Galaxy S21 zaryad darajasi haqidagi ma'lumot aks ettirilmayapti
Android 11 operatsion tizimli qurilmalarda batareya zaryadining maksimal darajadagi chidamliligini saqlashga qaratilgan funksiyalar amalga oshirilgan.
Zaryad haqida ma'lumotni ko'rsatish tanlovi (Parametrlar > Displey > Zaryad haqida ma'umotni ko'rsatish) faollashtirilganda, batareya zaryadi darajasi va hisoblangan fodyalanish vaqti to'liq zaryadlangandan so'ng faqat 5 daqiqa davomida ko'rsatiladi. Zaryadlash davomida qurilmani to'liq zaryadlash uchun ketadigan vaqt qulf ekranida doimiy ko'rsatiladi.
Mazkur o'zgarish batareyaning to'liq zaryadlangandan so'ng sarfini kamaytirishga yo'naltirilgan.
Agarda zaryad haqidagi ma'lumot doimiy ravishda ko'rsatilishini istasangiz quyidagi amallarni bajaring:
- Parametrlarni oching.
- Bloklash ekranini va AOD oching.
- Always On Display ni oching.
- Always On Display funksiyasini faollashtiring va Doimo ko'rsatish tanlovini belgilang.
Endi zaryad haqidagi ma'lumot soat yonida to'liq zaryad olingandan so'ng ham ko'rsatiladi.
Fikr-mulohazangiz uchun tashakkur!
Barcha savollarga javob bering.