One UI 6 yangiliklari
haqida
One UI 6 da siz o'zingiz istagan g'oyalarni osonlik bilan amalga oshirishga yordam beruvchi yangi funksiyalar paydo bo'ldi. Yanada samaraliroq bo'ling. Shaxsiy ma'lumotlaringiz esa doimo himoyalangan.
Galaxy AI
Oddiy chizmalaringizni ajoyib suratga aylantiring [6.1.1]
Sodda chizma chizishdan boshlang, o'zingizga mos uslubni tanlang va AI yordamida uni jozibador san'at asariga aylantiring. Chizmani suratga aylantirish funksiyasi Samsung Notes, Photo Editor, Smart Select va Edge panelida mavjud.1
Betakror portretlarni yarating [6.1.1]
Sun'iy intellekt yordamidagi keng turdagi portret uslublari evaziga siz o'z Kontakt profilingizdagi suratingiz yoki boshqa istalgan suratlarga mutlaqo yangi ko'rinish taqdim etishingiz, yoki Surat Tahrirchisidan foydalanib yuz aks ettirilgan istalgan fotosuratlaringizga yangicha g'oya o'ylab topshingiz mumkin.2
Barcha matnlarni yozishni telefoningizga topshiring [6.1.1]
Kichik matn, e-mail yoki ijtimoiy tarmoqlar uchun post kabi narsalar yozishingiz kerak bo'lganda, siz ishni Samsung Klaviaturasining Muallif funksiyasiga kichik so'rov yoki qisqa matn yuborishdan boshlang, so'ngra sun'iy intellekt vazifani bajaradi.3, 4
Yanada ko'proq ilovalardagi qo'ng'iroqlaringizni tarjima qiling [6.1.1]
Shunchaki telefon orqali suhbatlashib, real vaqt davomida tarjimaga ega bo'ling va til to'siqlarini yengib o'ting. Endi siz Samsung Qo'ng'iroqlar ilovasi bilan birgalikda Google Meet kabi ovozli qo'ng'iroqlarni qo'llab-quvvatlovchi ilovalarda ham real vaqt davomida tarjimaga ega bo'lishingiz mumkin. Suhbat davomida Tezkor panelda Jonli Tarjima tugmasini bosing va tarjimani boshlang.4, 5
Veb sahifalar tasvirlaridagi matnlar tarjimasi [6.1.1]
Veb sahifani to'liq o'z tilingizda o'qing. Samsung Internet ilovasida veb sahifa tarjima qilinganida, u matn yoki tasvir va surat ko'rinishida bo'lishidan qat'iy nazar, sahifadagi barcha matnlar tarjima qilinadi.4
Eshitish rejimida tarjima qilish [6.1.1]
Og'zaki tarjima funksiyasining yangi Eshitish rejimi ma'ruza yoki taqdimotlar kabi bir tomonlama suhbatlarni sizning tilingizga tarjima qilish imkonini beradi. 4
Ovozli yozuvlaringizni eslatmaga aylantiring [6.1.1]
Samsung Notes ilovasida eslatmalar yaratish har doimgidan-da oson va uni faqat ovoz yordamida ham amalga oshirish mumkin. Endi siz ovozli yozuvlaringizni matnli eslatmaga aylantirishingiz, uni tahrirlashingiz, xulosalashingiz va ko'plab boshqa amallarni bajarishingiz mumkin.4, 6
PDF fayllarini tarjima qilish va xulosalash [6.1.1]
Endilikda Eslatma Yordami funksiya bilan PDF fayllarni oldindan eslatma formatiga o'zgartirmasdan ham tarjima qilish va xulosalash mumkin. Tarjima qilingan matn boshlang'ich PDF formatida tarjima qilinadi.4, 7
Diktofon ilovasida tilni avtomatik aniqlash funksiyasi [6.1.1]
Majlislar, ma'ruzalar, ovozli yozuv va ko'plab boshqa audio fayllarni matnga aylantirish uchun Transkripsiya yordami funksiyasidan foydalaning. Endi sizning ovozli yozuvingiz tili avtomatik tarzda aniqlanganligi sababli siz til tanlovi bosqichini o'tkazib yuborib, to'g'ridan-to'g'ri transkripsiya jarayoniga o'tishingiz mumkin. 4, 8
Audio yozuvlar va transkripsiyalarni tahrirlang [6.1.1]
Diktofon ilovasida transkripsiya yaratilgandan so'ng siz xatolarni to'girlash, ma'lum qismni o'chirish yoki qo'shish uchun matnni tahrirlashingiz mumkin. Shuningdek siz keraksiz qismlarni o'chirish orqali audio faylning o'zini ham tahrirlashingiz mumkin.4, 8
Jonli effektlar yordamida suratlaringizni jonlantiring [6.1.1]
Suratlaringizdagi odamlar va hayvonlarga ajoyib kinematografik effektlar berish orqali tasvirdagi obyektlarni yanada tabiiy ko'rinishga keltiring.9
Flex rejimida avtomatik zoom [6.1.1]
Sun'iy intellekt yordamidagi avtomatik zoom bilan Flex rejimida mukammal suratlarni oling. Optimal kadrlash uchun avtomatik zoom obyektgacha bo'lgan masofaga moslashadi.10, 11, 12
Bir zumda sekinlashtirilgan videolarni tezkor saqlash va ulashish [6.1.1]
Videoni Bir zumda sekinlashtirish rejimida tomosha qilganingizdan so'ng, siz videoning sekinlashtirilgan qismini saqlab olishingiz mumkin. Videoni ulashganingizda ham siz Bir zumda sekinlashtirish rejimida tomosha qilgan so'nggi qism ham ulashish uchun mavjud.13, 14
Smart Select uchun Tavsiya etilgan amallar [6.1.1]
Ekraningizda aks ettirilganga qarab amallarni tezda bajaring. Smart Select funksiyasi yordamida ekranning ma'lum biror-bir qismi belgilanganda, sizning belgilashingizga mos amallar taklif qilinadi. Siz tezda telefon raqamlarni terishingiz, manzillarni izlashingiz, tasvirlarni tahrirlashingiz va boshqa amallarni bajarishingiz mumkin. Endi Smart Select funksiyasiga Edge ilovalar panelidan kirish mumkin.
Ekraningizdagi istalgan obyektni izlang
Google bilan aylana chizib qidirish funksiyasi ekraningizda aks ettirilgan istalgan narsa haqida oynalarni almashtirmasdan turib, osonlik bilan ko'plab ma'lumot olishni ta'minlaydi. Bosh tugma yoki boshqaruv tugmasini bosib turing va Google yordamida qidiruvni boshlang. 15, 16, 17, 18
Telefon orqali so'zlashuvlarni real vaqtda tarjima qiling
Xorijiy tilda so'zlashadigan shaxsga qo'ng'iroq qilishingiz kerakmi? Muammosiz! Jonli Tarjima funksiyasi sizga qo'ng'iroq davomida real vaqtdagi tarjimani ta'minlaydi. Suhbatdoshingiz sizning nutqingizni o'z tilida, siz esa suhbatdoshingiz nutqini o'zingizning tilingizda tinglashingiz mumkin bo'ladi. Shuningdek, tarjima matni ekranda ham aks ettiriladi.4, 19
Shaxsiy suhbatlarni tarjima qiling
Yangi "Tarjimon" funksiyasi sizga xorijiy tilda gaplashadigan odam bilan suhbatlashish zarur bo'lgan istalgan vaqtda tarjima qilish imkonini beradi. Tezkor panel orqali siz tarjimon funksiyasini osonlik bilan ishga tushirishingiz mumkin. Ikkala suhbatdosh ham nafaqat tarjimalarni og'zaki o'qishlari, balki uni ekranda ko'rib borishi ham mumkin.4
Tasvir, belgi, hujjat va boshqalardagi matnlarni tarjima qiling
Matnni qayerda uchratishingizdan qat'iy nazar, uni bir zumda tarjima qiling. Tarjima qilishni istagan matningizga kamerani yo'naltiring, so'ngra T tugmasini bosib qo'shimcha parametrlarni oching. Shuningdek, siz Galereyangizdagi tasvirlarda aks ettirilgan matnlarni ham tajrima qilishingiz mumkin.4
Veb sahifalardan xulosa oling va tarjima qiling
Samsung Internet ilovasining Brauzer yordami funksiyasi bilan veb sahifalardan o'zingizga zarur ma'lumotlarga tezda ega bo'ling. Siz o'qib chiqiladigan ma'lumotlar hajmini kamaytirishingiz va eng asosiylarini qoldirishingiz mumkin. Shuningdek, veb sahifalarni o'z tilingizga tarjima qilishingiz mumkin.4
Eslatmalar qiyinroq emas, aqlli
Eslatma yordami funksiyasi bilan siz Samsung Notes ilovasida har doimgidan-da ko'proq amallarni bajarishingiz mumkin. Siz avtomatik tarzda formatni o'zgartirishingiz, xulosalashingiz, tahrirlashingiz, tarjima qilishingiz va muqovalar yaratishingizning imkoni bor.4, 20
Ovozli yozuvlardan avtomatik tarzda matn oling
Majlislar, ma'ruzalar, ovozli yozuvlar va boshqa audio fayllarni matnga o'zgartirish uchun Transkripsiya yordami funksiyasidan foydalaning, so'ngra uni tezda ko'rib chiqish uchun xulosalang. Shuningdek, transkripsiya va xulosani tarjima qilib, boshqa tillarda ham ko'rishingiz mumkin.4, 21
Samsung klaviaturasi yordamida ko'proq natijaga erishing
Yozish bo'yicha yordam bilan matningiz ohangini o'zgartirib, nutqingizni professional, odatiy yoki ijtimoiy tarmoqlar uchun tayyorlang. Shuningdek, siz suhbat va matnli xabarlar ilovalaridagi tarjima imkoniyati bilan birgalikda grammatika va imlo bo'yicha yordamlar ham olishingiz mumkin.4, 22
Suratlaringizga yangi mazmun bering
Generativ tahrir funksiyasi sizga suratlaringizni tahrirlash uchun keng imkoniyatlarni beradi. Siz o'z suratlaringizdagi odamlar va obyektlarni ko'chirishingiz, o'chirishingiz yoki o'lchamlarini o'zgartirishingiz, so'ngra esa bo'sh joylarni to'ldirish uchun yangi fon ham yaratishingiz mumkin.23
Noyob fon tasvirlari yarating
Bosh ekran hamda qulflash ekrani uchun noyob fon tasvirlari yaratish uchun sun'iy intellektdan foydalaning. Siz bir nechta kalit so'zlarni tanlashingiz kifoya, qolganini sun'iy intellekt bajaradi.24
Qo'shimcha intellekt sozlamalari
Siz qaysi sun'iy intellekt funksiyalaridan foydalanishingiz va ular sizning ma'lumotlaringizni qay tarzda qayta ishlashi borasida to'liq nazoratga egasiz. Shuningdek, siz bir tugma bilan barcha funksiyalar uchun ma'lumotlaringizning onlayn qayta ishlashini o'chirishingiz ham mumkin.
