Galaxy S25 | S25+

Sodda. Samarador

Koʻk rangdagi Galaxy S25 plus ko‘rinishga uchib kiradi va orqa tomondan ko‘rinadi. Keyin oldingi ko‘rinishda uning yonida hajmi kichikroq bo‘lgan Koʻk rangdagi Galaxy S25 paydo bo‘ladi.

GGalaxy S25 va S25+ qurilmalarini kutib oling. Mustahkam alyuminiy ramkali nafis va premium dizayn immersiv ekran, o'ziga xos kamera hamda qulay tutish uchun yanada ixcham korpusni o'zida mujassam etadi.,

Katta va kattaroq

Koʻk rangdagi Galaxy S25 va Koʻk rangdagi kattaroq Galaxy S25 plus ushlab turilibdi va asosiy ekranda ko‘rinmoqda.

Galaxy S25 va S25+ smartfonlarining ikkalasi ham bizning eng qudratli maxsus yaratilgan protsessorimiz, takomillashtirilgan batareya sarfi va eng innovatsion AI imkoniyatlarimizga ega. Galaxy S25+ smartfonidagi 6.7 dyuymli displey bilan yanada dadil va qudratli bo'ling. ,

Yangi ranglardagi yangi imkoniyatlar

Burchakni avvaldan o‘rnatish

Burchakni avvaldan o‘rnatish

Ingichka ko‘rinish. Mustahkam qurilish

Galaxy S25 plus burchagining yaqindan ko‘rinishi va uning aluminiy ramkasi ko‘rinadi.

Yengil alyuminiy ramkaga ega mustahkam Galaxy S25 va S25+ smartfonlarini istalgan joyda olib yurish uchun qulay.

Galaxy AI

Now Bar Now Brief xizmatidan ogohlantirish bilan chapdan o‘ngga kiradi. Now Bar Galaxy S25 plus asosiy ekranining pastki qismiga o‘tadi, u diqqat markazida bo‘ladi. Now Bar xizmatidan yana uchta ogohlantirish birinchisining ustida joylashgan: taymer, musiqa va mashqlar.

Ehtiyojlaringizdan bir qadam oldindagi AI hamrohingiz bilan mobil sun'iy intellektning yangi davrini his eting. Kundalik vazifalarni oson bajarishda sodda va tabiiy muloqotdan foydalanish kifoya.

Bosing, so'zlang va tayyor

Galaxy S25 plus yon tugmasi ko‘rinib turibdi. Videoda eslatib o‘tilgan joylarni ro‘yxatlash va uni Eslatma sifatida saqlash uchun Google Gemini xizmatini tabiiy tilda so‘rash uchun yon tugmani uzoq bosib turing. Internetda qidirish va keyin Eslatma yaratish va saqlash uchun turli ilovalardan o‘tadi.

Ilovalarni almashtirmasdan vazifalaringizni muammosiz bajaring. Yon tugmani bosib turing va Google Gemini-ga kerakli vazifalarni o'z tilingizda so'zlang, u esa shu onda barchasini bajarishga uddalaydi.

So'zlang, javob oling

Gemini Live faol va Talk Live tanlangan. Keyinchalik, tasvir Gemini Live ilovasiga ilova sifatida yuboriladi. Gemini Live tasvirni tahlil qiladi va siz tabiiy tildan foydalanib, tarkibi haqida muloqot qilishingiz mumkin.

Gemini Live bilan oson suhbatlashib, fikrlaringizni muhokama qiling yoki sizga ma'qul uslubda suratlarni tanlash va javoblar olish orqali taqdimotga tayyorlaning.

Sizning kuningiz uchun shaxsiy brifinglar

Now Brief kun davomida shaxsiylashtirilgan qisqacha ma’lumotlarni yuboradi. Ertalabki brifingda ob-havo va Energy Score yangilanishlari, qatnovingiz uchun qisqacha ma’lumot haydash boʻyicha maslahatlar va muddati o‘tayotgan kupon yangilanishini oʻz ichiga oladi, kechki qisqacha ma’lumot esa galereyangizdagi suratlar bilan kunning sarhisobini oʻz ichiga oladi.

