Samsung kir yuvish mashinasidagi UE, UB, E4 xatoliklari
Nima bo‘ldi
Kir yuvish mashinasining displeyida «UE», «UB» yoki «E4» xatolik xabari paydo bo‘ldi.
Displeysiz modellarda barcha yuvish rejimlari indikatorlari va yuqoridan ikkinchi harorat indikatori yonadi.
Qachon va nima uchun xato paydo bo‘ladi
Xatolik siqish oldidan, mashina kiyimlarni baraban devorlari bo‘ylab teng taqsimlashga harakat qilganda paydo bo‘ladi. Agar mashina kiyimlarni teng taqsimlay olmasa, xatolik xabari chiqadi.
Kiyimlar quyidagi holatlarda teng taqsimlanmaydi:
- Kiyimlar bir joyga yig‘ilib qolgan yoki bir-biriga chirmashgan;
- Mashina ichida juda kam kiyimlar bor: bir yoki ikkita;
- Mashina ichida juda ko‘p kiyimlar bor.
Odatda xatolik yuvish tugashiga 9, 7 yoki 3 daqiqa qolganda paydo bo‘ladi. Xato paydo bo‘lishidan oldin baraban bir necha daqiqa davomida sekin harakatlanadi, u kiyimlarni teng taqsimlashga harakat qiladi. Shu vaqt ichida displeydagi vaqt o‘zgarmaydi.
Xatolikning paydo bo‘lishini qanday oldini olish mumkin
Barabanga nima solingan |
Nima uchun xato paydo bo‘ladi |
Qanday to'g'irlash mumkin |
---|---|---|
Bir yoki ikkita kiyim |
Kir yuvish mashinasi kiyimlarni butun baraban bo‘ylab teng taqsimlay olmaydi, shuning uchun siqishda asosiy yuk faqat barabaning bir qismiga tushadi. |
Kamida 3-4 ta kiyimni soling. |
Bitta katta (og‘ir) narsa va bir nechta kichik (yengil) narsalar |
Siqish tezligini 400 aylanish/minutga qo‘ying yoki siqishsiz yuvish rejimini ishga tushiring. |
|
Har xil mato turlari |
Har xil mato turlari suvni turlicha singdiradi. Shu sababli narsalarning vazni turlicha bo‘lishi mumkin va bu normal siqishni qiyinlashtiradi. |
O‘xshash materialli narsalarni soling. |
Choyshablar |
Yuvish jarayonida narsalar bir-biriga chirmashadi yoki choyshab ostida va yostiq jildiga kirib qoladi. |
Bir yuvishda 2 kg dan og'ir narsalarni solmang. Siqish tezligini 800 aylanish/minutga qo‘ying. |
Ko‘p miqdorda kiyim |
Agar mashinada ko‘p kiyim bo‘lsa, ularni baraban bo‘ylab taqsimlash qiyinlashadi. |
Mashina maksimal darajada faqat «Paxta» rejimida yuklanishi mumkin. Mashinani qanday to‘g‘ri yuklash haqida ma’lumot olish uchun foydalanuvchi qo‘llanmasidagi «Umumiy ko‘rib chiqish / Tsikllar jadvali» bo‘limini ko‘rib chiqing. |
Keyin nima qilish kerak
Agar eshik ochilmasa, suvni favqulot rejimida tushiring.
Bu rejim barcha Samsung kir yuvish mashinalarida mavjud emas. Mashinangizda kalibrlash rejimi mavjudligini foydalanuvchi qo‘llanmasidan tekshiring
- Agar xato paydo bo‘lmasa, mashinadan foydalanishda davom eting, hammasi yaxshi. Xatolik kir yuvish mashinasi kiyimlarni teng taqsimlay olmagani uchun paydo bo‘ldi.
- Agar xato yana paydo bo‘lsa, mashinani ishlashini kiyimsiz tekshiring:
1. Eshikni oching va kiyimlarni chiqaring;
2. Eshikni yoping;
3. Start/Pauza tugmasini bosing , siqishni davom ettirish uchun.
- Agar xatolik yo'qolmasa, texnikani diagnostika qilish va ta’mirlash uchun eng yaqin vakolatli servis markaziga murojaat qiling..
Fikr-mulohazangiz uchun tashakkur!
Barcha savollarga javob bering.