Samsung idish yuvish mashinasida 4C xato
Oxirgi yangilanish sanasi : 17.02.2025
Nima bo'lyapti
Samsung idish yuvish mashinasi displeyida "4E", "4C" yoki "E1" xatosi paydo bo'ldi.
Agarda idish yuvish mashinangiz displeysiz bo'lsa, boshqaruv panelida "Tejamkor yuvish" va "Tezkor yuvish" indikatorlari yonib-o'chishni boshlaydi:
Asosiy sabab
Suv kelmasligi sabablari:
- Suv uzatish krani yopiq, suv bosimi past.
- Suv uzatish quvuri siqilgan/quvur bukilib qolgan.
- Suv uzatish o'chirilgan (Uyda suv yo'q).
- Aqua Safe suv uzatish quvuri yopiq (bloklangan).
- Texnikaning ichki buzilishi (masalan, suv quyish klapanining ishlamasligi).
Nima qilish kerak:
1
Idish yuvish mashinasiga keluvchi suv krani ochilganligiga ishonch hosil qiling.
Agarda kran yopiq bo'lsa, kranni ochgandan so'ng mashinaning ishini tekshirib ko'ring.
Agarda kran yopiq bo'lsa, kranni ochgandan so'ng mashinaning ishini tekshirib ko'ring.
2
Uyda suv borligiga ishonch hosil qiling - sovuq suv kranini oching.
- Agarda krandan suv oqmayotgan bo'lsa (yoki oqim juda past bo'lsa), suv bosimi oshishini kuting.
- Agarda krandan suv oqib, oqim kuchli bo'lsa keyingi qadamga o'ting.
3
AQUA Safe quvuri bloklanmaganligiga ishonch hosil qiling.
Quvur bloklanganda, suv kraniga ulanish joyidagi quvur indikatori qizil rangda yonadi.
Quvur bloklanganda, suv kraniga ulanish joyidagi quvur indikatori qizil rangda yonadi.
4
Mashinani tokdan uzing (rozetkadan).
5
Suv oqimini uzatish quvuri yordamida tekshiring.
Bu uchun: suv uzatish kranini yoping, mashinadan uzatish quvurini uzing, uni vanna, rakovina yoki chelakka yo'naltiring hamda suv uzatish kranini oching. Bunda uzatish quvurini ushlab turishni unutmang.

- Agarda suv oqimi past yoki yo'q bo'lsa, santexnikka murojaat eting yoki oqim kuchayishini kuting.
- Agarda oqim kuchli bo'lsa, navbatdagi qadamga o'ting
6
Agar tavsiyalar yordam bermasa, diagnostika va ta'mirlash uchun Samsung xizmat ko'rsatish markaziga murojaat eting.
Fikr-mulohazangiz uchun tashakkur!
Barcha savollarga javob bering.