Mutlaqo yangi Now Brief yordamida kun davomida shaxsiy xulosalarga ega bo'ling.

Tongni o'z kunlik rejangiz bilan tanishishdan boshlang — Energy Score ko'rsatkichingizni hamda muhim vazifalarni ko'rib chiqing. Kechda esa kundalik faollik natijalari yordamida kuningizdan xulosa oling.

Ovoz yozish studiyasi qo'llaringizda

Obyektlarning tasvirlari o‘rta bo‘ylab tovush to‘lqinlari bilan ko‘rinadi. Audio Eraser xizmatida tanlangan kiruvchi shovqinni 0 dan minus 100 gacha kamaytirish mumkin. Minus 100 da Ovozni o‘chirish ajratib ko‘rsatiladi.

Videodagi keraksiz fon shovqinlaridan osonlik bilan xalos bo'ling, chunki Audio Eraser ularning sifatini oshirishga qodir. Ovozlar, musiqa, shamol va shu kabi tovushlarni sozlash orqali audio sifatini oshiring.

Videolarni osonlik bilan yarating

Auto Trim yordamida bir nechta turli videolarning diqqatga sazovor joylari birgalikda tahrirlanganini ko‘rish mumkin.

Videolarni jamlash va Auto Trim yordamida yig'ish orqali lavhalar yarating . AI videodagi asosiy joylarni aniqlab, yangi video lavha yaratadi, siz esa didingizga mos tarzda qo'shimcha tahrirlashingiz va kesishingiz ham mumkin.

Sog‘liqni saqlashning kelajagi endi shaxsiy bo‘ldi

Galaxy S25 plus asosiy ekrandan ko‘rinib turibdi. Now Brief faol. Morning Insight bugungi Energy Score ballini ko‘rsatadi, u ham Galaxy Watch bilan sinxronlangan.

Energy Score ko'rsatkichingizni kuzatib borish orqali salomatlik maqsadlaringizga erishing. Smartfoningizni Galaxy Watch bilan sinxronlang va uyqu, faollik va yurak urish tezligi tahlili kabi shaxsiy ma'lumotlarga ega bo'ling.,

Shaxsiy ma’lumotlar shaxsiyligicha qoladi

Personal Data Engine sizning asosiy ma’lumotlaringizni birlashtiradi va qayta ishlaydi hamda unig asosidagi shaxsiy takliflar taqdim etadi. Maʼlumotlaringiz mazkur mexanizm yordamida shifrlanadi va Knox Vault yordamida qurilmangizda saqlanib, ularga boshqa hech kim kira olmasligi ta'minlanadi.

Eng ilg'or ProVisual Engine

Galaxy S25 plus kamerasi linzalari ko‘rinayotgani va to‘liq qurilma orqa ko‘rinishini ko‘rsatish uchun aylanayotgani ko‘rinadi. Old kamerani ko‘rsatish uchun asosiy ekranning orqasida boshqa qurilma ko‘rinadi.

ProVisual Engine algoritmi endi qudratli protsessorimiz asosida ishlaydi. Ijodkorlik uchun bizning ilg'or tizimimizni sinab ko'ring: kontent suratga oling, tomosha qiling va tahrirlang.

Old kamera
  • 12 MP Selfi kamerasi
Orqa kamera
  • 12 MP Ultra keng burchakli kamera
  • 50 MP Keng burchakli kamera 2x optik sifatli zoom
  • 10 MP Teleobyektiv 3x optik zoom

Betakror tungi videolar. Kamroq shovqin, ko‘proq ravshanlik

Oqshom paytida ikki shaxs basketbol o‘ynamoqda. Tasvirlar Galaxy S25 plus kamerasi tufayli aniq.

Yanada ajoyib sifatdagi videolarga ega bo'lish uchun takomillashtirilgan 10-bitli HDR formatida suratga olishingiz mumkin. Bizning ilg‘or AP ham tasvirdagi xiraliklarni yanada aniqroq yo'q qilishi evaziga xira videolar endi ortda.,

Epik portretlar, har safar

Ochiq havoda olingan ayol portreti. Yoritilganlik aniq va shaxsning xususiyatlari aniq ko‘rinib turibdi.
Object Aware Engine imkoniyatiga ega kameramiz turli yorug'lik darajalariga moslashadi. Endi teri rangi va tuzilishini ko'zingiz ko'rganidek suratlaringizda aks ettirishingiz mumkin.

