Qanday qilib Samsung pishirish panelini SmartThings (Android) tizimiga ulash kerak

Oxirgi yangilanish sanasi : 05.03.2025

SmartThings ilovasi aqlli texnikani smartfon yordamida masofadan boshqarish imkoniyatini beradi. Avvalo, texnikani ilovaga qo'shish kerak. 

Ushbu maqolada pishirish panelini Android operatsion tizimli smartfonlardagi SmartThings ilovasiga qo'shish haqida aytib o'tamiz. 

Ulanish uchun talablarni tekshiring

Ulanish uchun talablarni tekshiring

Operatsion tizim

Android 10.0 va undan yangi

Qurilma turi

Smartfon, planshet

Operativ xotira

2 Gb va undan ko'p

Shuningdek Wi-Fi tarmo'gi talablariga rioya qilinganligiga e'tibor qarating. Ularni qo'llanmada tekshirib ko'rish mumkin. 

Pishirish panelini Android operatsion tizimli smartfonga ulash

1 Telefonda Wi-Fi tarmog'ini yoqing va SmartThings ilovasini oching.

Agarda ilova o'rnatilmagan bo'lsa, uni Galaxy Store yoki Play Marketdan (Agarda ilova Play Market, Galaxy Store do'konlarida mavjud bo'lmasa, qurilma ushbu ilovani qo'llab-quvvatlamasligi mumkin) yuklab olish mumkin. 

2 Ilovada o'z Samsung hisob qaydnomangizga kiring.

Kirish tugmasini bosing va o'z login va parolingizni kiriting.

Shundan so'ng barcha shartlarni qabul qiling.

3 Kirilgandan so'ng ilova avtomatik tarzda pishirish paneli modelini aniqlaydi hamda uni qo'shishni taklif etadi — "Qo'shishni" bosing.
Agarda bunday bo'lmasa, pishirish panelini qo'lda qo'shing.

Qanday qilib pishirish panelini qo'lda qo'shish kerak

  1. Qurilmalar bo'limida "+" belgisini bosing (ekranning yuqori o'ng burchagida).
  2. Qurilma qo'shishni bosing.
  3. Qurilmalar ro'yxatidan Pishirish panelini tanlang.
  4. Samsung ni bosing.
  5. So'ngra elektron pishirish panelini tanlang.
  6. O'rnatishga tayyorgarlik ishga tushiriladi. Tayyorgarlikdan so'ng yangi oyna ochiladi — Elektron pishirish paneli bilan ish boshlanishi. Boshlash tugmasini bosing. 
4 Pishirish paneli uchun joy va xonani tanlang va Keyingi tugmasini bosing.
5 Smartfon ekranida ulanish uchun ko'rsatmalar paydo bo'ladi — ularga rioya qiling.

Sizdan pishirish panelini o'rnatish hamda pishirish panelini boshqaruvidagi ma'lum tugmalra kombinatsiyasini bosish talab etiladi. Odatda Smart Control tugmasini 3-5 soniya davomida AP matni paydo bo'lguncha bosib turish talab etiladi. Shundan so'ng avtomatik ulanish boshlanadi. 

Agarda pishirish paneli bundan avval boshqa hisob qaydnomali ilovaga ulangan bo'lsa, uni boshlang'ich holatga qaytarish talab etiladi. 

Hisob qaydnomasini qanday qilib boshlang'ich holatga qaytarish mumkin

  1. Paydo bo'lgan oynada Ega bo'lish tugmasni bosing.
  2. So'ngra smartfon ekranidagi ko'rsatmalarga rioya qiling. Odatda Smart Control tugmasini bosish kerak bo'ladi. 
  3. Hisob qaydnomasini boshlang'ich holatiga qaytarish yakunlandi matni paydo bo'lgandan so'ng — mobil qurilmangizda OK tugmasini bosing. 
  4. Agarda shundan so'ng Internetga ulanish mavjud bo'lmasligi mumkin degan matn paydo bo'lsa — Doimo ulanishni tanlang. Shundan so'ng ulanish avtomatik tarzda davom etadi. 
6 Pishirish paneli uchun o'z Wi-Fi tarmo'gingizni tanlang va uning tarmoqda ro'yxatdan o'tishini kuting.
7 Qurilma nomini kiriting va Tayyor tugmasini bosing
8 So'ngra SmartThings ilovasidan foydalanish qoidalarini avtomatik tarzda yuklash boshlanadi. Ular yuklangandan so'ng pishirish panelini boshqarish oynasi paydo bo'ladi. Ulanish yakunlandi.

Fikr-mulohazangiz uchun tashakkur!