Samsung Galaxy S22 Series smartfonlaridan suvda yoki suv ostida foydalanish mumkinmi?

Oxirgi yangilanish sanasi : 03.03.2025

Samsung Galaxy S22 Series smartfonlaridan suvda yoki suv ostida foydalanish mumkinmi? 

Javob: ha, mumkin. Ammo, ulardan faqat chuchuk suvda, 30 daqiqadan oshiq bo'lmagan muddatda va 1,5 metrdan chuqurga tushirmasdan foydalanish maqsadga muvofiq. 

Galaxy S22 Series qurilmalari IP68 himoya darajasiga ega. Bu hozirda mavjud suv va changdan himoya qilishning eng yuqori darajasi. 

Ammo suvga chidamli qurilmadan foydalanganda xavfsizlik choralarini yodda tutish lozim. Ularga rioya qilmaslik qurilmaning ishdan chiqishiga olib kelishi mumkin. 

Asosiy qoidalar:

  • Qurilmani 1,5 m dan chuqur chuchuk suvga tushirmang hamda uni suv ostida 30 daqiqadan uzoq vaqt davomida qoldirmang. 
  • Agarda qurilma chuchuk suvdan farqli boshqa suyuqlikka, masalan, dengiz suvi, ionlashgan suv yoki alkogolga tushirilsa, suyuqlik qurilma ichiga yarim soatdan kamroq vaqtda kiradi. 
  • Smartfonni oqayotgan suvga, ayniqsa kuchli oqimga ega suvga tushirmang. 
  • Agarda qurilmaga chuchuk suv tegsa, uni toza va yumshoq mato bilan quritish maqsasdga muvofiq. 
  • Agarda qurilma boshqa suyuqliklar ta'siriga duch kelsa, jumladan sho'r suv, basseyn suvi, sovunli suv, yog', atir, quyoshga qarshi krem, qo'lni tozalash vositasi yoki kimyoviy mahsulotlar (masalan kosmetika vositalari), avvalo uni chuchuk suv bilan yuving, so'ngra toza va yumshoq mato bilan  obdan quriting. 
    Mazkur choralarga rioya qilmaslik qurilmangizning ish samaradorligi va tashqi ko'rinishining yomonlashishiga olib kelishi mumkin. 
Chizilgan belgilar: kimyoviy suyuqliklar, parfyum, sho'r suv, antiseptik
  • Agarda mikrofon yoki dinamiklar ho'l bo'lsa, suhbat davomida ovozlar aniq eshitilmasligi mumkin. Shu sababli foydalanishdan avval qurilmani quruq mato bilan arting va obdan quritib oling. 
  • Qurilmani tushirib yubormaslik va urmaslikka harakat qiling. Agarda qurilma tushirib yuborilsa yoki urilsa, uning suvga va changga chidamliligi buzilishi mumkin. 
  • Qurilmadan suvda foydalanilgan uning sensor ekrani va boshqa funksiyalari noto'g'ri ishlashi mumkinligiga e'tibor qarating. 

Fikr-mulohazangiz uchun tashakkur!