Samsung kir yuvish mashinasida 4С2 xatoligi
Oxirgi yangilanish sanasi : 17.09.2024
Nima bo'ldi
Kir yuvish mashinasi displeyida "4C2" xatoligi paydo bo'ldi.
Nima uchun xato paydo bo'ldi
Kir yuvish mashinasiga 50°C dan yuqori haroratli issiq suv quyilmoqda. Mashinaning normal ishlashi uchun faqat sovuq suv quyilishi kerak.
Eslatma: bu xatolik odatda nozik yuvish rejimlarida, masalan, “Jun” yoki “Nozik kiyimlar” rejimlarida paydo bo'ladi.
Nima qilish kerak
1
Kir yuvish mashinasiga suv keladigan shlang sovuq suv kraniga ulanganligiga amin bo'ling.
2
Mashinani elektr roxetkadan uzing va kir yuvish mashinasiga suv kelishini to'xtatish uchun suv kranini yoping.
3
Suv kelish shlangni kir yuvish mashinasidan eching.
4
Suv kelish shlangni vanna yoki rakovinaga yo'naltiring, keyin suv kranini oching.
Shlangdan oqayotgan suvning haroratini tekshiring.
Shlangdan oqayotgan suvning haroratini tekshiring.
- Agar suv kelish shlang sovuq suv kraniga ulangan bo'lsa, lekin issiq suv oqayotgan bo'lsa, sovuq suv chiqishini kuting. Agar suvning harorati o'zgarmasa va issiq bo'lib qolsa, santexnikka murojaat qiling.
- Agar suv sovuq bo'lsa, keyingi qadamga o'ting.
5
Suv kelish shlangni kir yuvish mashinasiga qayta ulang va “Jun” yoki “Nozik kiyimlar” rejimida kir yuvish mashinasini bo'sh holda sinovdan o'tkazing.
- Agar xato paydo bo'lmasa — hammasi joyida. Kir yuvish mashinasidan foydalanishingiz mumkin. Xato kichik nosozlik tufayli paydo bo'lgan bo'lishi mumkin.
- Agar xato yana paydo bo'lsa, qo’llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qiling.
Fikr-mulohazangiz uchun tashakkur!
Barcha savollarga javob bering.