Z Flip uchun FlexWindow oynasi
Tasvirlarni kattalashtirish endi yanada oson [6.1.1]
Obyektivlarni almashtirish endi har qachongidan-da osonroq. Obyektivlarni almashtirish uchun almashtirish tugmasini bosing va kattalashtirishni sozlash uchun ekranning istalgan qismiga bosing.10, 25
Uyqu va energiya ko'rsatkichlariga tezkor kirish [6.1.1]
Yangi vidjetlar yordamida Samsung Health ilovasidagi uyqu va energiya ko'rsatkichlarini telefoningizni ochmasdan tashqi ekranda ham ko'rishingiz mumkin. 10
Yanada ko'proq fon tasvirlari tanlovi [6.1.1]
Tashqi ekran uchun fon tasvirlari to'plami yangi qiziqarli va foydali kontent bilan to'ldirildi.10
Uslub tavsiyalari [6.1.1]
Tashqi ekranga eng yaxshi ko'rinish berish uchun tavsiyalarga ega bo'ling. Shaxsiy fon tasvirlarini o'rnatish jarayonida Uslub tavsiya etish kifoya. 10
Yanada ko'proq vidjet tanlovi [6.1.1]
Turli o'lchamlarda mavjud yangi vidjetlar yordamida Tashqi ekraningizda muhim axborotlarga ega bo'ling. To'liq ekranli 4x4 vidjetlar bilan bir qatorda endi 4x2 va 2x2 o'lchamli vidjetlar ham mavjud. Ob-havo, soat, taqvim, eslatmalar, kalkulyator, diktofon va Samsung Health uchun yangi vidjetlar mavjud. 10
Sozlanadigan axborot shablonlari [6.1.1]
Tashqi ekran uchun axborot shablonlarini sozlang va o'zingizga kerakli axborotni tegishli formatda aks ettiring. Ob-havo, bildirishnomalar, batareya zaryadi hajmi va ko'plab boshqa axborotlardan tanlang.10
E'tiboringizni tortuvchi bildirishnomalar [6.1.1]
Bildirishnomalaringizga urg'u bering. Asosiy ekraningizda mavjud qirralarni yoritish va qalqib chiquvchi bildirishnomalar engi Tashqi ekranda ham mavjud. 10
Maxsus imkoniyatlar tugmalariga tezkor kirish [6.1.1]
Maxsus imkoniyatlar tugmalaridan telefoningiz yopiq holatida ham foydalaning. Endilikda, Maxsus imkoniyatlar tugmalari Asosiy ekran bilan bir qatorda Tashqi ekranda ham mavjud.10
Qulflash ekrani
Qulflash ekrani uchun ko'proq vidjetlar
Qulflash ekraningiz uchun qo'shimcha vidjetlar mavjud bo'lib, ular doimo ekrandaligi sababli ekranni qulfdan ochmasdan ham kerakli ma'lumotlarni bilib borishingiz mumkin. Yangi vidjetlar Ob-havo, Samsung Health, Batareya, Eslatma, Taqvim va Soat funksiyalarini o'z ichiga oladi.
Soat joylashuvini o'zgartirish
Endi siz qulflash ekranidagi soatni o'zingiz istagan joylashtirish uchun yanada ko'proq imkoniyatga egasiz.
Bosh ekran
Asosiy ekranda yorliqlar yarating [6.1.1]
Eng ko'p foydalanadigan fayllaringizga kirishni tezlashtiring. Mening Fayllarim bo'limidagi istalgan faylni tanlang va ushlab turing, so'ngra boshqa qo'lingizdan foydalanib Asosiy ekranga o'ting. Fayl yorlig'ini yaratish uchun uni Asosiy ekranning istalgan qismiga qo'ying.
Soddalashgan belgi matnlari
Tiniq va sodda ko'rinish uchun ilova yorliqlari ostidagi matn endi bir qator bilan chegaralangan. "Galaxy" va "Samsung" so'zlari ayrim ilovalar nomlaridan olib tashlanib, ularni topish uchun oson va qisqa holatga keltirildi.
Ikkita qo'l bilan ko'shirish
Bosh ekrandagi ilova yorliqlari va vidjetlarni bir qo'l bilan ko'chirishni boshlang hamda ikkinchi qo'l bilan ko'chirib o'tish uchun istagan ekraningizni tanlang.
Fon tasvirlari
Maxsus ob-havo effektlari yordamida fonni takomillashtiring [6.1.1]
Embient fon tasviri yaratish uchun tasvirni tanlang hamda uning kun qismi hamda ob-havo sharoitiga qarab o'zgarishidan zavq oling. Agarda sizning mintaqangizda qor yoki yomg'ir yog'ayotgan bo'lsa, siz tasvirda ham shu sharoitlarni ko'rasiz, quyosh botishi va tong otishi ham sizning mahalliy vaqtingizga qarab o'zgaradi.26
Yangi tahrirlash imkoniyatlari
Fon tasvirini o'zingiz istagandek o'rnating. Fon tasviri sifatida foydalanmoqchi bo'lgan tasvirni tanlaganingizdan so'ng siz unga ramka va qo'shimcha effektlarni ham qo'llashingiz mumkin. Agarda fon tasvirida odam yoki hayvon ifodalangan bo'lsa, siz chuqurlik effektini qo'llab, uning fondan ajralib turishini ta'minlashingiz mumkin.
Tezkor kirish paneli
Tugmalarning yangi ko'rinishi
Tezkor kirish panelining yangi ko'rinishi eng ko'p foydalaniladigan funksiyalarni ishga tushirishni osonlashtiradi. Wi-Fi va Bluetooth endilikda ekranning yuqori qismida o'zining maxsus tugmalariga ega, qorong'u rejim va ko'zlarni himoyalash kabi vizual funksiyalar esa ekranning quyi qismiga tushirildi. Tezkor sozlamalarning qolgan tugmalari esa markazdagi sozlanadigan sohada joylashadi.
Tezkor kirishning to'liq panelini bir onda oching
Odatiy sozamalarda, siz ekranning yuqorisidan pastga svayp qilganingizda ixcham ko'rinishdagi tezkor kirish paneli va bildirishnomalar paydo bo'ladi. Qayta svayp esa bildirishnomalarni berkitib, kengaytirilgan tezkor kirish panelini ko'rsatadi. Agarda siz tezkor sozlamalarga bir onda kirishni yoqsangiz, siz kengaytirilgan tezkor kirish panelini bir marta ekran yuqorisining o'ng tomonidan svayp qilish orqali ko'rishingiz mumkin bo'ladi. Chap tomondan esa bildirishnomalaringizni ochishingiz mumkin bo'ladi.
Yorqinlik sozlamalariga tezkor kirish
Yorqinlikni sozlash endi odatiy tarzda ixcham ko'rinishdagi tezkor kirish panelida joylashadi va yorqinlik tez va oson sozlashingiz uchun ekran yuqorisidan bir marta svayp qilishingiz kifoya.
Albom muqovasining yangi ko'rinishi
Agarda musiqa yoki videoni ijro etayotgan pleyer albom muqovasini taqdim etgan bo'lsa, uning tasviri bildirishnomalar panelidagi medikontrollerda musiqa yoki video ijro etilganda to'liq namoyish etiladi.
Yangi ko'rinishdagi bildirishnomalar
Alohida bildirishnomalarni ajratib olish osonligi uchun endilikda har bir bildirishnoma alohida kartochka sifatida namoyish etiladi. Bildirishnomalar yorliqlari bo'lsa Asosiy va Ilovalar ekranidagi ilovalar yorliqlari kabi ko'rinishga ega bo'lib, bu bildirishnoma qaysi ilovaga tegishli ekanligini oson bilib olish imkonini beradi.
Yorqinroq bildirishnoma belgilari
Asosiy va ilovalar ekranlarida har bir ilova uchun ishlatiladigan bir xil toʻliq rangli piktogrammalardan foydalanishingiz mumkin. Buni sozlamalarda yoqishingiz mumkin.
