Samsung mikroto‘lqinli pechidan uchqunlar chiqsa nima qilish kerak
Oxirgi yangilanish sanasi : 02.11.2024
Nima sodir bo‘lmoqda
Mikroto‘lqinli pechning ichki kamerasida mikroto‘lqin rejimida ishlaganda uchqunlar yoki g‘ijillash paydo bo‘ladi.
Asosiy sabablari
1
Metall idish (masalan, qoshiq, vilka va h.k.) yoki metall qoplamali idish ishlatilmoqda.
2
Alyuminiy folga ishlatilmoqda.
3
Slyuda plastinasi olib tashlangan. Yangi plastinani sotib olish uchun servis markaziga murojaat qiling.
4
Ba'zida go‘sht mahsulotlari kabi oziq-ovqatlarni qizdirishda g‘ijirlash tovushlari paydo bo‘ladi.
Nima qilish kerak
1
Mikroto‘lqinli pech kamerasi bo‘sh ekanligiga amin bo’ling.
Imkoniyat bo‘lsa, mikroto‘lqinli pech kamerasini ifloslanishlardan (ovqat qoldiqlari va h.k.) tozalang.
2
Mikroto‘lqinli pechning ishlashini tekshiring.
Stakanga 100-150 ml suv quying va uni pechning markaziga qo‘ying.
Eslatma:
- Faqat mikroto‘lqinli pech uchun mo‘ljallangan idishlardan foydalaning.
- Bo‘sh mikroto‘lqinli pechni yoqish mumkin emas.
3
Mikroto‘lqinli pechni har qanday quvvatda 1 daqiqa davomida mikroto‘lqin rejimida yoqing.
Agar yana uchqun yoki g‘ijillash paydo bo‘lsa - servis markaziga murojaat qiling:
Fikr-mulohazangiz uchun tashakkur!
Barcha savollarga javob bering.