55" Flip Pro WMB interaktiv displey
LH55WMBWBGCXCI
Smartfoningiz yordamida QR-kodni skanerlang va obyektni xonaga joylashtiring.
Asosiy xususiyatlari
Xususiyatlari
Bilim olish uchun cheksiz imkoniyatlar. Pro bilan birgalikda
Samarali interaktiv hamkorlikni ta'minlovchi raqamli ta'lim olish jarayoninining rivojlanishi bilan bir qatorda Flip Pro ustozlarga yangi va ilg'or darajadagi ta'lim uchun zarur bo'lgan o'quv qurollarini taqdim etadi. Universal ulanish imkoniyatlari, intellektual dasturiy ta'minot va intuitiv darajada tushunarli funksiyalar bilan Flip Pro ta'lim olish kelajagini ochib bermoqda.
Sohada yetakchi multitach interfeys yordamida yanada yengil boshqaruv
Tezkor va multitach interfeys
Flip Pro sohadagi kechikish borasida eng yaxshi natija — bor yo'g'i 26 ms bo'lib, realistik va ravon chizish uchun qo'llaniladigan bashoratlash mantig'i esa bevosita displeyga o'rnatilgan 2048 nuqtali qalinlikni ta'minlaydi hamda ijodkorlikni namoyon etishga yordam beradi. Bundan tashqari, Flip Pro 20 tagacha odam uchun multitach funksiyasini qo'llab-quvvatlaganligi tufayli interaktivlik darajasini yanada oshiradi.
*Bir tegishda rejimidan foydalanilganda
O'z g'oyalaringizni shu ondayoq ro'yobga chiqaring
Intuitiv darajadagi yozuv va chizish
Sizga real vaqt davomida yozish imkonini beruvchi Qalam va Mo'yqalam rejimlari hamda o'chirish uchun shunchaki barmoq yoli kaft bilan tegish kifoyaligi evaziga Flip Pro bilan g'oyalaringiz shu onda ro'yobga chiqadi. Tezkor uskunalar va Palitra kabi menyular sizning ijodkorligingizga yordam beradi, Almashtirish tugmasi esa eslatmalar uchun yangi foydalanuvchi interfeysidan oson foydalanishni ta'minlaydi.
Istalgan manbadan aloqada bo'ling
Universal ulanish imkoniyatlari
Flip Pro qurilmasi USB, HDMI va DP kabi ko'plab ulanish imkoniyatlarini taqdim etadi. Ustozlar katta ekranda kontent yoki ma'lumotlarni namoyish etish uchun istalgan qurilmani ulashlari, shuningdek LAN porti yoki ekranni simsiz oynali aks ettirish orqali istalgan boshqa qurilma va tarmoqqa ulanishlari mumkin.
*Tasvir namuna maqsadida modellashtirilgan.
Uchta funksiya uchun yagona port
3 tasi 1 da USB-C port
3 tasi 1 da USB-C yordamida ulanish ekranni oynali aks ettirish, sensorli boshqaruv va tashqi qurilmalarni zaryadlashni (max. 15 Vt) ta'minlaydi. Ustozlar shunchaki USB Type-C portiga ulanish orqali interaktiv va qiziqarli darslarni hech qanday muammolarsiz olib borishlari mumkin.
*Avvalgi Flip modellari bilan taqqoslanganda.
AirPlay2 bilan ulashing
AirPlay 2
Flip Pro qurilmasi AirPlay 2 bilan integratsiyalashganligi sababli ustozlar va talabalarga katta ekranda taqdimotlarni o'tkazish imkoniyatini berib, katta o'lchamli xonalarda ko'rish va ishtirok etish darajasini oshiradi. Ikkita displeyga ega simsiz tizim yanada yuqori hamkorlik uchun hech bir talaba muhim axborotni o'tkazib yubormasligini kafolatlaydi.
*Tasvirlar va ekrandagi kontent modellashtirilgan va faqat namuna uchun mo'ljallangan.
*Tasvirlar va ekrandagi kontent modellashtirilgan va faqat namuna uchun mo'ljallangan.
Bir nechta qurilma bilan simsiz intellektual ulashish
SmartView+
SmartView+ yordamida interaktiv displeyga bir vaqtning o'zida simsiz 50 tagacha qurilmani ulash hamda bir vaqtda 4 tagacha ekranni ko'rish imkoniyati mavjud. Mazkur ekrandan kabelsiz birgalikda foydalanish imkoniyati katta konferensiya zallari hamda raqamlashtirilgan auditoriyalar uchun juda mos keladi.