Bildirishnomalarni vaqti bo'yicha tartiblash
Endi siz bildirishnomalaringiz sozlamalarini vaqt bo'yicha tartiblashga o'zgartirib, yangi bildirishnomalaringiz muhimlik darajasidan qat'iy nazar doimo eng yuqorida bo'lishini ta'minlashingiz mumkin.
Ko'pvazifalilik
Takomillashtirilgan multi oynada ishlash tajribasi[6.1.1]
Tasvirdagi tasvir va bo'lingan ekran rejimlari orasida almashish yanada oson. Tasvirdagi tasvir rejimida ijro etilayotgan video ustiga bosing va ushlab turing, so'ngra uni ijro etilishini istagan ekran qismiga ko'chiring.
Ikkiga ajratilgan ekran rejimida ko'rishdagi klaviatura tezkor tugmalari
Ilovani bir zumda ekranning bir qismiga o'tkazish imkonini beradi. Agarda siz odatiy klaviaturadan foydalansangiz, Cmd + Ctrl + o'ng yoki chap yo'nalish tugmasini bosing. 27, 28
Barcha minimallashtirilgan ilovalarni bir vaqtda oching
Agarda sizda bittadan ko'p qalqib chiquvchi oyna minimallashtirilgan bo'lsa siz yangi tugma yordamida barcha minimallashtirilgan ilovalarni bir vaqtda qaytadan ochishingiz mumkin.
Qalqib chiquvchi oynalarni ochiq holda saqlang
Eng So'nggilar oynasiga o'tganda qalqib chiquvchi oynalarni berkinish o'rniga endilikda ular Eng So'nggilar oynasini tark etganingizda ham ochiq holda bo'ladi va siz o'z ishingizni davom ettirishingiz mumkin bo'ladi.
Kamera
Qo'l kamerasi rejimida masshtablashtirishni oson boshqaring[6.1.1]
Yuqori aniqlikda tasvirga oling. Telefoningizni Flex rejimida oching va uni video kamera kabi ushlang. Bu kabi usulda video tasvirga olganingizda siz slayder yordamida masshtablashtirish darajasini aniqroq sozlashingiz mumkin. 10
Sodda va tushunarli dizayn
Kamera ilovasining umumiy tashqi ko'rinishi soddalashtirildi. Ekranning yuqori qismidagi tezkor sozlamalar tugmalari tushunish osonligi uchun qayta ishlab chiqildi.
Kamera vidjetlarini sozlash
Siz kameraning foydalanuvchi vidjetlarini asosiy ekraningizga joylashtirishingiz mumkin. Siz har bir vidjetni tegishli suratga olish rejimida ishga tushishini sozlashingiz va suratlarni o'zingiz tanlagan albomlarda saqlashingiz mumkin.
Yashirin belgilarni tekislashning qo'shimcha parametrlari
Endi siz yashirin belgi suraning yuqori yoki quyi qismida joylashishini tanlashingiz mumkin.
Aniqlik sozlamalarini tezkor ishga tushiring
Aniqlik tugmasi ekranning yuqori qismidagi tezkor sozlamalarida Photo va Pro rejimlarida amal qilib, siz tasvirga olayotgan suratlaringiz aniqligini tezda o'zgartirishingiz mumkin.
Kengaytirilgan video o'lchamlari tanlovi
Endilikda "Video o'lchami" tugmasi bosilganda barcha parametrlarni ko'rish va kerakligini tanlash uchun qalqib chiquvchi oyna paydo bo'ladi.
Suratlaringizni bir darajada ushlang
Agarda kamera sozlamalarida to'r chiziqlari yoqilgan bo'lsa, u holda asosiy kameradan foydalanishda panorama rejimdan tashqari barcha rejimlarda ekran markazida daraja chizig'i namoyish etiladi. Sil olayotgan surat yer bilan bir darajada joylashganligini tekshirish uchun chiziq joyini o'zgartiradi.
Sifatni optimallashtirish
Siz o'zingiz olayotgan tasvirlar uchun sifatni optimallashtirishning 3 ta darajasidan birini tanlashingiz mumkin. Eng yuqori sifatdagi tasvirlarni olish uchun Maksimumni tanlang. Imkon qadar tezkor tasvirlar olish uchun minimumni tanlang. Tezlik va sifat o'rtasidagi balansga ega bo'lish uchun Mediumni tanlang.
Video uchun soniyadagi kadrlarni avtomatik sozlashning yangi parametrlari
Soniyada kadrlar chastotasini avtomatik oshirish funksiyasi sizga past yorug'lik sharoitida yorqinroq videolarni tasvirga olishga yordam beradi. Endilikda avtomatik FPS 3 ta tanlovda mavjud. Siz uni o'chirib qo'yishingiz, faqatgina soniyasiga 30 kadr chastotali ayrim videolar uchun foydalanishingiz yoki soniyasiga ham 30 ham 60 kadr chastotali videolar uchun ham foydalanishingiz mumkin.29
Effektlardan yanada osonroq foydalaning.
Yuz filtrlari va effektlaridan foydalanish uchun izlash shkalasi o'rniga endi diskdan foydalanib, bir qo'l bilan aniq sozlamalarni amalaga oshirishni soddalashtiradi.
Kameralarni almashtirish uchun yuqoriga/pastga svayp funksiyasyini yoqing
Old va orqa kamerani almashtirish uchun yuqoriga va pastga svayp qilish funksiyasidan foydalanish sizga bog'liq. Agarda siz keraksiz svayplardan xavotirlanayotgan bo'lsangiz, uni sozlamalarda o'chirishingiz mumkin.
Hujjatlarni skanerlash yanada oson
Hujjatlarni skanerlash imkoniyati endi Scene Optimizer funksiyasidan ajratildi va siz Scene Optimizer o'chirilgan holatida ham hujjatlarni skanerlashingiz mumkin. Yangi hujjatlarni avtomatik skanerlash funksiyasi bilan siz endi har safar hujjatlarni suratga olganingizda u avtomatik tarzda skanerlanadi. Hujjat skanerlangandan so'ng siz tahrirlash oynasiga o'tasiz va hujjatni o'zingizga mos tarzda burishingiz mumkin bo'ladi.
Galereya
Qiziqarli animatsiya va GIF fayllar yarating [6.1.1]
Harakatli suratdagi istalgan obyekt ustiga bosib va ushlab turib, uni ajratib oling hamda uni animatsiyali stiker yoki GIF faylga aylantirib, do'stlaringiz bilan ulashing.13
O'zingizga kerakli obyektni ajratib oling [6.1.1]
Istalgan suratdagi odam yoki obyekt ustiga bosib turib uni ajratib oling. Endi siz bir nechta obyektni bir vaqtning o'zida ham ajratib olishingiz mumkin. Ajratib olgandan so'ng siz ushbu obyektni osonlik bilan stikerga aylantirishingiz yoki boshqa suratga ko'chirishingiz ham mumkin.30
Ortiqcha harakatlarsiz suratlaringiz sifatini oshiring
Tasvirlaringizni tomosha qila turib, ekranning quyi qismidan yuqoriga svayp qiling yoki "i" tugmasini bosib, sun'iy intellekt yordamida video va suratlaringiz sifatini oshirish bo'yicha tavsiyalarga ega bo'ling. Siz uchun yulduzlar yo'li, uzun ekspozitsiya, bo'yash va ko'plab boshqa effektlar qo'shish imkoniyatlari mavjud.
Ikkita qo'l bilan ko'chirish
Surat va videolarni bir qo'l bilan bosing va ushlab turing, ikkinchi qo'lingiz bilan esa ularni ko'chirib o'tishni istagan albomingizni tanlang.
Birinchi suratni ikkinchisiga ko'chirib o'ting
O'z tasviringizga yetishmayotgan elementni qo'shing. Buning uchun suratdagi obyektni tanlang va uni ko'chirishni istayotgan suratingizga o'tib, "Qo'shimcha parametrlar" menyusida "Almashish buferidan ko'chirish" amalini tanlang.
Kesilgan suratlarni stiker sifatida saqlang
Suratlardagi biror qismni kesib olganingizda siz uni stiker sifatida saqlab qo'yib, ulardan foto va video tahrirlashda yana foydalanishingiz mumkin.
Osonlik bilan shaxsiy stikerlar yarating
Shaxsiy stikerlar yaratish endi har doimgidan-da osonroq. Suratni kesib olganingizdan so'ng siz uni tezda stikerga aylantirishingiz hamda kontur, kesim, vintaj va multfilm kabi uslublarni qo'llashingiz mumkin.
Suratlarni yanada aniqroq kesib olish
O'zingizga aynan kerak bo'lgan surat qismini ortiqcha fragmentlarsiz belgilan oling. Suratni kesib olganda eng aniq natija olish uchun siz uni saqlashdan oldin tahrirlash imkoniyatiga egasiz.
Galereyada takomillashtirilgan qidirish imkoniyati
Qidirish oynasi foydalanish qulayligi uchun qayta ishlandi. Endi natijalar odamlar, joylar, albomlar va hikoyalar kabi toifalarga ajratilgan.
Kengaytirilgan hikoyalarni ko'rish imkoniyati
Hikoya tomosha qilish paytida ekran bo'ylab barmog'ingizni yuqoriga yurg'azganingizda hikoya yorliqlar'i paydo bo'ladi. Hikoyalar belgilarini ko'rish rejimida siz hikoyalaringizdagi surat va videolarni qo'shishingiz yoki o'chirishingiz mumkin.