Aynan siz uchun filtrlar

Dokdagi doʻstlarning surati filtr qoʻllanilgan holda suratga olinmoqda. Rasmga tushirish paytida turli xil maxsus filtrlar qo‘llanilishi mumkin.
Shaxsiy filtrlaringiz bilan suratlaringizni jonlantiring. Galaxy AI sevimli suratingizni tahlil qiladi va uning asosida mos filtr yaratadi. Undan boshqa suratlar uchun ham foydalaning yoki tasvir parametrlarini sozlab, filtrlarni didingizga moslashtirishda davom eting.

Tezkor suratlar

ProVisual Engine va takomillashtirilgan sensorimiz tezkor suratga olish davomida ham yuqori tasvir sifatini ta'minlashi evaziga harakatdagi obyektlar ham tasvirda aniq aks ettiriladi.

Galaxy uchun maxsus yaratilgan eng qudratli protsessor

Galaxy AP uchun maxsus tayyorlangan chip kartasi tepasida turishidan oldin uning ustida suzayotgani ko‘rinadi. Galaxy S25 plus qurilmasiga o‘tishdan oldin kirish nuqtasidan turli xil yorugʻlik nurlari chiqadi. Asosiy ekranda Wuthering Waves o‘yinidan sahnani ko‘rsatish uchun aylanishdan oldin qurilma yon profildan gorizontal holatda ko‘rinadi. Galaxy uchun Snapdragon 8 Elite texnologiyasi asosida.

Bizning eng qudratli moslashtirilgan chipsetimizni taqdim etamiz. Galaxy uchun Snapdragon® 8 Elite yordamida Yuqori barqarorlikdagi o'yinlar, takomillashtirilgan real vaqtda nurlarni kuzatish va optimallashtirilgan Vulkan funksiyasi yordamida jarayonga sho'ng'ing.,,,

  • CPU

    45 % super tez qayta ishlash

  • GPU

    48 % yaxshilangan grafika samaradorligi

  • NPU

    68 % tezroq AI samaradorligi

Galaxy uchun Snapdragon® 8 Elite

Mukammal darajada — o'zingiz baho bering.

Galaxy qurilmasi displeyidagi taqqoslashdan oldin va keyin ProScaler effektlari tasvirlangan. ProScaler batafsilroq grafiklarni taqdim etadi.

Oldindan o'rnatilgan ProScaler imkoniyati tufayli ekrandagi tasvir sifati yanada hayratlanarli darajada. AI yordamida qayta ishlash algoritmi sizga displey sozlamalarini o'zgartirmasdan yuqori aniqlikdagi tomosha qilish sifatini ta'minlaydi.,

Betakror batareya hajmi

Maxsus yaratilgan AP ga o'rnatilgan bizning innovatsion mDNIe texnologiyamiz hamda dasturiy ta'minot optimallashtirilishi evaziga Galaxy S25 va S25+ yanada kattaroq batareya hajmiga ega bo'lib, sizga soatlab video tomosha qilish imkonini beradi.

Maxsus yaratilgan AP ga o'rnatilgan bizning innovatsion mDNIe texnologiyamiz hamda dasturiy ta'minot optimallashtirilishi evaziga Galaxy S25 va S25+ yanada kattaroq batareya hajmiga ega bo'lib, sizga soatlab video tomosha qilish imkonini beradi.,

  • Video tomosha qiling:

    30 soatgacha Galaxy S25+ qurilmasida

  • Video tomosha qiling:

    29 soatgacha Galaxy S25 qurilmasida

256 GB gacha xotira

12 GB tezkor xotirda va 128 GB yoki 256 GB gacha doimiy xotira bilan Galaxy S25 smartfonida har qanday ma'lumotlaringizni saqlang. Galaxy S25+ smartfonida esa 256 GB yoki 512 GB xotiradan birini tanlashingiz mumkin.

