Agar Samsung mikroto‘lqinli pechi yoqilmasa
Oxirgi yangilanish sanasi : 07.11.2024
Nima sodir bo‘lmoqda
Mikroto‘lqinli pech yoqilmayapti.
Sabab
- Elektr yo‘q yoki kuchlanish barqaror emas.
- Quvvat shnuri yoki vilkasi shikastlangan.
- Mikroto‘lqinli pech adapter orqali ulangan.
- Rozetka nosoz.
1
Mikroto‘lqinli pechni adapter va uzaytirgichlarsiz alohida rozetkaga ulang.
- Troyniklar, uzaytirgichlar va adapterlar mikroto‘lqinli pech talab qiladigan quvvatga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin.
- Agar mikroto‘lqinli pech ikki yoki uch tomonlama rozetkaga ulangan bo‘lsa, boshqa qurilmalarni tarmoqdan o‘chiring.
2
Quvvat shnuri va vilkasini shikastlanganligini tekshiring.
- Agar aniq shikastlanishlar bo‘lsa (shnur uzilgan yoki vilka sinib qolgan) — ta’mirlash kerak bo‘ladi. Elektrikka yoki xizmat ko‘rsatish markaziga kafolatsiz ta’mirlash uchun murojaat qiling.
- Agar shikastlanishlar yo‘q bo‘lsa, keyingi bosqichga o‘ting.
4
Mikroto‘lqinli pech ulangan rozetkani tekshiring. Shu rozetkaga boshqa texnikani, masalan, choynak yoki fen ulab ko‘ring.
Aynan mikroto‘lqinli pech yoqilmagan rozetkani tekshirish kerak.
Aynan mikroto‘lqinli pech yoqilmagan rozetkani tekshirish kerak.
- Agar fen yoki choynak yoqilmasa — rozetka nosoz yoki bunday quvvat uchun mo‘ljallanmagan. Elektrikka uni tekshirish yoki ta’mirlash uchun murojaat qiling.
- Agar fen yoki choynak yoqilsa, keyingi bosqichga o‘ting.
5
Mikroto‘lqinli pechni boshqa rozetkaga ulang.
- Agar mikroto‘lqinli pech yoqilsa — qurilma ishlayapti. Rozetkadagi muammolarni bartaraf etish uchun elektrikka murojaat qiling.
- Agar mikroto‘lqinli pech yoqilmasa, diagnostika uchun xizmat ko‘rsatish markaziga murojaat qilishni tavsiya qilamiz.
Fikr-mulohazangiz uchun tashakkur!
Barcha savollarga javob bering.