Samsung kir yuvish mashinasidan kuygan hid keladi

Oxirgi yangilanish sanasi : 05.11.2024

Agar kir yuvish mashinasi ishlayotgan vaqtda kuygan hid sezsangiz, quyidagi ko‘rsatmalarga amal qiling.

1 Hidning aynan simdan kelayotganini va qizigan plastmassadan emasligini tekshiring. Mashinadan tutun chiqmasligi kerak.
2 Kir yuvish mashinasining quvvat simi va vilkasining holatini tekshiring. Ularda erigan joylar va mexanik shikastlanishlar bo‘lmasligi kerak.
  • Agar kir yuvish mashinasining simi erigan bo‘lsa yoki rozetka shikastlangan bo‘lsa — elektrikka murojaat qiling. 
  • Agar kabelda mexanik shikastlanish izlari bo‘lsa, uni almashtirish uchun xizmat ko‘rsatish markaziga murojaat qilishingiz mumkin. 

3 Kir yuvish mashinasini bevosita rozetkaga ulang, adapter va uzaytirgichlarsiz. Agar ular nosoz bo‘lsa, bu hidning manbai bo‘lishi mumkin.
4 Hidning manbasini aniqlang. U kabeldan yoki mashinaning o‘zidan kelishi mumkin. Natijaga ko‘ra, tegishli bo‘limga o‘ting va ko‘rsatmalarga rioya qiling.

Agar kuygan hid quvvat kabelidan kelsa

Istalgan rejimda sinov yuvishni ishga tushiring.

  • Agar mashina ishlayotgan vaqtda quvvat simi yoki rozetka juda qizisa — elektrikka murojaat qiling. Bu hid zaif elektr simi yoki rozetka nosozligi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
  • Agar hid yana paydo bo‘lsa — texnikani ta’mirlash uchun xizmat markaziga murojaat qiling.

Agar kuygan hid kir yuvish mashinasi korpusidan kelsa

  • Agar sizda yangi kir yuvish mashinasi bo‘lsa, yuqori haroratda bir necha dastlabki yuvishlarda noxush hid paydo bo‘lishi mumkin. Masalan, «Paxta 95°C/90°C» yoki «Sintetika 60°C» yuvish rejimlarida.

    Yuqori haroratda yuvish paytida mashinaning plastmassa qismlari qiziydi va hid kelishi mumkin. Bu hid vaqt o‘tishi bilan yo‘qoladi. Buning uchun 5 dan ortiq yuvish kerak bo‘lishi mumkin. Hid ichki nosozliklar tufayli emas, plastmassa qiziganligi sababli kelayotganiga amin bo’lish uchun past haroratda sinov yuvishni ishga tushirishingiz mumkin. Bunday holda plastmassa qismlar kamroq qiziydi va hid ham kamayadi.
    Hidning kuchi ventilyatsiya ishiga va kir yuvish mashinasi o‘rnatilgan xonaning o‘lchamiga bog‘liq bo‘lishi mumkin.
  • Agar mashina o‘n martadan ortiq yuvilgan bo‘lsa, lekin kuygan hid hali ham yo‘qolmasa — kir yuvish mashinasini tekshirish uchun mutaxassisni chaqirishingizni tavsiya qilamiz. Buning uchun servis markaziga murojaat qiling.

Fikr-mulohazangiz uchun tashakkur!