AI uchun yaratilgan mutlaqo yangi One UI 7

Galaxy S25 plus asosiy ekranda turli vidjetlar bilan ko‘rinib turibdi. Qurilma boshqa vidjetlar va bildirishnomalar bilan yonma-yon joylashgan. Chapda, Gallery vidjeti, ob-havo vidjeti va musiqa, mashqlar va taymer Now Bar ogohlantirishlari. O‘ng tomonda bildirishnomalarni ko‘rish mumkin.

Galaxy bilan birgalikda yaxshiroq

Galaxy S25 va S25+ qurilmalarini boshqa Samsung Galaxy qurilmalari bilan sinxronlab, aqlli qurilmalaringiz "tarmog'ini" yarating.

Bizning kelajakka yo‘naltirilgan yondashuvimiz

Nima eksan shuni o'rasan. Biz mahsulotning barcha hayot davrlarida energiya samaradorligi va resurslar aylanishiga e’tibor qaratamiz. Har bir mayda tafsilot muhim hamda biz yanada ko‘proq natijaga erishish uchun intilamiz.

Istalgan joyda, sizning uslubingizda

Har qanday holatda foydalanish uchun sizning uslubingizda tayyor. Yorqin individuallik va yuqori funksionallikka ega aksessuarlardan birini tanlang.

Orqa tomondan toʻrtta Galaxy S25 Series qurilmasi diagonal ravishda bir tekisda joylashgan. Yuqori oʻngdan soat yoʻnalishi boʻyicha Galaxy S25 plus qizil rangdagi Silicone Case bilan o‘rnatilgan. Ularning yonida Galaxy S25 Ultra qora rangdagi Rugged Case o‘rnatilgan va uning yonida S Pen bilan ko‘rinadi. Uning yonida Galaxy S25 plus kulrang rangdagi Standing Grip Case o‘rnatilgan va yana bir Galaxy S25 plus esa Keith Haring grafikasi o‘rnatilgan Flipsuit Case flip-kartasi bilan ko‘rinadi.

