Qanchalik koʻp bogʻlansangiz, hayot shuncha yaxshilanadi

SmartThings hayotingizni oson va qulay qilish uchun qurilmalaringizni oʻzaro bogʻlaydi.

Soʻnggi yangilanishlar

SmartThings'dagi yangiliklarni koʻring.

Galaxy smartfonida Uy insaytlari interfeysi SmartThings ilovasida koʻrsatilgan. Galaxy smartfonida Uy insaytlari interfeysi SmartThings ilovasida koʻrsatilgan.

Uy insaytlari

Uyingizning har tomonlama nazoratdan oʻtgan hisoboti bilan hayotingizni soddalashtiring.1

Galaxy smartfonida yumushlar interfeysi SmartThings ilovasida koʻrsatilgan. Galaxy smartfonida yumushlar interfeysi SmartThings ilovasida koʻrsatilgan.

Uy yumushlari

Uyda mavjud qurilmalar bilan osongina uy yumushlarini avtomatlashtiring.

Galaxy smartfoni qurilmani boshqarish interfeysi SmartThings ilovasida koʻrsatilgan. Galaxy smartfoni qurilmani boshqarish interfeysi SmartThings ilovasida koʻrsatilgan.

Qurilma boshqaruvi

Telefoningizni barcha sevimli qurilmalaringiz uchun shaxsiy pultga aylantiring.2

Ilhomlantiruvchi gʻoyalar

Imkoniyatlar cheksizdir! Keling, SmartThings yordamida hayotingizni yaxshilash usullarini koʻrib chiqamiz.
01
AI yordamida energiya sarfini nazorat qiling
02
Yaqinlaringizga uzoqdan gʻamxoʻrlik qiling
03
Video oʻyinlarga ishqibozligingizni yorqin koʻrsating

Mahsulotlaringizdan koʻproq foydalaning

SmartThings bilan mahsulotlaringizning barcha imkoniyatlarini his eting.

Yanada koʻplab qurilmalarni qoʻllab-quvvatlaydi

Qoʻllab-quvvatlanadigan qurilmalarda “Samsung SmartThings bilan ishlaydi” yoki “Matter” belgisini toping.

 

Aqlli chiroqlar

Uyni aqlli chiroqlar bilan yoriting. Kayfiyatni koʻtaring, katta oʻtirishlar uyushtiring yoki tinch va sokin muhitni yarating.
 

Uzgich-ulagichlar

Telefoningizdan qulay tarzda uyingizdagi chiroqlarni boshqaring
Smart switch Smart switch
 

Hub va sensorlar

Uyingizni har qanday xohishingizga javob beradigan qiling. Buning uchun sensorlardan foydalaning.
Smart Hub va sensorlar Smart Hub va sensorlar
 

Eshik qoʻngʻiroqlari va eshik qulflari

Eshik oldida kim turganini koʻrishning aqlli usuli.
Smart doorbell Smart doorbell
 

Aqlli elektr sanchqilar

Qurilmalaringizni masofadan boshqaring va uyingizni avtomatlashtiring.
 

Uy hayvonlarini oziqlantiruvchi moslamalar

Uy hayvoningizga ovqat berishda sarson boʻlmang. Ularning kosasini bitta tugma bilan toʻldiring.

SmartThings ilovasini oʻrganib chiqing

* SmartThings'dan foydalanish uchun ilovani Galaxy Store, Google Play Store yoki Apple App Store'dan yuklab oling. SmartThings ilovasi uchun kamida 3 GB tezkor xotiraga ega Android OS 10↑ yoki iOS 15↑ talab qilinadi. Qoʻllab-quvvatlanadigan OS tafsilotlari va ilova ekrani konfiguratsiyasi ilova yangilanishi bilan oʻzgarishi mumkin.

* Texnologiya, funksiyalar, xususiyatlar va xizmatlarning mavjudligi mamlakat, xizmat koʻrsatuvchi, tarmoq muhiti yoki mahsulotga qarab farq qilishi mumkin va ular ogohlantirilmasdan oʻzgarishi mumkin.

* Barcha qurilmalar Wi-Fi yoki boshqa simsiz tarmoqqa ulangan boʻlishi va yagona Samsung akkauntiga login qilgan boʻlishi kerak.

* SmartThings xususiyatlari va tafsilotlari mahsulot va mintaqaga/mamlakatga qarab farq qilishi mumkin.

* Tasvirlar va ekrandagi kontent namoyish maqsadida simulyatsiya qilingan. Amaldagi foydalanuvchi interfeysi (UI) dastur versiyasiga, modelga, mintaqaga va boshqa omillarga qarab farq qilishi mumkin.

