosing. Agarda uning o'rniga Ochish tugmasi ko'rsatilgan bo'lsa — sizda allaqachon ilovaning so'nggi versiyasi o'rnatilgan.

4 Agar ilova uchun mavjud yangiliklar yo'q bo'lsa yoki allaqachon so'nggi versiya o'rnatilgan bo'lsa, ilovani o'chiring hamda Galaxy Store orqali boshidan o'rnating.
  • Ilovani qanday o'chirish mumkin:
Sozlamalar"Ilovalar ni oching Sozlamalar"Ilovalar ni oching

Qadam 1. Sozlamalarni oching va Ilovalar bo'limiga o'ting.

Audioyozuv ilovasini toping Audioyozuv ilovasini toping

Qadam 2. Ro'yxatdan Audioyozuv ilovasini toping va unga bosing.

O'chirishni bosing O'chirishni bosing

Qadam 3. Ekranning pastida O'chirish tugmasini bosing.

OK tugmasini bosing OK tugmasini bosing

Qadam 4. O'chirishni tasdiqlash uchun OK tugmasini bosing.

  • Ilovani qanday o'rnatish mumkin:
Yangilashni tanlang Yangilashni tanlang

Qadam 1. Galaxy Store ilovasini oching.

Galaxy Store ni oching Galaxy Store ni oching

Qadam 2. Ilovani qidirish uchun Lupa belgisini bosing.

Samsung Voice Recorder ilovasini toping Samsung Voice Recorder ilovasini toping

Qadam 3. Izlash maydoniga Samsung Voice Recorder deb kiriting va kerakli ilovani tanlang.

O'rnatishni bosing O'rnatishni bosing

Qadam 4. O'rnatish tugmasini bosing.

5 Smartfon uchun yangiliklar mavjudligini tekshiring.
Ayrim yangiliklar majburiy bo'lib, qurilmaning to'g'ri ishlashi uchun talab etiladi.
6 Agarda avvalgi barcha qadamlar yordam bermagan bo'lsa, smartfon sozlamalarini boshlang'ich holatiga qaytarishga urinib ko'ring.
Sozlamalarni boshlang'ich holatiga qaytarish qurilmangizdagi barcha ma'lumotlarning o'chirilishiga olib keladi.
Biz barcha muhim ma'lumotlaringizning rezerv nusxasini olishni qat'iyan tavsiya etamiz.

Fikr-mulohazangiz uchun tashakkur!