Ko'p Beriladigan Savollar

Galaxy S25 Ultra

Hayot Galaxy telefoni bilan kashf etilib boradi

  1. Natijalar faqat ko‘namuna maqsadlari uchun modellashtirilgan. Tarmoqqa ulanish va Google hisob qaydnomasiga kirishni talab etiladi. Xizmat mavjudligi mamlakat, til, qurilma modeliga qarab farq qilishi mumkin. Mos ilovalarda ishlaydi. Xususiyatlar obunaga bog'liq bo'lishi va natijalar farq qilishi mumkin. Muayyan funksiyalar yoki ilovalar uchun sozlash talab qilinishi mumkin. Natijalar aniqligi kafolatlanmaydi.
  2. Natijalar suratga olish sharoitlariga, jumladan, bir necha obyekt, fokusda bo‘lmagan yoki harakatlanuvchi obyektlarga qarab farq qilishi mumkin.
  3. Avvalgi modellar bilan taqqoslanganda.
  4. LTE orqali standart sozlamalar ostida Bluetooth orqali quloqchinga ulangan ushbu modelning chiqarilishdan oldingi versiyasi bilan Samsung ichki laboratoriya sinov shartlariga asoslanadi. Videoni ijro etish vaqtida mos tarzda batareya quvvati va batareya quvvati sarfi ustidan o‘lchangan tok kuchi bo‘yicha hisoblangan (video fayl tasvir aniqligi 720p, qurilmada saqlangan). Haqiqiy videoni ijro etish vaqtlari tarmoq ulanishi, sozlamalar, video fayl formati, ekran yorqinligi, batareya holati va boshqa ko‘plab omillarga bog‘liq.
  5. Armor Aluminum ramkasi ovoz balandligi yoki yon tugmalarni yoki SIM karta o'rnini o'z ichiga olmaydi.
  6. Diagonal bo'yicha to'g'ri to'rtburchakda o'lchangan. Yassi burchaklar va/yoki kamera o'rni tufayli haqiqatda ko‘rinuvchan soha kamroq bo‘ladi. Diagonal bo'yicha o‘lchanganda, Galaxy S25 telefoni ekranining o‘lchami to‘liq to‘g‘ri to‘rtburchak bo‘yicha 6,2 dyuymga va yassi burchaklarini hisobga olganda, 6,0 dyuymga teng; Galaxy S25+ telefoni ekranining o‘lchami to‘liq to‘g‘ri to‘rtburchak bo‘yicha 6.7 dyuymga va yassi burchaklarini hisobga olganda, 6,5 dyuymga teng; Galaxy S25 Ultra telefoni ekranining o‘lchami to‘liq to‘g‘ri to‘rtburchak bo‘yicha 6,9 dyuymga va yassi burchaklarini hisobga olganda, 6,8 dyuymga teng; yassi burchaklar va/yoki kamera o'rni tufayli haqiqiy ko‘rinadigan maydon kamroqdir.
  7. Odatiy qiymat uchinchi tomon laboratoriya sharoitida sinovdan o‘tkazilgan. Odatiy qiymat bu IEC 61960 standarti boʻyicha sinovdan o‘tkazilgan batareya namunalari orasidagi batareya quvvati oʻzgarishini hisobga olgan holda taxminiy oʻrtacha qiymat. Nominal (minimal) hajm Galaxy S25 uchun 3885 mAs, Galaxy S25+ uchun 4755 mAs va Galaxy S25 Ultra uchun 4855 mAs ga teng.
  8. Ranglarning mavjudligi mamlakat yoki operatorga bog‘liq tarzda farq qilishi mumkin.
  9. Corning® Gorilla® Glass Victus® 2 qurilmaning oldi va orqasiga tatbiq qilinadi.
  10. 1,5 metrgacha chuqurlikdagi chuchuk suvga 30 daqiqagacha tushirishdan himoyalash bilan bog'liq laboratoriya sinovlariga asoslanadi.Qurilmaning suvga chidamliligi doimiy emas va vaqt o‘tishi bilan tabiiy eskirish sabab kamayib boradi.
  11. Natijalar faqat namuna maqsadlari uchun. Gemini Live xususiyati tarmoqqa ulanish va Google hisob qaydnomasiga kirishni talab qiladi. Xizmat mavjudligi mamlakat, til, qurilma modeliga qarab farq qilishi mumkin. Xususiyatlar obunaga bog'liq va natijalar farq qilishi mumkin. Muayyan xususiyatlar va ayrim hisob qaydnomalar bilan mos keladi. Faqat 18 va undan yuqori yoshdagi foydalanuvchilar uchun amal qiladi. Natijalarning aniqligi kafolatlanmaydi.
