Agar Samsung Galaxy’da chiqish qo‘ng‘iroqlari ishlamayotgan bo‘lsa nima qilish kerak
Ushbu maqolada siz Galaxy smartfoningizda chiqish qo‘ng‘iroqlarini amalga oshira olmasangiz yoki chiqish qo‘ng‘iroqlarida muammolar yuzaga kelgan taqdirda nima qilish kerakligini bilib olasiz.
Chiqish qo‘ng‘iroqlari bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish uchun quyidagi ko‘rsatmalarga amal qiling.
- Agar tarmoq mavjud bo‘lmasa, bu hududda operatorning qamrovi yo‘q bo‘lishi mumkin. Boshqa joyda tarmoqni tekshirib ko‘ring.
- Agar siz samolyot belgisini ko‘rsangiz, Avia-rejimni o‘chirib qo‘ying. Ushbu rejimda operatorning tarmog‘i mavjud emas.
Avia-rejimni o‘chirish uchun tezkor kirish panelida «Samolyot» belgisini bosing.
Bu tarmoqga to‘g‘ri ulanishni tiklashi mumkin.
Agar ushbu funksiyalar model va operator tomonidan qo‘llab-quvvatlansa, ularni o‘chiring.
VoLTE (Voice over LTE – LTE orqali ovoz) ovozni ma’lumotlar oqimiga aylantiradi, bu orqali foydalanuvchi yuqori tezlikdagi IP-kanali orqali qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirishi va qabul qilishi mumkin. VoLTE texnologiyasining asosiy xususiyatlari – mobil internetdan va ovozli qo‘ng‘iroqlardan bir vaqtda foydalanish imkoniyati, tez ulanish va ovozli aloqaning yaxshilangan sifati.
«Wi-Fi orqali qo‘ng‘iroqlar» – bu ma’lum hududlarda mobil operatorning yomon qamrovi bo‘lgan taqdirda internetga ulanish orqali qo‘ng‘iroqlar qilish imkoniyatidir. Mavjudligi operatorga bog‘liq.
Agar Wi-Fi va 4G signali zaif yoki mavjud bo‘lmasa, qo‘ng‘iroq qilishning imkoni bo‘lmaydi.
AntiAON – bu operator xizmatidir, u chiqish qo‘ng‘iroqlari paytida raqamingizni yashirish imkonini beradi.
Ba’zi hollarda bu chiqish qo‘ng‘iroqlarining noto‘g‘ri ishlashiga olib kelishi mumkin.
Android 11’da:
Telefon ilovasi > Opsiyalar > Sozlamalar > Qo‘shimcha xizmatlar > Mening identifikatorimni ko‘rsatish > Tarmoq bo‘yicha odatiy / Hech qachon / Har doim
Android 10 va undan pastda:
Telefon ilovasi > Opsiyalar > Sozlamalar > Qo‘shimcha xizmatlar > Abonent raqamini ko‘rsatish > Odatda / Raqamni yashirish / Raqamni ko‘rsatish
Agar qo‘ng‘iroq paytida «taqiqlangan» yozuvi darhol paydo bo‘lsa, operatorning «Qo‘ng‘iroqlarni taqiqlash» xizmatini ulagan-ulgamaganingizni tekshiring. Bu xizmat bilan qo‘ng‘iroqlar ishlamaydi.
- Telefon ilovasini oching > Opsiyalar (uchta vertikal nuqta) > Sozlamalar > Qo‘shimcha xizmatlar
- Qo‘ng‘iroqlarni taqiqlashni bosing.
- Kerakli parametrlarni yoqing.
Dasturiy xatoni bartaraf etish uchun tarmoq sozlamalarini qayta tiklang.
Buning uchun: Sozlamalar > Umumiy > Qayta tiklash > Tarmoq sozlamalarini tiklash menyusiga kirib, qurilmani qayta yuklang.
Bluetooth qurilmalari ro‘yxati, Wi-Fi tarmoqlari va Wi-Fi parollari o‘chiriladi.
Ilovaning xatosini bartaraf etish uchun «Telefon» ilovasining ma’lumotlarini tozalang. Buning uchun quyidagi maqoladan foydalaning.
Agar boshqa SIM-karta bilan sizning smartfoningiz ishlasa, u soz bo‘ladi. SIM-kartani almashtirish uchun operatoringizga murojaat qiling.
Uchinchi tomon ilovalarining ta’sirini bartaraf etish uchun smartfoningizning xavfsiz rejimda ishlashini tekshiring. Bu rejimda faqat standart ilovalar yuklanadi.
Balki, muammo dasturiy xatoda bo‘lishi mumkin. Dasturiy xatoni bartaraf etish uchun ma’lumotlarni qayta tiklang.
Qayta tiklash jarayonida telefon boshlang‘ich holatga qaytadi va barcha ma’lumotlar o‘chiriladi, shuning uchun oldindan muhim ma’lumotlarni zaxira nusxasini yarating.
Agar yuqoridagi barcha bosqichlar yordam bermasa, servis markaziga murojaat qilishni tavsiya qilamiz.
Fikr-mulohazangiz uchun tashakkur!
Barcha savollarga javob bering.