Samsung konditsionerida "dF" yoki "De-ice" xatolari qanday ma'noni anglatadi
Agarda konditsioner displeyida dF yoki De-ice xabari paydo bo'lsa — bu xatolik haqida xabar emas, balki eritish rejimi ishlashi haqida bildirishnoma.
Avtomatik eritish rejimi konditsionerning tashqi blokidagi muzlashni yo'qotish uchun kerak.
Agarda siz konditsionerdan Isitish rejimida tashqi harorat +5° С dan past bo'lganda foydalanayotgan bo'lsangiz, tashqi blokda muzlash holati kuzatilishi mumkin.
Eritish rejimini qo'lda ishga tushirish mumkin emas, konditsioner uni zarurat bo'lganda avtomatik ravishda ishga tushiradi.
Funksiya ishga tushirilganda ichki blok displeyida dF yoki De-ice (modelga muvofiq) xabari paydo bo'ladi. Konditsioner xonadagi issiq havoni to'playdi hamda uni tashqi blokka yo'naltiradi — mazkur issiqlik evaziga muz eriydi.
Avtomatik eritish rejimi 5 dan 15 daqiqagacha davom etadi. Bu vaqt davomida ichki blok ishlamaydi, xonani isitish yoki sovitish amalga oshirilmaydi. Mazkur rejim davom etish vaqtini foydalanuvchi qo'llanmasida bilib olish mumkin. Foydalanuvchi qo'llanmasini Qo'llanmalar va yuklamalar bo'limida yuklab olish mumkin.
Muzdan eritish vaqtida konditsionerni o'chirmang!
Eritish yakunlangandan so'ng, konditsioner odatiy rejimda ishlashga tayyor bo'ladi.
Fikr-mulohazangiz uchun tashakkur!
Barcha savollarga javob bering.