  12. Now Brief funksiyasi uchun Samsung hisob qaydnomasiga kirish talab etiladi. Xizmat mavjudligi mamlakat, til, qurilma modeli va ilovalarga qarab farq qilishi mumkin. Ayrim funksiyalar tarmoq ulanishini talab qilishi mumkin. Kontekstga asoslangan muntazam tavsiyalar uchun Personal Data Engine-dan foydalanish uchun Rejimlar va Kun tartiblarini yoqish kerak. Foydalanuvchi foto suratlar, videolar, audio fayllar va taqvim voqealari kabilarga kirishga rozilik berishi kerak. Ma'lumotlarni ochiqlash siyosatiga qarab Hodisalar namoyish etilmasligi mumkin. Hodisalar tomonidan taqdim etilgan fotosuratlarning tavsifi foydalanuvchi niyatiga mos kelmasligi mumkin. Taqvim bildirishnomasi faqat Samsung Calendar o‘rnatilgan boʻlsa va Android taqvim maʼlumotlar ombiridan foydalanadigan taqvim ilovalari bilan mos boʻlsa mavjud boʻladi. Kuponlar haqidagi bildirishnomalar faqat Samsung Wallet’ga amal qilish muddati tugaydigan kuponlar uchun mavjud. Energy Score ko'rsatkichini tekshirish uchun Samsung Galaxy Watch yoki Samsung Galaxy Ring ilovasidan olingan salomatlik ma’lumotlari Samsung Health ilovasi bilan sinxronlashtirilishi kerak. Natija faqat sizning shaxsiy ma’lumotingiz uchun va u tibbiy maqsadlar uchun mo‘ljallanmagan.
  13. Circle to Search Google LLC kompaniyasining savdo belgisidir. Ketma-ketliklar qisqartirilgan va modellashtirilgan. Natijalar faqat namoyish qilish maqsadlari uchun. Xizmatning mavjudligi mamlakat, til, qurilma modeliga bog‘liq ravishda farq qilishi mumkin. Internet ulanishini talab qiladi. Foydalanuvchilardan Android operatsion tizimi va Google ilovasini oxirgi versiyasiga yangilash talab qilinishi mumkin. Mos keluvchi ilovalar va yuzalarda ishlaydi. Natijalar vizual mosliklarga bog‘liq ravishda farq qilishi mumkin. Natijalarning aniqligi kafolatlanmaydi. Mos ilovalar va sirtlarda va faqat embient musiqa bilan ishlaydi. Quloqlchin orqali kelayotgan musiqa yoki telefon ovozi o‘chirilganda musiqani aniqlamaydi. Natijalar audio mosliklarga qarab farq qilishi mumkin.
  14. Natijalar har bir videoda qanday tovushlar mavjudligiga qarab farq qilishi mumkin. Samsung hisob qaydnomasiga kirish talab etiladi. Olti turdagi tovushni aniqlash mumkin; ovozlar, musiqa, shamol, tabiat, olomon va shovqin. Haqiqiy tovushni aniqlash audio manbasiga va videoning holatiga qarab farq qilishi mumkin. Natijalar aniqligi kafolatlanmaydi.
  15. Rasm Tahrirchisida Auto Trim funksiyasi yordamida tahrirlanadigan video eng yuqori davomiyligi 90 daqiqaga teng. Rasm tahrirchisidagi Auto Trim yordamida tahrirlashda birlashtirilgan videolarning eng yuqori davomiyligi 180 daqiqaga teng. Bir loyihada tahrirlanadigan maksimal videolar soni 60 taga teng. Natijalarning aniqligi kafolatlanmaydi.
  16. Energy Score Android telefonlarida (Android 11 yoki undan yuqori) mavjud va Samsung Health ilovasini talab qiladi (v6.27 yoki undan yuqori). Samsung Account hisob qaydnomasiga kirish talab qilinadi. Xizmatning mavjudligi mamlakat, mintaqa, tilga qarab farq qilishi mumkin. Energy Score ko'rsatkichini tekshirish uchun Samsung Galaxy Watch (Galaxy Watch4 Series va OS 5.0 yoki undan yuqori versiyaga ega yangi modellar) yoki Samsung Galaxy Ring-dan kuzatilgan salomatlik ma’lumotlari Samsung Health ilovasi bilan sinxronlashtirilishi kerak. Eng kamida avvalgi kun faollik va uyqu maʼlumotlari hamda uyqu paytida yurak urishi tezligi maʼlumotlari kerak. Hech qanday tibbiy holatni aniqlash, tashxislash, davolashda foydalanish uchun moʻljallanmagan. Natija faqat shaxsiy ma’lumotingiz uchun. Maslahat uchun shifokor bilan maslahatlashing.
  17. Galaxy Watch qurilmalari alohida sotiladi.
  18. Knox Matrix One UI 7.0 yoki undan yuqori versiyadagi Galaxy smartfon va planshetlarida qo‘llab-quvvatlanadi. Mavjudligi mamlakat yoki mintaqaga qarab farq qilishi mumkin.
