Qanday qilib Samsung Galaxy S25 smartfonidagi videolarda ortiqcha shovqinni yo'qotish mumkin?
Audio o'chirgich (Audio Eraser) funksiyasi videodagi tovushni tahrirlash uchun mo'ljallangan: keraksiz shovqinlarni yo'qotish hamda ijro etish sifatini oshirish.
Galaxy AI videodagi 6 tagacha toifadagi shovqinlarni aniqlay oladi: Ovozlar, Musiqa, Shamol, Tabiat (to'lqinlar, qushlar va x.k.), Shovqin va Olomon. Video tahrir qilish ilovasida har bir toifa uchun mos yorliqli belgi biriktirilgan bo'ladi.
Video sifati hamda shovqin hajmiga qarab, mazkur 6 ta toifa ichiga kirmaydigan yoki bir necha soniyadan kam ijro etiladigan ayrim tovushlar aniqlanmasligi mumkin.
Agarda shovqin manbaini aniq belgilab olishning imkoni bo'lmasa, u Shovqin toifasiga yoki shu kabi ijro etiladigan boshq toifaga taalluqli bo'ladi. Masalan, to'lqin ovozi va yo'l ovozi bir xil toifaga o'xshash sifatida taalluqli bo'lishi mumkin.
Eslatmalar:
- Tahrirchi videolardagi tahrirlangan, qayta ishlangan yoki ko'p marta o'zgartirilgan tovushlarni aniqlashda muammolarga duch kelishi mumkin.
- Tovushlarni aniqlash va toifalarga ajratish jarayonida video lavha tahlil qilinmaydi.
Videodagi tovushni tahrirlash uchun quyidagi amallarni bajaring:
Siz har bir toifadagi tovushlar balandligini qo'lda sozlashingiz yoki avtosozlashdan foydalanishingiz mumkin. Tinglash uchun taymer yonidagi Start tugmasini bosing. Videodagi kerakli joyga o'tish uchun taymer ostidagi vaqt shkalasidan foydalaning.
Qo'lda tahrirlash:
- O'zgartirishni istagan tovush turini tanlang. Vaqt shkalasida sariq maydonlar paydo bo'ladi — bu mazkur toifadagi tovush aniqlangan oraliqlar.
- Odatiy holatda tovush balandligi uchun 0 qiymati belgilanadi.
• Tovushni pasaytirish uchun vaqt shkalasini chapdan o'ngga suring (-100 dan -1 gacha qiymatlar);
• Tovushni ko'tarish uchun vaqt shkalasini o'ngdan chapga suring (1 dan 100 gacha qiymatlar).
Avtomatik tahrirlash:
Tovush toifasining chap tomonidagi Auto tugmasini bosing. Videodagi tovushga qanday o'zgartirishlar kiritilganini bilib olish uchun har bir tovush toifasining ustig bosing:
- Agarda qiymat 0 ga teng bo'lsa, demak tovush o'zgartirilmagan.
- Agarda qiymat 1 dan 100 gacha bo'lsa, u holda tovush balandligi ko'tarilgan.
- Agarda qiymat -100 dan -1 gacha bo'lsa, u holda tovush balandligi pasaytirilgan.
O'zgarishlarni qo'llash uchun Bajarildi tugmasini bosing. So'ngra Nusxani saqlash tugmasini bosing. Galereyada yangi fayl boshlang'ich video yonida paydo bo'ladi.
Fikr-mulohazangiz uchun tashakkur!
Barcha savollarga javob bering.