Fototahrirlash
Yangilangan tashqi ko'rinish
Yangi Uskunalar menyusi sizga zarur tahrirlash uskunalarini izlashni osonlashtiradi. Tekislash va Perspektiva sozlamalari Transformatsiya menyusida birlashtirildi.
Bezaklarni saqlagandan so'ng tahrirlang
Endi siz suratga qo'shgan tasvirlar, yorliq va matnlarni saqlaganingizdan so'ng ham o'zgartirishingiz mumkin.
Bekor qilish va Qaytarish
Xato qilishingiz mumkinligidan aslo xavotirlanmang. Endilikda siz o'zgarishlar, filtr va tuslarni bekor qilishingiz va qaytarishingiz mumkin.
Foydalanuvchi yorliqlariga chizing.
Foydalanuvchi yorliqlarini yaratayotganda endi siz chizish uskunalaridan foydalanishingiz hamda ularni yanada betakror va o'zingizga mos tarzda ishlashingiz mumkin.
Yangi matnli fonlar va uslublar
Fotosuratga matn qo'shayotganingizda siz bir nechta fon va uslublardan birini tanlab mukammal ko'rinishidagi tasvirni yaratishingiz mumkin.
Studio (Video tahrirlash ilovasi)
Video tahrirlash uchun qudratli imkoniyat
Studio — bu loyiha asosidagi video tahrirlash ilovasi bo'lib, uning yordamida yanada qudratli va ko'proq imkoniyatli tahrirlashni amalga oshirishingiz mumkin. Siz Studio imkoniyatlaridan foydalanish uchun uni Galereya ilovasidagi qo'shimcha menyuda topishingiz yoki tezkor foydalanish uchun asosiy ekranga yorliqni joylashtirishingiz mumkin.
Vaqt jadvali tartibi
Studio (Video muharriri) butun loyihangizni bir nechta videokliplar bilan vaqt jadvali sifatida ko'rish imkonini beradi. Ko'p qatlamli struktura sizga kliplar, stikerlar, subtitrlar va boshqa ob'ektlarni qo'shish va ularning joylashuvi va uzunligini osongina sozlash imkonini beradi.
Ijro etish tezligini o'zgartiring
Videoni Galereyada tahrirlayotganda endi yanada ko'proq videolar ijro etish tezligini o'zgartirish funksiyasini qo'llab-quvvatlaydi. Siz o'z videoingizda o'zingiz tanlagan bir qismni yoki uni to'liqligicha ijro etish tezligini tezlashtirishingiz yoki sekinlashtirishingiz mumkin.31
Loyihalarni saqlash va tahrirlash
Tugallanmagan kino loyihalarini keyinroq tahrirlashni davom ettirish uchun ham saqlashingiz mumkin.
Videoni bir nechta qurilmalarda tahrirlang
Endi siz tahrirlashni o'z telefoningizda, planshetingizda yoki shaxsiy kompyuteringizda davom ettirishingiz mumkin. O'z Studio loyihalaringizni boshqa Samsung Galaxy qurilmalarida ochish mumkin bo'lgan faylga eksport qiling.32
Video Pleyer
Videolarni tezda ko'rib chiqing[6.1.1]
Videopleyer ilovasidagi video boshqaruvi bo'yicha yangi elementlar bilan vaqtingizni tejang. 5 sekund oldinga o'tish uchun ekran o'ng tomonini ikki marta bosing. 5 sekund ortga qaytish uchun esa ikki marta chap tomonni bosish kifoya.
Takomillashtirilgan tashqi ko'rinish
Video pleyerni boshqarish endi har doimgidan-da osonroq. O'xshash funksiyali tugmalar bir guruhga birlashtirilib, ijro etish tugmasi esa ekran markaziga ko'chirildi.
Takomillashtirilgan ijro tezligini boshqarish
0,25x dan 2,0x gacha diapazondagi video ijrosi tezliklari orasidan birini tanlang. Endilikda tezlikni boshqarish elementrlaridan foydalanish maxsus tugmalar bilan yanada osonroq.
Quick Share
Ko'proq qurilmalar bilan ulashing
Quick Share funksiyasi Google Nearby Share bilan birgalikda. Samsung Galaxy qurilmalari bilan bir qatorda siz boshqa Android qurilmalari bilan internetga ulanmagan holda ham ulashishingiz mumkin.33, 34
Samsung Find
Qurilmalaringiz joylashuvini aniqlang
Yangi Samsung Find ilovasi xaritada sizning barcha Samsung Galaxy qurilmalaringiz joylashuvini ko'rish imkonini beradi. Agarda siz qurilmangizni yo'qotsangiz, qurilmangizni topish va ma'lumotlaringizni himoya qilish uchun qo'shimcha funksiyalar ham mavjud.35, 36
Share your location with others
You can share your location with family, friends, or anyone that you trust. Share for a limited time or all the time. You're always in control of who can see your location.34
Samsung DeX
Planshetlar uchun yangi Dex
Yangi Samsung DeX bilan siz matnli rejim va planshet rejimi o'rtasida asosiy ekranning bir xil joylashuvi bilan o'zgartirish imkoniyatini beradi. Sizning barcha odatiy ilovalaringiz, vidjetlaringiz va yorliqlaringiz DeX da mavjud. Agarda sizning planshetingizda avtomatik ekranni aylantirish yoqilgan bo'lsa siz DeX dan ham albom, ham portret holatlarda foydalanishingiz mumkin.37
WIndows bilan aloqa
Endi planshetlar uchun
Planshetingizni Windows tizimli kompyuterga ulang hamda kompyuterda bildirishnomalarni tekshiring va planshet ilovalaridan foydalaning, qurilmalar o'rtasida fayllarni ulashing va ko'plab boshqa vazifalarni bajaring.37
Samsung klaviaturasi
Klaviaturadan berkitmasdan ovozli boshqaruv
Klaviatura endi ovozli kiritish usuli faolligida ham namoyish etiladi va siz zarur holatda matnli kiritish usuliga yana qaytishingiz mumkin bo'ladi. Ekranning quyi qismida mikrofon tugmasini bosib, istalgan vaqtda klaviaturadan foydalanganda ovozli kiritishdan ham foydalanish uchun.
Yangi emodzi dizayni
Xabarlar, ijtimoiy tarmoqlardagi postlar va telefoningizdagi boshqa joylarda foydalaniladigan emodzilar yangi dizayn bilan taqdim etilmoqda.
Kontent ulashish
Tasvirlarni oldindan ko'rish
Istalgan ilovangiz orqali fotolaringizni ulashayotganingizda oldindan ko'rish imkoniyati ulashish panelining yuqori qismida paydo bo'ladi va siz fayllaringizni ulashishdan avval ularni yana bir bor ko'rib chiqish imkoniyatiga ega bo'lasiz.
Ob-havo
Tezkor ob-havo ma'lumotlariga ega bo'ling[6.1.1]
Tezkor ob-havo o'zgarishlariga tayyor turing. Sizda eng yangi ob-havo ma'lumotlari bo'lishi uchun ob-havo ma'lumotlari soatiga kamida bir marotaba yangilanadi.34
Ob-havo vidjetida ko'proq ma'lumot
Ob-havo vidjeti sizga mintaqangizdagi kutilayotgan kuchli chaqmoq, qor yoki boshqa yog'inlar haqida xabar beradi.34
Qo'shimcha ma'lumot
Qor yog'ishi, oy vaqti va fazalari, atmosfera bosimi, ko'rinish masofasi, shabnam nuqtasi va shamol yo'nalishi haqidagi ma'lumotlar endi Ob-havo ilovasida mavjud.34
Xaritada mahalliy ob-havoni osonlik bilan bilib oling
Xaritada barmog'ingizni yuritib kerakli manzilni bosib, mahalliy ob-havo ma'lumotlarini bilib oling. Siz shahar nomini bilmasangiz ham xarita sizga kerakli hududdagi ob-havo sharoitini bilish imkoniyatini beradi.34
Takomillashtirilgan tasvirlar
Joriy ob-havo haqida yanada sifatli ma'lumotlarni taqdim etish uchun ob-havo vidjetidagi illyustratsiyalar takomillashtirildi. Fon ranglari ham kun qismiga qaarab o'zgaradi.
