Note10 smartfoningizda tugmalarni o'zingizga mos tarzda sozlang

Oxirgi yangilanish sanasi : 04.03.2025

Agarda Note10 smartfoningizda o'chirish tugmasini topa olmayotgan bo'lsangiz, sarosimaga tushmang. Endi u o'ng tomonda emas, balki chapda! Shuningdek, u o'z ichiga Bixby imkoniyatlarini ham oladi. Yangi tugma "Yon tugma" (Side key) deb nomlanadi va uni qator vazifalarni bajarish uchun sozlash mumkin – telefonni o'chirish, Bixby ni ishga tushirish yoki boshqa amallar.

Yangi Note10 chap tomonida ikkita "jismoniy" tugma bilan jihozlangan: tovushni boshqarish va yon tugmalar. Nomidan kelib chiqqan holda, tovushni boshqarish tugmasi smartfon tovushini boshqaradi. Yon tugma yoki Power/Bixby tugmasi qisqa bosish, bosib turish va ikki marta bosishni aniqlaydi va shunga muvofiq turli funksiyalarni bajaradi. 

Alohida ularning o'z funksiyalari mavjud, ammo birgalikda ular sizning mustaqil tarzda o'rnatgan tezkor kirish vazifalaringizni bajarishi mumkin. 

Odatiy tarzda tugmalarning funksiyalari:

  • Ekranni o'chirish/yoqish: Yon tugmani qisqa bosish.
  • Kamerani ochish: yon tugmani ikki marta bosish.
  • Yoqish: O'chirilgan holatda yon tugmani bosib turish.
  • O'chirish menyusi: Yon tugma va ovozni pasaytirish tugmasini telefon yoqilgan holatida birgalikda bosib turish
  • Skrinshot: Yon tugma va ovozni pasaytirish tugmasini birgalikda qisqa bosish.

Eslatma:

Shuningdek siz telefoningizni tezkor panel orqali o'chirishingiz mumkin. Panelni oching, yuqori burchakda Yoqish/O'chirish tugmasini bosing va O'chirishni (Power off) tanlang. 

Mazkur tugma faqat bitta funksiya bajarishiga ko'nikib qolgandirsiz ammo endilikda tugmani o'zingizga yoqqan tarzda sozlashingiz mumkin. 

Sozlamalarda Qo'shimcha funksiyalarni tanlang, so'ngra Yon tugmani tanlab, yana bir bor Yon tugmani bosing. Bu yerda siz kerakli sozlamalarni amalga oshirishingiz mumkin. 

Ikki marta bosishga quyidagi funksiyalarni o'rnatish mumkin:

  • Kamerani tezkor yoqish
  • Bixby funksiyasini ochish
  • Ilovani ochish (ilovani tanlash uchun "Sozlamalar" yorlig'iga bosing)

Bosib turish uchun quyidagi funksiyalarni o'rnatish mumkin:

  • Bixby funksiyasini ochish
  • O'chirish menyusi

Fikr-mulohazangiz uchun tashakkur!