Samsung kir yuvish mashinasidagi LE, LC, E9 xatoliklari
Oxirgi yangilanish sanasi : 16.09.2024
Nima bo‘ldi
Kir yuvish mashinasining displeyida «LE», «LC», yoki «E9» xatolik xabarlari paydo bo‘ldi.
Displeysiz modellarda barcha yuvish rejimlari indikatorlari, pastki va yuqori harorat indikatorlati yonadi.
Nima uchun xato paydo bo‘ldi
Mashinaning ichidan suv o‘z-o‘zidan chiqib ketadi:
- drenaj shlangi pastda joylashgan,
- drenaj shlangi kanalizatsiyaga noto‘g‘ri ulangan,
- barabanda teshik yoki yoriq bor, shundan suv sizib chiqmoqda.
Nima qilish kerak
1
Mashinani rozetkadan uzing.
2
Drenaj shlangining holatini tekshiring (drenaj shlangi avvaliga yuqoriga ko‘tarilishi, halqa/ilgak shaklidagi ushlagichga mahkamlanishi va undan keyin pastga tushishi kerak).
3
Drenaj filtrining qopqog‘i mahkam yopilganligini va undan suv sizib chiqmasligini tekshiring.
4
Drenaj shlangini kanalizatsiyadan uzing va uning uchini vanna yoki rakovina ichiga tushiring. Agar drenaj shlangini uzaytirgan bo‘lsangiz, uzaytirilgan qismini olib tashlang.
5
Mashinani yoqing va xatolik paydo bo‘lgan yuvish rejimini qayta ishga tushiring (kir yuvmasdan va kukun solmasdan sinab ko‘ring).
- Agar xato paydo bo‘lmasa — mashinadan foydalanishni davom ettiring, hammasi joyida (xatolik drenaj shlangini kanalizatsiyaga noto‘g‘ri ulash sababli yuzaga kelgan).
- Agar xato qayta paydo bo‘lsa, texnikani diagnostika qilish va ta'mirlash uchun vakolatli servis markaziga murojaat qiling.
Fikr-mulohazangiz uchun tashakkur!
Barcha savollarga javob bering.