Samsung Health
Yangi g'oyalarni izlang va motivatsiyangizni saqlang [6.1.1]
Butun sog'lomlashtirish jarayoni davomida Samsung Health ilovasidan salomatlik borasidagi yangi tavsiyalardan ilhomlaning. Salomatlik tavsiyalari sizning salomatlik borasidagi maqsadlaringizga erishishingizda qo'l keluvchi qimmatli maslahat va tavsiyalarga ega.39
Energiya darajasini kuzatib boring [6.1.1]
Yangi Samsung Health energiya ko'rsatkichi sizning uyqu va jismoniy faollik ko'rsatkichlaringiz asosida jismoniy va ruhiy salomatlik holatingizni ko'rsatadi. Agarda sizning energiya ko'rsatkichingiz past bo'lsa, sizning dam olishingiz maqsadga muvofiq. Agarda, energiya ko'rsatkichingiz yuqori bo'lsa, balki sevimli mashg'ulotingizda shaxsiy rekordni yangilash vaqti ham kelgandir. Sizni to'g'ri yo'lda bo'lishingiz uchun Galaxy AI sizga shaxsiy ma'lumotlar va motivatsiya taqdim etadi. 39, 40, 41
Uyqu borasida yanada izchil tahlilga ega bo'ling [6.1.1]
Yangilangan uyqu ma'lumotlari siznin uyqu sifatingiz borasida batafsil va yanada aniq tahlil olish imkoniyatini beradi. Endi sizning uyqu haqidagi ma'lumotlaringizga yurak urishi, nafas olish tezligi va yotgandan so'ng uxlash uchun talab etiladigan vaqt ham qo'shildi. 39, 40, 42
O'z mashg'ulotlaringiz jadvalini yarating [6.1.1]
O'z individual mashg'ulot tartibingizni yaratish uchun turli mashqlarni birlashtiring. Endi siz mashqlar soni, qaytarishlar, vaqti va boshqalar bo'yicha maqsadlarni belgilab olishingiz mumkin. Siz mashqni bajarishni boshlaganingizdan so'ng, tegishli maqsad erishilganda soatingiz avtomatik tarzda keyingi mashqqa o'tadi. Shuningdek, mashqlar orasida dam olish uchun vaqtlarni ham belgilashingiz mumkin. Yakunlagandan so'ng butun mashg'ulot borasidagi natijalaringizni bir joyda ko'rib chiqishingiz mumkin.39
Siklli quvvat o'lchas uskunasini ulang[6.1.1]
Velosipeddagi mashg'ulotlaringiz to'g'risida yanada ko'proq foydali ma'lumotlarga ega bo'ling. Samsung Health endilikda velosipedga ulangan quvvat o'lchash uskunasini qo'llab-quvvatlaydi. Quvvatni o'lchash uskunasi sizning Funksional Quvvat Chegara (FTP) qiymatingizni aniqlab, mashg'ulot jarayonini yanada aniqroq tushunish imkoniyatini yaratadi.39, 43
Yangi ko'rinishdagi Bosh ekran
Samsung Health Bosh ekrani to'liq yangilandi. Yanada ko'proq ma'lumot namoyish etiladi, sizga eng zarur ma'lumot esa qalin shrift va ranglar yordamida ko'rishni yengillashtiradi. Ekranning yuqori qismida sizning so'nggi mashg'ulotlaringiz natijalari, sizning uyquingiz borasidagi qo'shimcha ma'lumot hamda qadamlar, faollik, suv va ovqatlanish bo'yicha kundalik maqsadlaringiz namoyish etiladi.
Takomillashtirilgan mashg'ulotlar tajribasi
Avvalgi yugurish vaqtingizni zabt etish uchun o'z natijalaringizdan o'zishni maqsad qiling. Shuningdek, siz mashg'ulotlarni yakunlagandan so'ng bajarish vaqtini qisqartirib, boshlanishi va so'ngidagi keraksiz vaqtni olib tashlashingiz mumkin.39
Kundalik faollik ko'rsatkichlari uchun yanada ko'proq imkoniyatlar
Kundalik faollik ko'tsatkichlarini belgilash uchun sizda endi yanada ko'proq imkoniyatlar mavjud. Bosilgan qadamlar soni ko'rsatkichi sizga mos kelmasa, siz ko'tarilgan qavatlar yoki umumiy faollik vaqtini maqsad sifatida belgilashingiz mumkin.39
Takomillashtirilgan sikl nazorati
O'z jismoniy belgilaringiz va kayfiyatingiz haqidagi ma'lumotlarni kiritganingizdan so'ng ekranning yuqori qismida siz avval ko'p foydalangan parametrlar aks ettiriladi. Endi odatiy parametrlar sizning kayfiyatingizga mos kelmasa siz o'zingizga mos kayfiyatni ham sozlashingiz mumkin. 39
Individual o'lchamdagi suv stakanlari
Endi siz Samsung Health Water tracker funksiyasida stakan o'lchamlarini odatda foydalanadigan stakan o'lchamlariga moslashingiz mumkin.
Taqvim
Kun tartibingizga urg'u bering [6.1.1]
Taqvimdagi muhim sanalarni oson va qulay belgilang. Taqvimda oy ko'rinishida muhim sanalarni belgilash uchun S Pen yordamida chiziqli markerdan foydalaning. Endi siz boshqa belgilarni o'chirmasdan faqatgina belgilangan bo'limlarnigina o'chirishingiz mumkin.44
Taqvimni foydalanuvchiga moslashtirish uchun qo'shimcha stikerlar
Endi siz o'z Taqvimingizdagi har bir sanaga 2 tagacha stiker biriktirishingiz mumkin. Hodisalar uchun stikerlar oy ko'rinishida hodisa yonida ifodalanadi.
Yangilangan Taqvim sozlamalari
Taqvim yanada intuitiv darajada tushunarli bo'lishi uchun uning sozlamalari takomillashtirildi. Shuningdek, to'liq ekranli Taqvim bildirishnomalari uchun fon tasviri va rangini ham sozlashingiz mumkin.
Sizning kun tartibingiz bir qarashda ayon
Yangi kun tartibi ko'rinishi sizning barcha kelayotgan voqealaringiz, vazifa va eslatmalaringizni vaqti bo'yicha ketma-ketlikda ifoda etadi.
Taqvimdagi eslatmalar
Endi siz Eslatmalar ilovasini ochmasdan ham Taqvim ilovasida eslatmalarni qo'shishingiz hamda ko'rib chiqishingiz mumkin.
Voqealarni ikki qo'lda siljiting
Kunlik yoki Haftalik ko'rinishda o'zingiz istagan voqeani bir qo'l bilan bosing va ushlab turing, ikkinchi qo'lingiz bilan esa ko'chirishni istagan kuningizga o'ting.
Eslatma
Yangilangan eslatmalar ro'yxatini ko'rish imkoniyati
Ro'yxatning asosiy ko'rinishi yangilandi. Siz ekran yuqorisidagi toifalarni boshqarishingiz mumkin. Toifalar ostida sana bo'yicha tartibdagi eslatmalaringiz ko'rsatiladi. Bundan tashqari, tasvir va veb havolali eslatmalarning ko'rinishi ham yangilandi.
Eslatmalar ogohlantirishlarini sozlang
Har bir eslatmangiz uchun mos fon tasviri yarating. Endi siz to'liq ekranli eslatmalar uchun fon tasvirlari yoki ranglarini ham sozlashingiz mumkin.
Eslatmalar toifasi bilan ko'proq amallar bajaring
Endi siz har bir eslatmalar toifasi uchun mos yorliqni tanlashingiz mumkin. Shuningdek, ko'p foydalanadigan toifalaringizni ro'yxat boshiga biriktirib qo'yishingiz mumkin.
Yangi toifadagi eslatmalar
"Joy" toifasida siz ma'lum joyga kelganingizda sizni odohlantiruvchi eslatmalar mavjud, "Ogohlantirishsiz" toiasida esa hech qanday ogohlantirish berilmaydi.
Eslatmalar yaratish uchun qo'shimcha imkoniyatlar
Eslatmalar ilovasidagi kontentni ulashganingizda sizning eslatmangiz yaratilishidan oldin barcha tahrirlash imkoniyatlariga ega bo'lasiz. Shuningdek, eslatma yaratish vaqtida kamera yordamida surat ham olishingiz mumkin.
Butun kun uchun eslatmalar
Endi siz butun kun uchun eslatmalarni yaratishingiz hamda ular xaqidagi bildirishnomani qaysi vaqtda olishingizni sozlashingiz mumkin.
Samsung Internet
Parolli kalitlar yordamidagi tezkor va xavfsiz kirish
Murakkab parollarni yodda saqlash o'rniga veb sahifalarda parolli kalitlar yordamida osonlik bilan kirishingiz mumkin. Biometrik autentifilatsiyani qo'llab-quvvatlaydigan veb sahifalarga kirish uchun parolli kalitlardan foydalaning.
Yorliqlar guruhini boshqa qurilmalarda sinxronizatsiya qiling
Qaysi qurilmadan foydalanishingizdan qat'iy nazar brauzerda qayerda qolgan joyingizdan davom ettiring. Samsung Internet brauzerida yaratgan yorliqlar guruhingiz endi hisob qaydnomangizga ulangan boshqa Samsung Galaxy qurilmalaringizda ham aks ettiriladi.
Video fon rejimida ijro etiladi
Internet ilovasi yoki amaldagi sahifadan chiqqaningizda ham video tovushi ijro etishda davom etadi.
Katta ekranlar uchun kengaytirilgan sahifa yorliqlari ro'yxati.
Samsung DeX yoki albom ko'rinishdagi planshetdagi kabi katta ekrandagi Internet ilovasidan foydalanganingizda ekranda ko'proq ma'lumot ko'ra olishingiz uchun sahifa yorliqlari ro'yxati ikkita ustunda ifoda etiladi.
Brauzer xatcho'plari va yorliqlarini ikki qo'lda ko'chiring
Ko'chirishni istagan xatcho'p yoki yorlig'ingiz ustiga bir qo'l bilan bosing va ushlab turing, ikkinchisi bilan esa ko'chirib o'tishni istagan xatcho'plar papkasi yoki yorliqlar guruhiga o'ting.
Samsung Cloud
Takomillashtirilgan ma'lumotlar himoyasi
Ma'lumotlaringiz yo'qotilganda ham ulardan sizdan boshqa hech kim foydalana olmasligiga ishonchingiz komil bo'lishi mumkin. Buning uchun Samsun Cloud orqali sinxronizatsiya qilingan ma'lumotlar uchun to'g'ridan-to'g'ri shifrlashni yoqishingiz mumkin.