*Tasvir namuna maqsadida modellashtirilgan.
O'zingizga zarur istalgan ma'lumotdan istalgan joydan foydalaning
Ish muhiti
Knox yordamida himoyalangan Workspace rejimi yordamida Flip Pro o'z foydalanuvchilariga osonlik bilan masofadagi shaxsiy kompyuter, tarmoq diski yoki boshqa uchinchi tomon ilovalari, jumladan Office 365, Vmware, Boxlight MimioConnect* ga ulanish imkoniyatini beradi. Bu istalgan joydan turib samarali ishlash hamda ustoz va talabalarga uzluksiz ish jarayonini taqdim etadi.
*Mavjud ilovalar mintaqaga qarab farq qilishi hamda xizmatga obuna bo'lish talab etilishi mumkin.
Oldindan o'rnatilgan ta'lim olish yechimi yordamida darslarni rejalashtirishni optimallashtiring.
Boxlight MimioConnect*
Flip Pro qurilmasi MimioConnect — Workspace yordamida ulkan universal ta'lim olish uchun kontent katalogini taqdim etuvchi aralash ta'lim olish platformasini taklif etadi. Samsung bilan ta'lim sohasidagi AQSh yetakchi kompaniyalari bilan hamkorligi ta'lim olish uchun innovatsion dasturiy ta'minotni to'g'ridan-to'g'ri ta'minlaydi.
*Mazkur xizmatdan foydalanish uchun Boxlight tizimida ro'yxatdan o'tish va obunaga ega bo'lish talab etiladi, xizmatning mavjudligi esa mintaqaga bog'liq. *Ekrandagi kontent va tasvirlar modellashtirilgan va faqat namuna maqsadida foydalaniladi.
Masofadan boshqaruv yechimi yordamida jarayondan xabardor bo'ling
Kontentga masofadan kirish
Samsung MagicINFO masofadan boshqaruv yechimidan foydalangan holda Flip Pro har bir xonada bevosita Flip displeylariga uzatish mumkin bo'lgan, ustoz va talabalarga muhim yangiliklar haqida xabar beruvchi maktab axborot tizimidagi bildirishnoma va ogohlantirishlarni displeyga chiqaruvchi yangi funksional imkoniyatni taqdim etadi.
*Mazkur xizmatdan foydalanish uchun MagicINFO litsenziyasi talab etiladi, SIS (Maktab Axborot Xizmati) esa alohida yaratilgan va MagicINFO bilan birlashgan bo'lishi kerak.
Turli maqsadlar uchun puxta o'ylangan
Slim podstavkasi
Flip Pro 55” displey oldidagi kengaytirilgan ish joyi hamda buyumlarni qulay joylashtirish va saqlash usullarini taklif etadi. Takomillashtirilgan sharnir tuzilishi oson o'rnatish va samarali saqlashga yordam beradi.
Toza ekran va minimal zarar yetish xavfi
Himoyalangan ekran texnologiyasi
Mikroblar rivojlanishini oldini oluvchi mikroblarga qarshi qoplamasi tufayli Samsung Flip Pro sizning xotirjamligingizni ta'minlaydi. Bundan tashqari, Flip displeyi qoplamasi maxsus sinmaydigan plyonkaga ega bo'lib, buzilish holatida ekran sinmagan holatda bo'lishini kafolatlaydi.
