Bolalardan himoya qulfi. Kir yuvish mashinasida tugmalar bosilmayapti
Nima sodir bo‘lmoqda
Faqatgina «Yoqish/O’chirish » tugmasi ishlamoqda, boshqa tugmalar bosilganda hech qanday reaksiya yo‘q.
Bu nimani anglatadi
Mashinada bolalardan himoya qilish funksiyasi yoqilgan.
Bolalardan himoya qulfini qanday yoqish/o‘chirish mumkin
Kir yuvish mashinalari panellarining xilma-xilligi tufayli, blokirovkani yoqish yoki o‘chirish uchun yagona usul yo‘q. Har bir mashina uchun blokirovkani yoqish yoki o‘chirish usuli mashinaning ko‘rsatmalarida ko‘rsatilgan.
Shunga qaramay, kir yuvish mashinasining boshqaruv panelida bir tavsiya mavjud.
Blokirovkani yoqish yoki o‘chirish uchun mo‘ljallangan tugmalar odatda panelda qulflangan qopqoq belgisi yoki bolalar yuzining rasmlari bilan belgilanadi. Ushbu belgi kerakli tugmalar yonida yoki orasida joylashgan bo‘ladi. Blokirovkani yoqish yoki o‘chirish uchun bu tugmalarni bir vaqtning o‘zida bosib, 3-5 soniya davomida ushlab turing va tovush signali chiqadi. Quyida bir necha misollar keltirilgan.е.
WD90N74LNOA
Blokirovka «+» va «-» kechiktirilgan boshlanish tugmalari orqali yoqiladi/o‘chiriladi.
WW70J52E04WD
Blokirovka «Harorat» va «Chayish» tugmalari orqali yoqiladi/o‘chiriladi.
WF6MF1R2W2W
Blokirovka «Siqish» va «Opsiya» tugmalari orqali yoqiladi/o‘chiriladi.
WF8590NF
Blokirovka «Harorat» va «Chayish» tugmalari orqali yoqiladi/o‘chiriladi.
R1245AV
Blokirovka «Chayish» va «Siqish» tugmalari orqali yoqiladi/o‘chiriladi.
Fikr-mulohazangiz uchun tashakkur!
Barcha savollarga javob bering.