* SmartThings'ga ulanishi mumkin boʻlgan maksimal qurilmalar soni har bir joylashuv uchun 300 taga teng. Biroq ulanishi mumkin boʻlgan qurilmalarning maksimal soni foydalanuvchining tarmoq muhitiga qarab cheklangan boʻlishi mumkin. Har bir akkaunt uchun 10 tagacha joylashuvdan, har bir joylashuvdan 20 tagacha xonadan foydalanish mumkin va joylashuvni roʻyxatdan oʻtkazgan administrator har bir akkaunt uchun 20 tagacha aʼzoni taklif qilishi mumkin.

1. Uy insaytlarining ayrim funksiyalari hozircha faqat Koreya va AQShda mavjud.

2. Qurilma boshqaruvida qoʻllab-quvvatlanadigan qurilmalar ogohlantirilmasdan oʻzgarishi va ayrim modellar kiritilmasligi mumkin.

3. Android va iOS qurilmalarida mavjud, ammo Samsung Galaxy smartfonlari sinovdan oʻtgan imkoniyatlarni taqdim etadi. Bu funksiya boshqa smartfonlarda turli yoʻllar bilan qoʻllab-quvvatlangan boʻlishi mumkin.

4. Yagona qoʻllab-quvvatlanadigan qurilmalar 2020-yil yoki undan keyin ishlab chiqarilgan televizorlarning maʼlum modellari va 2024-yil yoki undan keyin ishlab chiqarilgan konditsionerlar, havo tozalagichlar va robot changyutkichlarning ayrim modellari.

5. Avtomatik faollashtirish vaqti foydalanuvchi muhitiga qarab farq qiladi.

6. Smart View faqat Galaxy smartfonlari va planshetlaridan foydalangan holda Miracast'ni qoʻllab-quvvatlaydigan smart televizorlarda mavjud. App Cast mavjudligi qurilma, ilova va mamlakat/mintaqaga qarab farq qilishi mumkin.

7. Android va iOS qurilmalarida mavjud. Wi-Fi tarmogʻi va Samsung akkauntida login statusi talab qilinadi.

8. AI energiya rejimi 2023-yilgi televizorlarga tegishli. Amaldagi quvvatni kamaytirish modelga qarab farq qilishi mumkin va ichki sinovga asoslangan. SmartThings ilovasi, Wi-Fi tarmogʻi va Samsung akkauntida login statusi talab qilinadi. AI energiya rejimi Game, Intelligent, Art, Screen Mirroring, Ambient yoki Retail rejimlarini qoʻllab-quvvatlamaydi. Atrofdagi yorugʻlik 80 lyuksdan oshadigan muhitda AI energiya tejash xususiyatining ayrim jihatlari ishlamasligi mumkin, bu esa energiya tejamini kamaytiradi. Energiyani tejash darajasi mintaqalar, modellar, oʻlchamlar, tomosha muhiti yoki kontent turlariga qarab farq qilishi mumkin.

9. Samsung televizorlari (Q60 yoki undan yuqori, 2022-yildan keyin chiqarilgan) Matter, Thread va Zigbee texnologiyalarini qoʻllab-quvvatlaydigan, ichiga oʻrnatilgan SmartThings Hub'ga ega.

10. 2024-yilda chiqarilgan Samsung televizori bilan foydalanganda, Galaxy Watch 4 va undan keyingi modellarida mavjud. Televizor va qoʻlsoat qurilmalari yagona Samsung akkauntiga login qilgan boʻlishi kerak.

11. Faqat umumiy salomatlik va fitnes maqsadlari uchun moʻljallangan. Tibbiy holat yoki kasallikni aniqlash, tashxislash, davolashda foydalanish uchun moʻljallanmagan. Oʻlchovlar faqat sizning shaxsiy maʼlumotingiz uchun.

12. 2024-yil aprel holatiga koʻra, AI Vision Inside yangi meva va sabzavotlar kabi 33 ta oziq-ovqat mahsulotlarini taniy oladi. Agar oziq-ovqat tanilib boʻlmasa, u nomaʼlum mahsulotlar roʻyxatiga kiritilishi mumkin. AI Vision Inside sovitkich eshigi qutilari yoki muzlatkichdagi oziq-ovqat mahsulotlarini aniqlay olmaydi yoki sanab bera olmaydi. U oziq-ovqat mahsulotlarini chuqur oʻrganish modellari asosida taniydi, ular aniqligini oshirish uchun vaqti-vaqti bilan yangilanishi mumkin.