Aqlli tanlov
Mahkamlangan kontent o'lchamini o'zgartiring yoki matnni ajratib oling
Tasvirni ekranda mahkamlab qo'yganingizda ham uning o'lchamini o'zgartirishingiz yoki undagi matnni ajratib olishingiz mumkin.
Kattalashtirilgan ko'rinish
Ekranning bir qismini belgilaganingizda, siz tanlovni mukammal tarzda boshlashingiz va yakunlay olishingiz uchun kattalashtirilgan ko'rinish paydo bo'ladi.
Text call
Qo'ng'iroq paytida Text call o'ting
Siz istalgan vaqtda matnli qo‘ng‘iroqiga o‘tishingiz mumkin, hatto qo‘ng‘iroq allaqachon davom etayotgan bo‘lsa ham.6, 28
Rejim va protseduralar
Soatingizni rejimlar va protseduralar yordamida avtomatlashtiring[6.1.1]
Uyqu, mashg'ulot va film tomoshasi kabi smartfoningizda sozlangan rejimlar endi siz qayerdaligingiz va nima bilan bandligingizga qarab soatingizning ko'pgina sozlamalarini ham boshqarishi mumkin. Siferblat va Bezovta qilmaslik rejimlari bilan bir qatorda endi siz Doimo displeyda, Uyg'otish uchun qo'lni ko'tarish, Uyg'otish uchun ekranga tegish, Uyg'otish uchun bezelni burish, Tovushli rejim va O'chirish haqida bildirishnoma kabi rejimlarni ham sozlay olasiz. Soat bilan ushbu amallarni bajarishda, shuningdek, protseduralardan ham foydalanishingiz mumkin.
Xabarlarni filtrlashning ko'proq imkoniyatlari[6.1.1]
Xabarlarni qabul qilishda ishga tushadigan protseduralarni yaratish davomida siz boshqaruvni yanada izchil sozlashingiz mumkin. Endi siz bir nechta kalit so'zlarni qo'shib, xabar yoki bildirishnoma kalit so'zlarning barchasiga ega bo'lganda yoki kamida bitta kalit so'zga ega bo'lganda ochilishini sozlashingiz mumkin.
Asosiy ekranda rejimlarni yoqish va o'chirish
Rejimlarni yoqish yoki o'chirish uchun yanada kamroq vaqt sarflang. Yangi rejimlar vidjeti yordamida rejimlarni bevosita asosiy ekranga qo'shishingiz mumkin.
Rejimlar tartibini o'zgartiring
Endi siz Rejimlar bo'limida rejimlar tartibini o'zgartirishingiz mumkin.
Sizning rejimingizga mos noyob qulflash ekrani
Mashina haydash, ishlash, mashg'ulotlar va boshqa ko'plab faoliyatlar uchun turli qulflash ekranlarini sozlang va mos fon tasvirlari va soat uslublarini tanlang. Uyqu rejimi uchun qorong'u fonlar yoki dam olish uchun sokin fonlarni tanlang. Ma'lum rejim uchun qulflash ekranini tahrirlaganingizda siz ushbu fon tasvirini rejim faol bo'lgan hamma vaqtda ko'rishingiz mumkin bo'ladi.
Protseduralar uchun yangi shartlar
Endi siz ilovangizda multimedia fayllari ijro etilganda, siz tanlagan budilnik chalinganda yoki Smart View yoqilganda yoki o'chirilganda protseduralarni ishga tushirishingiz mumkin.
Yangi amallar
Endi sizning protseduralaringiz har doimgidan ko'proq amallarni bajarishi mumkin. Misol uchun Samsun klaviaturasi sozlamalarini o'zgartira oladi.
Aqlli takliflar
Yangi tashqi ko'rinish va yangi hissiyotlar
Smart suggestions vidjeti sizning asosiy oynangizdagi boshqa yorliqlar bilan yanada ko'proq uyg'unlik yaratishi uchun yangi ko'rinishda ishlab chiqildi.
Sozlash uchun ko'proq imkoniyatlar
Endi siz shaffoflikni sozlashingiz hamda oq va qora fon o'rtasida tanlashingiz mumkin. Shuningdek siz ilovalarni takliflar ro'yxatidan chiqarilishini ham sozlashingiz mumkin.
Topuvchi
Google yordamida qidirish bo'yicha tavsiyalar
Finder yordamida ma'lumotlarni izlaganingizda endi siz Google yordamida qidirish borasidagi tavsiyalarga ham ega bo'lasiz.
Ilovalar uchun tezkor amallar
Ilova izlash natijalarida chiqqanida, siz ilova ustiga bosib va ushlab turish orqali ilova yordamida amalga oshirishingiz mumkin bo'lgan amallarni tezkor ishga tushirish imkoniyatiga ega bo'lasiz. Misol uchun, Taqvim ilovasida izlashni amalga oshirsangiz tadbirlarni qo'shish yoki taqvimingizda izlash tugmalari paydo bo'ladi. Agarda siz ilova nomi emas, amal nomi bilan izlasangiz, ilova amallari ham izlash natijalarida mustaqil ravishda ko'rsatiladi.
Mening Fayllarim
Fayllarni ko'chirish va ko'chirib o'tish osonlashtirildi [6.1.1]
Endi Mening Fayllarim bo'limida fayllarni ko'chirish yoki ko'chirib o'tish davomida kerakli papkani topish yanada osonroq. Endi siz kerakli papkani qalqib chiquvchi oynadan tanlashingiz va jarayon yakunlangandan so'ng kerakli joyga oson qaytishingiz mumkin bo'ladi.
Tasvir belgilarini yaxshilangan namoyishi [6.1.1]
Tasvirlarni ochishdan oldin ularning qanday ekanligini bilib oling. Endilikda Mening Fayllarim bo'limidagi tasvir va videolarning belgilari boshlang'ich tomonlar nisbatida aks ettiriladi.
Saqlash uchun joy bo'shating
Xotirangizda bo'sh joy yaratish bo'yicha tavsiya kartochkalari paydo bo'ladi. Mening fayllarim funksiyasi keraksiz fayllarni o'chirishni taklif qiladi, bulutli xotirani sozlash bo'yicha tavsiyalar beradi, hamda telefoningizdagi qaysi ilovalar ko'proq joydan foydalanayotganini ko'rsatadi.34, 46
Galereya va diktofonli oldindan o'rnatilgan chiqindi qutisi
Mening Fayllarim, Galereya va Diktofon uchun O'chirilgan fayllar bir joyda saqlanadi. Mening Fayllarim bo'limida o'chirilgan fayllar orasida siz tasvirlar, videolar va ovozli yozuvlarni ham bir joyda ko'rasiz hamda ularni qayta tiklashingiz va doimiy o'chirib yuborishingiz ham mumkin.
Ikkita qo'l bilan fayllarni ko'chirish
O'zingiz ko'chirishni istagan faylingiz ustiga bir qo'l bilan bosing va ushlab turing, ikkinchi qo'l bilan esa ko'chirib o'tishni istagan papkangizni tanlang.
Samsung Pass
Kalit yordamida yanada himoyalangan kirish
Qo'llab-quvvatlanadigan ilovalar va veb sahifalarga kirish uchun kalitlardan foydalaning. Parollardan farqli ravishda kalit faqat sizning telefoningizda saqlanadi hamda veb sahifa xavfsizligining buzilishi orqali yo'qotilishi mumkin emas. Kalitlar faqatgina ro'yxatdan o'tgan veb sahifa va ilovalarda ishlaganligi sababli ular sizni fishing zararlaridan ham saqlaydi.
Sozlamalar
Kuchaytirilgan himoya darajasi [6.1.1]
Agarda yanada kuchliroq xavfsizlikka extiyoj sezsangiz, zararli ilova va hujumlardan Samsung Galaxy eng yuqori cheklovlarni o'rnatish uchun Avto Bloklashni sozlashingiz mumkin. Xabarlarda giperhavola hamda avtomatik yuklanadigan ilovalar o'chiriladi, fotosuratlarni ulashganda esa joylashuv ma'lumotlari o'chiriladi va Galereyangizdagi umumiy albomlardan foydalanish cheklanadi.
Kengaytirilgan Yordamchi menyusi[6.1.1]
Endlikda siz tezkor panelni birginga bosish orqali ochishingiz mumkin. Shuningdek, siz jismoniy tugmalarni boshqarish uchun kengroq imkoniyatga egasiz. Yordamchi menyu orqali siz yon tugmani bosib ushlab turishingiz yoki ikki marta bosishingiz mumkin.
Batareyani himoya qilish uchun qo'shimcha usullar
Batareyangiz ishlash davomiyligini uzaytirishga yordam beruvchi 3 ta himoya turidan birini tanlang. Odatiy himoya zaryad darajasini 95% dan 100% oralig'ida saqlaydi. Adaptiv himoya uyqu vaqtida zaryadlashni to'xtatib, bevosita uyg'onish vaqtidan avval yakunlaydi. Maksimal himoyaga erishish uchun zaryadning maksimal darajasini 80% gacha cheklab qo'yishingiz mumkin.
Auracast yordamida ovoz translyatisiya qiling [6.1]
Telefoningizdagi tovushni translyatsiya qilish orqali uni boshqa foydalanuvchilarga ham eshittirishingiz mumkin. Bluetooth LE audioqurilmasiga ega har qanday shaxs sizning translyasiyalaringizni tinglashi mumkin.13
Yanada aqlli parvoz rejimi
Agarda siz parvoz rejimida Wi-Fi yoki Bluetoothni ishga tushirsangiz, sizning telefoningiz buni yodida saqlab qoladi. Keyingi safar parvoz rejimidan foydalaningizda Wi-Fi va Bluetooth ham ishlagan holatda qoladi.
