Nima uchun S Pen elektron qalamining havodagi harakatlar Samsung Galaxy S25 Ultra smartfonida ishlamayapti?
Galaxy S25 Ultra smartfoni S Pen elektron qalami past elektr to'ki sarfli Bluetooth (BLE) texnologiyasini qo'llab-quvvatlamaydi. Shu sababli endi S Pen elektron qalami zaryadlashni yoki smartfonga ulashni talab etmaydi.
Siz hali ham S Pen elektron qalamidan smartfonni yanada aniq boshqarish, qo'lda matn kiritish, chizish, tezkor eslatmalarni yaratish va ko'plab boshqa vazifalar uchun foydalanishingiz mumkin. S Pen elektron qalamining barcha imkoniyatlari ro'yxatini quyidagi bo'limda ko'rib chiqishingiz mumkin: Parametrlar → Qo'shimcha funksiyalar → S Pen.
Afsuski, "Havodagi harakatlar" (Air Actions) funksiyasi boshqa amal qilmaydi. S Pen elektron qalami yordamida endi smartfonni blokdan chiqarish yoki masofadan suratga olishning imkoni yo'q. Shu bilan birgalikda elektron qalami asosiy ekranda va ilovalarda (masalan Samsung Notes) havodagi buyruqlarni aniqlay olmaydi.
Fikr-mulohazangiz uchun tashakkur!
Barcha savollarga javob bering.