13. Aniqlik uchun foydalanuvchilar roʻyxatni qoʻlda boshqarishlari kerak boʻlishi mumkin.

14. Sinov natijalari AI energiya rejimidan foydalanganda va AI energiya rejimidan foydalanmasdan dastlabki sozlamalardagi haroratni taqqoslashga asoslangan. Natijalar amalda sarflanadigan energiya miqdori va muhitga qarab farq qilishi mumkin.

15. Android va iOS qurilmalarida mavjud. Sovitkich va mobil qurilmalar yagona Samsung akkauntiga login qilgan boʻlishi kerak.

16. AI energiya rejimi yoniq holatida AI yuvish va quritish siklida IEC 3kg bilan ichki test asosida va KATRI (Koreya kiyim-kechak sinovlari tadqiqot instituti) tomonidan tasdiqlangan. Natijalar amalda sarflanadigan energiya miqdori va muhitga qarab farq qilishi mumkin.

17. Foydalanuvchi tomonidan taqdim etilgan notoʻgʻri maʼlumotlar tufayli kelib chiqadigan har qanday zarar yoki shikast yuzaga kelishi mumkin boʻlgan har qanday oqibat(lar) uchun faqat foydalanuvchi javobgar boʻladi.

18. AR07D9181HZ3 modelidagi ichki testlarga asoslangan. Kompressorning dastlabki chastotasi kompressorning eng quyi sozlamalarida 27% ga kamayadi, bu esa mavjud 15rps dan 12rps gacha kamayishni anglatadi (modelga qarab farq qilishi mumkin). Sinov Samsung kompaniyasining 132m² yashash muhitli laboratoriyasida 35°C/24°C haroratda oʻtkazildi (quruq lampa/hoʻl lampa, KS C 9306: konditsioner). SmartThings ilovasi va Samsung akkauntida login statusini talab qiladi. Amaldagi tejamkorlik sarflanadigan energiya miqdori va muhitga qarab farq qilishi mumkin.

19. Bixby — bu Samsung kompaniyasining Internet of Things (IoT) ovozli yordamchisi. Bixby xizmatining mavjudligi mamlakatga qarab farq qilishi mumkin. Bixby koreys, ingliz (AQSh, Buyuk Britaniya, Hindiston), ispan (Meksika, Ispaniya), nemis, fransuz, italyan va portugal (Braziliya) tillarining baʼzi aksent/dialektlarini taniydi. Bixby funksiyalari va kontent provayderlarining mavjudligi mamlakat/dilerlar/til/qurilma modeli/OS versiyasiga qarab farq qilishi mumkin. Samsung akkauntida login statusi va internet tarmogʻi (Wi-Fi yoki mobil internet) talab qilinadi.

20. Bu funksiya GPS taʼsiri ostida boʻlishi mumkin.

21. SmartThings Pet Care monitoring funksiyasining mavjudligi mintaqaga qarab farq qilishi mumkin va u faqat Jet Bot Combo AI va Jet Bot AI+ modellarida qoʻllab-quvvatlanadi.

22. Faqat it va mushuklarni aniqlashi mumkin. Aniqlash qobiliyati uy hayvonining pozasi yoki turgan joyiga qarab susayishi mumkin. Uy hayvoningizni aniqlash qobiliyati hayvon turiga va yashash muhitiga qarab farq qilishi mumkin. U faqat umumiy vizual koʻrsatkichlar asosida uy hayvonlari mavjudligini aniqlaydi va alohida uy hayvonlarini aniqlay olmaydi.

23. Bu xususiyat faqat 2024-yilda chiqarilgan robot changyutkich modellarida qoʻllab-quvvatlanadi (VR7MD******).

24. SmartThings Energy ilovasini yuklab olish va ushbu funksiyadan foydalangan holda Optimal zaryadlashni oldindan faollashtirish kerak. Ushbu funksiyaning mavjudligi va Optimal zaryadlash imkoniyatlari mamlakatga qarab farq qilishi mumkin.

25. SmartThings ilovasi Android va iOS qurilmalarida mavjud. Wi-Fi tarmogʻi va Samsung akkauntiga login statusi talab qilinadi. Kir yuvish mashinasi yoki quritkich va mobil qurilmalar yagona Samsung akkauntiga login qilgan boʻlishi kerak.

26. SmartThings Family Care xizmati hozirda Koreya va AQShda Android Galaxy qurilmalarida mavjud.