Batareya sozlamalariga osonroq kirish
Batareya sozlamalari endilikda o'zining yuqori darajali sozlamalar menyusiga ega bo'lib, siz osonlik bilan batareya zaryadi darajasini tekshirishingiz va batareya sozlamalarini boshqarishingiz mumkin bo'ladi.
Xavfsizlik tahdidlarini bloklash
Ilovalaringiz va ma'lumotlaringiz uchun qo'shimcha himoya darajasiga ega bo'ling. Avto bloklash funksiyasi notanish ilovalarning o'rnatilishini oldini oladi, zararli dasturlar mavjudligini tekshiradi hamda USB kabel orqali telefoningizga zararli buyruqlar yuborilishini oldini oladi.
Maxsus Imkoniyatlar
Relumino konturi
Maxsus imkoniyatlar sozlamalarida Relumino konturlarini faollashtiring hamda surat va videolardagai obyektlar konturlariga urg'u berish orqali ko'rish muammolari bor shaxslarga ularni farqlashni osonlashtirishingiz mumkin.
Ko'rish qobiliyatini yaxshilashni topish osonroq
Tezroq va qulayroq foydalanish uchun Nutq yordami va Ko‘rinishni yaxshilash menyulari bitta ko‘rishni yaxshilash menyusiga birlashtirildi.
Yangi kattalashtirish imkoniyatlari
Kattalashtirish oynasining ko'rinishini sozlang. Siz to'liq ekranli va qisman ekranli rejimlar yoki ularni almashtirishni ruxsat berish orasidan birini tanlashingiz mumkin.
Kursor qalinligini sozlang
Endi siz matn tahrirlash vaqtida paydo bo'ladigan kursorni yaxshiroq ko'ra olish uchun uning qalinligini sozlashingiz mumkin.
Maxsus imkoniyatlar haqid batafsil bilib oling
Maxsus imkoniyatlarning sozlamalarida Samsung maxsus imkoniyatlari veb sahifasiga havola qo'shilgan bo'lib, u yerda siz maxsus funksiyalar hamda bizning mahsulotlarimizni barcha uchun foydalanish qulayligini ta'minlash borasidagi harakatlarimiz haqida bilib olishingiz mumkin.
Raqamli farovonlik
Yangilangan ko'rinish
Digital Wellbeing asosiy ekrani qayta ishlangan bo'lib, unda sizga kerakli ma'lumotni izlash osonlashdi.
Haftalik xisobotlaringizda ko'proq ma'lumotlar
Sizning haftalik foydalanish xisobotingiz noodatiy foydalanish odatlari, eng ko'p foydalanish vaqti hamda ekrandagi vaqtni bo'linishi haqidagi ma'lumotlarni ham bilish imkoniyatini beradi.
Telefon
Qo'ng'iroqlarga svayp o'rniga sodda bir marta bosish orqali javob bering [6.1.1]
Qo'ng'iroqlarni qabul qilishda barmoq bilan surish qiyinchilik tug'dirsa, u holda javob berish uchun bir marta bosishni sozlashingiz mumkin.
Barcha qo'ng'iroqlaringizni baland tovush rejimida qabul qiling [6.1.1]
Yanada qulay baland tovush rejimidagi qo'ng'iroqlardan zavq oling. Agarda siz qo'ng'iroqlaringizni baland tovush rejimida qabul qilishni xush ko'rsangiz, yangi sozlamalar bilan siz qo'ng'iroqlarni har safar o'zgartirmasdan, odatiy tarzda baland tovush rejimida qabul qilish imkoniyatini beradi.
Video qo'ng'iroq effektlari va mikrofon rejimiga osonroq kirish imkoniyati
Endi qo'ng'iroq vaqtida suhbatdoshlaringiz sizni qanday ko'rishi va eshitishini nazorat qila olishingiz uchun video qo'ng'iroq effektlari va mikrofon rejimi ovozli va video qo'ng'iroqlar vaqtida tezkor panelda namoyish etiladi. Bunda siz fon rangini va tasvirini o'rnatishingiz yoki barcha fondagi shovqinlarni yo'qotib, o'z ovozingizga urg'u berishingiz mumkin.
Kontaktlar
Shaxsiy profil kartasini yarating hamda ulashing [6.1.1]
Boshqa Galaxy foydalanuvchilariga qo'ng'iroq qilganingizda yoki ular sizning kontakt ma'lumotlaringizni ko'rayotganda sizning ismingiz va suratingizni aks ettiruvchi shaxsiy profil kartasini yarating. Shuningdek, kontaktlaringizdagi boshqa shaxslar sizga qo'ng'iroq qilganda aks etishi uchun ularga ham profil kartalarini yaratishingiz mumkin.
Soat
Budilnik qo'ng'irog'ini sozlang
Har bir budilnik qo'ng'irog'i uchun shaxsiy ogohlantirish ekranlarini yaratish uchun tasvir, video va AR emodzilardan foydalaning. Shuningdek, siz budilnik haqidagi ma'lumotning ekrandagi joylashuvini ham o'zgartirishingiz mumkin.
- [6.1.1] 2024-yil 3 choragida chiqarilgan One UI 6.1.1 versiyasiga taalluqli.
- Yuqorid qayd etilgan elementlar ta'riflari avvalgi versiyaga nisbatan joriy versiyaga kiritilgan yangiliklarga asoslanadi.
- Funksiyalar o'zgarishi mumkin.
- Mavjud funksiyalar va/yoki ulardagi kontent qurilma modeli, mamlakat/mintaqa va sotuvchiga qarab farq qilishi mumkin.
- Ayrim funksiyalardan foydalanish uchun Samsung hisob qaydnomasiga kirish talab etilishi mumkin.
- Ayrim funksiyalardan foydalanish uchun tarmoqqa ulanish talab etilishi mumkin.
- Galaxy AI funksiyalari qo'llab-quvvatlanadigan Samsung Galaxy qurilmalarida 2025-yil yakuniga qadar bepul taqdim etiladi. Uchinchi tomonlar taqdim etayotgan AI funskiyalari uchun boshqa shartlar amal qilishi mumkin.
- Samsung kompaniyasi Galaxy AI funksiyalari natijalarining aniqligi, to'liqligi va ishonchliligi borasida hech qanday va'da va kafolatlar bermaydi.
- AI imkoniyatlaridan foydalanish borasidagi yosh chegaralari tufayli ayrim mintaqalarda voyaga yetmaganlar uchun Galaxy AI funksiyalari cheklangan bo'lishi mumkin.
- Galaxy AI xizmatining mavjudligi tilga bog'liq bo'lishi mumkin. Ayrim tillar uchun til to'plamini yuklab olish talab etilishi mumkin.
- Galaxy AI funksiyalari 2024-yil 3-choragidan boshlab Galaxy S24 series, Galaxy S23 series, Galaxy S22 series, Galaxy Z Fold6 | Z Flip6, Galaxy Z Fold5 | Z Flip5, Galaxy Z Fold4 | Z Flip4, Tab S9 | S9 + | S9 Ultra va Tab S8 | S8 + | S8 Ultra modellarida mavjud.
- Chizmani suratga aylantirish funksiyasi yordamida tahrirlanganda aniqligi 12 Mp gacha bo'lgan tasvir hosil bo'ladi. Saqlanganda suratga uning sun'iy intellekt yordamida yaratilganligini bildiruvchi suv belgisi tushiriladi.
- Portrait Studio ilovasida tahrirlash naatijasida surat 9 Mp gacha aniqlikka ega bo'ladi. Saqlanganda suratga uning sun'iy intellekt yordamida yaratilganligini bildiruvchi suv belgisi tushiriladi.
- Mazkur funksiya ma'lum sondagi belgilar kiritilgandagina faollashadi.
- Xizmatning mavjudligi tilga bog'liq bo'lishi mumkin. Ayrim tillar uchun til to'plamini yuklab olish talab etilishi mumkin.
- Qo'ng'iroq xabarlarini qabul qilish uchun Jonli Tarjima funksiyasi tarmoqqa ulanishni talab etadi. Qurilma qo'ng'iroq xabarini qabul qilgandan so'ng u tarjimani tarmoqqa ulanmasdan ham amalga oshirishi mumkin bo'ladi. Jonli Tarjima funksiyasi faqat oldindan o'rnatilgan Samsung Qo'ng'iroqlar hamda bir qancha boshqa ilovalarda mavjud.
- Eslatma Yordamining Xulosalash funksiyasi faqatgina ma'lum chegara sondan oshmagan holda ma'lum sondan kam bo'lmagan belgilar kirilganda faollashadi. Audio fayllarni qayta ishlash uchun ularning davomiyligi 3 soatdan oshmasligi kerak.
- Funksiyani faollashtirish uchun belgilar eng kam soni bo'yicha talablar mavjud bo'lib, shu vaqtning o'zida ularning soni cheklangan.
- Faqat oldindan o'rnatilgan Samsung Diktofon ilovasida mavjud. Audio fayllarni qayta ishlash uchun ularning davomiyligi 3 soatdan oshmasligi kerak.
- 500x500 dan yuqori aniqlik talab etiladi. JPG, HEIC (HEIF), BMP, PNG va WebP formatidagi fayllar qo'llab-quvvatlanadi.