  19. Optik sifatni kattalashtirish Adaptive Pixel sensori tomonidan ta'minlanadi. 3x masofa - optik kattalashtirish. 2x masofa - optik sifatli kattalashtirishi.
  20. Galaxy S24 va S24+ qurilmalariga nisbatan taqqoslanganda.
  21. AP unumdorligini yaxshilash Galaxy S25+ qurilmasiga tegishli va Galaxy S24+ bilan taqqoslanadi. Haqiqiy ish samaradorligi foydalanuvchi muhiti, holatlar va oldindan o‘rnatilgan dasturiy ta’minot va ilovalarga bog‘liq bo‘ladi.
  22. Wuthering Waves - Kuro Games kompaniyasining savdo belgisi va/yoki ro‘yxatga olingan savdo belgisi. Hozir Galaxy Store do‘konida yuklab olish mumkin. San’at asarlari mualliflik huquqi bilan himoyalangan va Kuro Games eksklyuziv huquqlardan foydalanadi. Xizmat mavjudligi mamlakat, til, qurilma modeliga qarab farq qilishi mumkin.
  23. *Snapdragon brendi ostidagi mahsulotlar Qualcomm Technologies, Inc. va/yoki uning sho‘ba korxonalari mahsulotlaridir.
  24. ProScaler Galaxy S25 qurilmasida qo‘llab-quvvatlanmaydi.
  25. Qurilmalarda xotira hajmi tanlovi sotuvchi, mamlakat va mintaqaga muvofiq farq tarzda farq qilishi mumkin. Haqiqiy mavjud xotira hajmi oldindan o'rnatilgan dasturiy ta'minotga qarab farq qilishi mumkin.
  26. Ayrim funksional vidjetlar uchun tarmoqqa ulanish va/yoki Samsung hisob qaydnomasi talab etilishi mumkin. Ilovalarda qo'llab-quvvatlanadigan funksiyalarning mavjudligi mamlakatga muvofiq farq qilishi mumkin.
  27. Android™ qurilmalaridan simli uzatish uchun qabul qiluvchi qurilmada Android™ 4.3 yoki undan keyingi versiya, joʻnatuvchi qurilmada esa Android™ 4.3 yoki undan yangi versiya boʻlishi kerak. O‘tkazmalar simsiz ulanish orqali simsiz bajarilishi mumkin. Simsiz ulanishlar uchun qabul qiluvchi qurilma Android™ 4.0 yoki undan yangi versiyaga ega boʻlishi kerak va joʻnatuvchi qurilmada Android™ 4.0 yoki undan keyingi versiyasi boʻlishi talab etiladi. Qabul qiluvchi Galaxy qurilmasidagi “Sozlamalar”da Smart Switch Mobile ilovasini oching yoki Galaxy Store do‘konidan Smart Switch Mobile ilovasini yuklab oling. O‘tkazish mumkin bo‘lgan ma’lumotlar, kontent va ilovalar uzatish usuliga qarab farq qilishi mumkin.
  28. iOS qurilmalaridan simli uzatish uchun qabul qiluvchi qurilmada Android™ 4.3 yoki undan yangi versiya, yuboruvchi qurilmada esa iOS 5 yoki undan yangi versiya talab etiladi. O‘tkazmalar simsiz ulanish yoki iCloud orqali simsiz bajarilishi mumkin. Simsiz ulanishlar uchun qabul qiluvchi qurilma Android™ 4.0 yoki undan yangi versiyaga ega boʻlishi kerak va yuboruvchi qurilmada iOS 12 yoki undan yangi versiyadagi operatsion tizim boʻlishi talab etiladi. iCloud o‘tkazmalari qabul qiluvchi qurilmadagi Android™ 4.0 yoki undan yangi versiyasi va yuboruvchi qurilmada iOS 5 yoki undan yangi versiyasi boʻlishini talab qiladi. Qabul qiluvchi Galaxy qurilmasidagi “Sozlamalar”da Smart Switch Mobile ilovasini oching yoki Galaxy Store do‘konidan Smart Switch Mobile ilovasini yuklab oling. Simsiz o‘tkazmalar uchun iPhone yoki iPad qurilmangizda App Store do‘konidan iOS uchun Smart Switch ilovasini yuklab oling. O‘tkazish mumkin bo‘lgan ma’lumotlar va ilovalar uzatish usuliga qarab farq qilishi mumkin. iOS qurilmadan kontaktlar, galereya, videolar, taqvimlar va eslatmalar simsiz oʻtkazilishi mumkin.
  29. Bir vaqtning o‘zida turli xil ma’lumotlar to‘plamini uzatishda simli ulanishdan foydalanish tavsiya etiladi.
  30. Galaxy Buds3 Pro, Galaxy Watch7 va Galaxy Tab S10 qurilmalari alohida sotiladi.