*O'zining bakteriyalarga qarshi funksiyasini bajarish uchun mazkur qurilmaga kumush fosfat shishali biosidal modda bilan ishlov berilgan. **Bakteriyaga qarshi xususiyatlar foydalanuvchilarni bakteriya va viruslar, jumladan COVID-19 dan himoya qilmaydi. ***Mikroblarga qarshi qoplama faqat ekran yuzasiga qo'llanilgan bo'lib, uning samaradorligi sharoitga bog'liq tarzda farq qilishi mumkin. ****Bakteriyalarga qarshi himoya sertifikati: UL2282,bakteriyalarga qarshi samaradorlik 99% dan oshganda taqdim etiladi. (Sinov usuli (JIS Z 2801): namunaga ( 5 sm x 5 sm) 0,4 m.kub bakteriyali suyuqlik kiritilgandan so'ng, unga sterillangan plyonka (4 sm x 4 sm) yopishtiriladi va nisbiy namligi 90% yoki undan yuqori sharoitda termogigrostatda 35°C haroratda 24 soatga qoldiriladi va so'ngra bakteriyalarni yo'q qilish samaradorligi o'lchanadi / Sinov agentligi: KOTITI Sinov va Tadqiqotlar instituti)
Texnik xususiyatlari
-
Ekran aniqligi
3,840 x 2,160
-
Ko'rish burchagi (G/V)
178/178
-
Displey
55"
-
Diagonal o'lchami
55"
-
Panel turi
VA
-
Ekran aniqligi
3,840 x 2,160
-
Piksel balandligi (G x V)
0.315 x 0.315
-
Yoqrinlik (Tur)
350 (oynasiz), 220 (oynali) nit
-
Kontrastlik nisbati
4000:1(oynasiz)
-
Ko'rish burchagi (G/V)
178/178
-
Javob vaqti
8ms
-
Ranglar gammasi
72%
-
Shisha xiraligi
2%(oynasiz)
-
Goriznotal skanerlash chastotasi
30~81 KGs
-
Maksimal piksellar chastotasi
594 MGs
-
Vertikal skanerlash chastotasi
48~75 KGs
-
Ish vaqtini qo'llab-quvvatlash
12/7
-
HDMI kirish
2
-
DP kirish
1
-
HDMI versiyasi
2
-
DP versiyasi
1.2
-
HDCP versiyasi
2.2
-
USB ulagichi
1(Orqa), 3 (Qo'shimcha old port, ichki 1, tashqi 1, USB-C 1)
-
Ovoz signali chiqishi
Stereo Mini Jack
-
RS232 kirish
Ha
-
RJ45 kirish
Ha
-
WiFi
Ha
-
Bluetooth -ni qo'llab-quvvatlash
Ha
-
Elektr quvvat ta'minoti
AC100-240 V 50/60 Gs
-
Energiya iste'moli (Yoqilganda)
154 Vt
-
Energiya iste'moli (Uyqu rejimi)
0.5 Vt
-
O'lchamlar (ExBxCh)
1297.4 x 768.2 x 59.9 mm
-
Qadoqdagi o'lchamlari (E x B x U)
1464 x 915 x 190 mm
-
Og‘irligi
28.6 kg
-
Og‘irligi (qadoqdagi)
35.9 kg
-
Harorat
0℃~40℃
-
Namlik
10 ~ 80%, kondensatsiyasiz
-
VESA kronshteyni
400 x 400 mm
-
Ramka kengligi
26.2
-
Ramka rangi
Kulrang oq
-
Ramka materiali
Plastik
-
Sensorli boshqaruv
Ha
-
Kronshteyn
Ha (Model : WMN-4277SF)
-
Podstavka
Ha (Model : STN-WM55R)
-
OT versiyasi
Tizen 6.5
-
Flesh xotira hajmi
32 GB
-
Energiya samaradorligi turi
A
-
Sensor texnologiyasi
IQ
-
EMC
Daraja A FCC (AQSh) Bo'lim 15, Kichik bo'lim B KCC / EK (Koreya) tyuner: KN32 / KN35 tyunersiz: KN32 / KN35 idoralar (Yevropa) EN55032: 2012 yoki 2015 EN55024: 2010 yoki EN 55035:2017 VCCI (Yaponiya) VCCI CISPR32: 2016 CCC (Xitoy) GB / T9254-2008 GB17625. 1-2012 BSMI (Tayvan) CNS13438 ((EMI) CNS14336-1 ( ITE Safety) CNS15663 (RoHS) C-Tick (Avstraliya) AS/NZS CISPR32:2015 GOST (Rossiya/MDH) ROCT CISPR 24-2013 ROCT CISPR 22: 2005
-
Xavfsizlik
CB (Yevropa): IEC60950-1/EN60950-1CCC (Xitoy): GB4943.1-2011PSB (Singapur) : PSB+IEC60950-1NOM (Meksika) : NOM-001-SCFI-1993IRAM (Argentina) : IRAM+IEC60950-1SASO (Saudiya Arabistoni) : SASO+IEC60950-1BIS(Hindiston): IEC60950-1 / IS13252NOM (Meksika): tyuner: NOM-001-SCFI-1993 tyunersiz: NOM-019-SCFI-1998KC(Koreya) : K 60950-1EAC (Rossiya): EAC+IEC60950-1INMETRO (Braziliya): INMETRO+IEC60950-1BSMI (Tayvan): BSMI+IEC60950-1RCM (Avstraliya): IEC60950-1/AS / NZS 60950-1UL (AQSh): cUL60950
Foydalanuvchi uchun qo'llanma va yuklab olish uchun materiallar
Yaqin o‘tmishda ko‘rilganlar