- Galaxy Z Flip5 va Z Flip6 smartfonlarida mavjud.
- Flex rejimida avtomatik zoom orqa kamerada amal qiladi va zoom qo'lda tartibga solinganda o'chiriladi. Past yorug'lik sharoitida u cheklanadi.
- Flex rejimi 75° va 115° orasidagi istalgan burchakda qo'llab-quvvatlanadi.
- 2024-yil 3-chorakdan boshlab Galaxy S24 Series, Galaxy S23 Series, Galaxy Z Fold 6 | Z Flip 6, Galaxy Z Fold 5 | Flip 5 va Tab S9 | S9+ | S9 Ultra modellari uchun amal qiladi.
- Samsung Video Player va Samsung Galereya ilovalari uchun amalda. Ayrim turdagi video fayllar qo'llab-quvvatlanmasligi mumkin.
- Galaxy S24 series, Galaxy S23 series, Galaxy S22 series, Galaxy S21 series, Galaxy Z Fold6 | Z Flip6, Galaxy Z Fold5 | Z Flip5, Galaxy Z Fold4 | Z Flip4, Galaxy Z Fold3 | Z Flip3, Tab S9 | S9+ | S9 Ultra va Tab S8 | S8+ | S8 Ultra modellarida 2024-yil 3 choragidan boshlab amal qiladi.
- Natijalar vizual moslik asosida farq qilishi mumkin.
- Mahsulot funksionalligi ilovangiz va qurilmangiz sozlamalariga bog'liq bo'lishi mumkin.
- Ayrim funksiyalar ma'lum ilovalar bilan mos kelmasligi mumkin.
- Qurilmaga qo'ng'iroqlar haqida xabar kelganidan so'ng internetga ulanmasdan tarjima qilish imkoniyatiga ega. Qo'ng'iroqlar haqida xabarni qabul qilish uchun internetga ulanish talab etiladi. Jonli tarjima funksiyasi faqat oldindan o'rnatilgan Samsung Qo'ng'iroq va ayrim uchinchi tomon ilovalarida mavjud.
- Eslatma Yordamining Xulosalash funksiyasi faqatgina ma'lum chegara sondan oshmagan holda ma'lum sondan kam bo'lmagan belgilar kirilganda faollashadi. Audio fayllarni qayta ishlash uchun ularning davomiyligi 3 soatdan oshmasligi kerak.
- Transkripsiya yordami funksiyasi faqat oldindan o'rnatilgan Samsung Diktofon ilovasida yoki oldindan o'rnatilgan Samsung Qo'ng'iroq, Samsung Notes va Samsung Interpreter ilovalari yordamida yozib olingan fayllar uchun amal qiladi. Audio fayllarni qayta ishlash uchun ularning davomiyligi 3 soatdan oshmasligi kerak. Transkripsiya yordami uchun Xulosalash funksiyasi ma'lum sondagi belgilar kiritilgandagina faollashadi.
- Funksiyani faollashtirish uchun belgilar eng kam soni bo'yicha talablar mavjud bo'lib, shu vaqtning o'zida ularning soni cheklangan.
- Generativ tahrir funksiyasi yordamida tahrirlanganda aniqligi 12 Mp gacha bo'lgan tasvir hosil bo'ladi. Saqlanganda suratga uning sun'iy intellekt yordamida yaratilganligini bildiruvchi suv belgisi tushiriladi.
- Saqlanganda suratga uning sun'iy intellekt yordamida yaratilganligini bildiruvchi suv belgisi tushiriladi.
- AI Zoom funksiyasi raqamli zoom uzunliklari orasidagi masofaga qo'llaniladi.
- Ob-havo sharoitlarini real vaqt davomida ifoda etish mahalliy ob-havo ma'lumotlarining yangilanishiga bog'liq bo'lganligi sababli kechikishi mumkin. Ma'lum bino ichidagi, qorong'u sharoitdagi yoki past sifatli tasvirlar uchun mos kelmasligi mumkin. Ob-havo sharoitlarini real vaqt davomida ifoda etish mahalliy ob-havo ma'lumotlarining yangilanishiga bog'liq bo'lganligi sababli kechikishi mumkin. Ma'lum bino ichidagi, qorong'u sharoitdagi yoki past sifatli tasvirlar uchun mos kelmasligi mumkin. Galaxy S24, Galaxy Z Fold6 | Z Flip6 modellarida 2024-yilning 3-choragidan boshlab amal qiladi.
- 'Cmd tugmasi' Windows tugmasi, Command tugmasi yoki Izlash tugmasi bo'lishi mumkin.
- Ayrim Samsung Galaxy va Z Fold Series qurilmalarida mavjud.
- Galaxy S24 series, Galaxy S23 series, Galaxy Z Fold6 va Galaxy Z Fold5 modellarida mavjud.
- Ayrim turdagi suratlar uchun amal qilmaydi.
- Ayrim turdagi video fayllari qo'llab-quvvatlanmasligi mumkin.
- Ulashilgan kontentdan loyihani import qilish va uni tahrirlash faqat Studio ilovasini qo'llab-quvvatlovchi, One UI 6.1 va undan yangi versiyali qurilmalarda mavjud. Mazkur funksiya faqat oldindan o'rnatilgan Studio ilovasida mavjud bo'lib, uni do'kondan yuklab olish mumkin emas.
- One UI 2.1 va undan yangi versiya hamda Android OS 10 (Q OS) va undan yangi versiyaga ega qurilmalarda mavjud. Qo'llab-quvvatlanadigan qurilmalar qatoriga Galaxy Book, jumladan 2020 va undan keyin ishlab chiqarilgan Qualcomm asosidagi shaxsiy kompyuterlar hamda Intel Bluetooth/Wi-Fi drayveriga ega (Operatsion tizim: Windows 10 2024 va undan yangi versiya, Bluetooth drayveri: Intel 22.50.02 va undan yangi versiya, Wi-Fi drayveri: Intel 22.50.07 va undan yangi versiya) boshqa ishlab chiqaruvchilarning Windows shaxsiy kompyuterlari taalluqli. Quick Share uchun Bluetooth yoki Wi-Fi ulanish talab etiladi. Quick Share bir vaqtning o'zida ulashishi mumkin bo'lgan qurilmalar soni ulashayotgan qurilmaning Wi-Fi chipiga bog'liq tarzda farq qilishi mumkin. Haqiqiy tezlik qurilma, tarmoq holati va foydalanuvchi sharoitiga bog'liq tarzda farq qilishi mumkin.
- Xitoyda qo'llab-quvvatlanmaydi.
- Galaxy S24 Series va undan yangi modellar uchun amal qiladi.
- One UI 2 va undan yangi versiya hamda Android OS 10 (Q OS) va undan yangi versiyali qurilmalar uchun Galaxy Store do'konidan yuklab olish mumkin.
- Galaxy Tab S9 | S9+ | S9 Ultra, Tab S8 | S8+ | S8 Ultra, A9+ va boshqalar kabi ayrim Galaxy Tab modellarida mavjud.
- Windows 11 22H2 Build 22621 va undan yangi versiya, Phone Link v1.22082.111.0 yoki undan yangi versiyadagi dastur, Link To Windows (Samsung qurilmalarida oldindan o'rnatilgan) v1.22082.142.0 va undan yangi versiyadagi ilova talab etiladi.
- Faqat umumiy salomatlik uchun mo'ljallangan.
- Mazkur funksiyadan foydalanish uchun Samsung Galaxy Watch (Galaxy Watch Series 4 va undan yangi modellarda, Galaxy Fit3 bundan mustasno) hamda Samsung Galaxy Ring yordamida kuzatilayotgan ma'lumotlar Samsung Health ilovasi bilan sinxronlangan bo'lishi kerak.
- Kamida bir kun avvalgi jismoniy faollik ma'lumotlari hamda uyqu davomidagi uyqu va yurak urishi ma'lumotlari talab etiladi. Hech qanday kasallikni aniqlash, diagnostika qilish va davolashda foydalanish uchun mo'ljallanmagan. Natijalar faqat sizga shaxsiy ma'lumot berish maqsadida taqdim etiladi. Tibbiy xodim bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.
- Hech qanday kasallikni aniqlash, diagnostika qilish va davolashda foydalanish uchun mo'ljallanmagan. Natijalar faqat sizga shaxsiy ma'lumot berish maqsadida taqdim etiladi. Tibbiy xodim bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.
- Shaxsiy FTP qiymatini (Funksional Quvvat Chegarasi) o'lchash uchun Samsung Galaxy smartfoni quvvat o'lchash uskunasiga ulangan bo'lishi kerak. Yanada aniqroq FTP qiymatini hisoblash uchun Galaxy Watch soatini smartfonga ulash talab etiladi. Velosipedda 4 daqiqadan oshiq vaqt mobaynida o'rta va yuqori intensivlikda uchish davomida FTP qiymati velosipedga o'rnatilgan quvvat o'lchash uskunasi yordamida avtomatik tarzda o'lchanadi. Mashina o'qitish metodi yordamida qanchalik velosipedda ko'p uchsangiz, FTP qiymati shunchalik aniq va foydalanuvchiga moslashtirilgan bo'ladi. Velosiped uchun quvvatni o'lchash uskunasi alohida sotiladi.
- S Pen qo'llab-quvvatlovchi modellar uchun mavjud.
- Rossiyada qo'llab-quvvatlanmaydi.
- Mazkur funksiya qurilma ichki xotirasi va SD karta uchun qo'llab-quvvatlanadi.