Samsung Galaxy qurilmasida kamera chirog'I ishlamasa nima qilish kerak?
Kamera chirog'i — bu smartfoningizdagi qo'shimcha yorug'lik manbai. Uning yordamida siz past yorug'lik sharoitida ham tiniq suratlarni olishingiz mumkin.
Mazkur maqolada kamera chirog'i ishlamay qolganda nimalar qilish kerakligini aytamiz.
Eslatmalar:
- Kamera chirog'i hamma qurilmalarda mavjud emas. Misol uchun u ayrim planshet modellarida yo'q. Uning mavjudligini foydalanuvchi qo'llanmasida aniqlashtirish mumkin.
- Kamera chirog'i ultra keng burchakli obyektiv yordamida suratga olishda
yoki
fotosurat rejimida ishlamaydi.
Kamera ilovasini oching va yuqori panelda qanday belgi ko'rsatilganligiga e'tibor bering.
- Ustidan chizilgan chaqmoq belgisi — kamera chirog'i o'chirilgan.
- Chaqmoq va A harfi — kamera chirog'i avtomatik rejimi. Smartfon yorug'lik darajasini avtomatik tarzda aniqlaydi va zarurat bo'lganda kamera chirog'ini yoqadi.
Agarda ushbu rejimda kamera chirog'i ishlamasa, u holda yorug'lik darajasi kamera chirog'idan foydalanmasdan suratga olish uchun yetarli. Kamera chirog'i rejimini "doimo yoqilgan"ga almashtiring va ishlashini tekshiring. - Chaqmoq — kamera chirog'i yoqilgan va doimo ishlashi kerak.
Agarda ushbu rejimda kamera chirog'i ishlamasa, u holda №3 qadamga o'ting.
Agarda kamera chirog'i uchinchi tomon kamera ilovasida ishlamay, odatiy Kamera ilovasida ishlasa — ilova ishida xatolik yuzaga kelgan bo'lishi ehtimoli yuqori.
Mazkur ilova uchun Galaxy Store yoki Google Play do'konlarida yangiliklar mavjudligini tekshirib ko'ring.
Telefondagi fonar kamera chirog'i vazifasini bajaradi. Agarda u ham ishlamasa, keyingi qadamga o'ting.
Ayrim hollarda g'ilof o'lchamlari bo'yicha mos kelib, ishlab chiqaruvchi modelning mos kelishini qayd etsa-da, g'ilofdagi kamera o'rni kamera va chiroqning joylashuviga mos kelmasligi mumkin (agarda siz rasmiy Samsung g'iloflaridan foydalanmasangiz).
G'ilofni yeching va kamera chirog'ini tekshirib ko'ring
Smartfon zaryadi darajasini tekshiring. Ayrim modellarda agarda zaryad darajasi 5% dan kam bo'lsa, kamera chirog'i ishlamaydi.
Ayrim hollarda shunchaki o'chirib yoqish muammoni hal etishi mumkin — u qurilma ishlashidagi ayrim xatoliklarni to'girlaydi.
Kamerani o'chirish tugmasini bosib turing. Ekranda amallar variantlari paydo bo'lganda, O'chirib yoqishni tanlang.
Tozalash natijasida ilova sozlamalari boshlang'ich holatga keladi.
Agarda yangiliklar mavjud bo'lsa, ularni o'rnating. Yangilash smartfon dasturiy ta'minotidagi xatoliklar bilan bog'liq muammolarni hal etishi mumkin.
Mavzu bo'yicha:
Yuklab olingan ayrim ilovalar sozlamalarga o'zgartirishlar kiritishi hamda qurilmaning to'g'ri ishlashiga to'sqinlik qilishi mumkin. Xavfsiz rejimda faqat tizim ilovalari ishlaydi. O'rnatilgan barcha uchinchi tomon ilovalari ishga tushirilmaydi.
Agarda xavfsiz rejimda kamera chirog'i ishlasa, u holda muammo ma'lum bir o'rnatilgan ilovalarga bog'liq.
Sozlamalarni boshlang'ich holatga qaytarish smartfoningizdagi barcha ma'lumotlarni o'chib ketishiga olib keladi.
Boshlang'ich holatga qaytarishdan avval barcha muhim ma'lumotlaringizni rezerv nusxasini yaratishni qat'iyan tavsiya etamiz.
Agarda hech qaysi amal sizga funksiya ishlashini tiklashga yordam bermagan bo'lsa, muammo dasturdagi xatolikda emas, balki mexanik buzilish bilan bog'liq bo'lishi mumkin. Smartfon ishlashini diagnostika qilish va ta'mirlash uchun atrofingizdagi ro'yxatdan o'tgan xizmat ko'rsatish markaziga murojaat eting.
Fikr-mulohazangiz uchun tashakkur!
Barcha savollarga javob bering.