Samsung Galaxy ulanish qudrati

Galaxy ulanish qurilmalari birgalikda mukammal boʻlib, ular qulay aloqalar, ish, oʻyin va salomatlik uchun yangi yoʻllar ochadi. 1

O'zaro bog'lanish muammolarni endi ortda. Galaxy qurilmalari muammolarsiz o'zaro aloqadorlikda ishlashi uchun yaratilgan. Galaxy sizning Smart televizoringiz yoki Galaxy Tab planshetingizda video qo'ng'iroqlarni tashkil etishdan boshlab, to fayllarni ulashish hamda jamoangiz bilan birgalikdagi ish faoliyatgacha — barchasini osonlashtiradi.

Istalgan joyda ulashing

Qurilmalar orasidagi toʻsiqlarni unuting. Galaxy sizga kontentingizni istalgan joyga olish imkonini beradi.

Tezkor ulashish

Android qurilmalarida QuickShare

Quick Share sizga tezkorlik va osonlik bilan suratlar, video va hujjatlarni ulashish imkoniyatini yaratadi. Yaqin atrofdagi Galaxy smartfonlari, planshetlar, shaxsiy kompyuter va Samsung bo'lmagan boshqa Android qurilmalari bilan fayllaringizni sanoqli soniyalarda ulashing. Endilikda siz o'z fayllaringizni bir nechta foydalanuvchi bilan, ularning joylashuvidan qat'iy nazar ulashishingiz ham mumkin.2

Smart View

Telefoningizni TV ekranida akslantiring. Maxfiyligingizni saqlang.

Smart View funksiyasi bilan xabarlaringiz maxfiyligini saqlagan holda ekraningizni boshqa qurilmada aks ettirishingiz mumkin. "Faqat namoyish etish" funksiyasi esa sizga telefoningizdan foydalanayotgan holatingizda uning ekranini televizor yoki boshqa qurilmada namoyish etish imkonini yaratadi.3

(bosish + foydalanish tartibi)

Doimo aloqada boʻling

Galaxy ochiq ekotizimida ochiq aloqalar yanada osonroq.

Video chaqiruv uzatmalari

Birgalikda suhbatlashing, tomosha qiling va tabassum qiling

Telefoningizda suhbatlashmoqdamisiz? Dahlizdan xonagacha suhbatingizni davom ettirish uchun birgina tugmani bosish kifoya. Uzulishsiz qo'ng'iroqni smartfoningizdan planshetga o'tkazing hamda shoshib ketishingiz kerak bo'lganda esa yana smartfonga qaytaring.4

Boshqa qurilmalardagi Qo'ng'iroqlar

Chaqiruvni oʻtkazib yubormang

Agarda siz Galaxy Tab yoki shaxsiy kompyuterda ishlayotgan bo'lsangiz, unga ulangan Galaxy smartfoni barcha qo'ng'iroqlarni sizga yuborib, doimo aloqada bo'lishingizni ta'minlaydi.5

(bosing + foydalanish tartibi)

Samsung Galaxy bilan o'z samaradorligingizni oshiring

Galaxy qurilmalaringizni sinxronlash qayerda bo'lsangiz ham samarali ish stantsiyasini yaratishga imkon beradi.

Windows bilan aloqa

Telefoningizdagi narsa endi kompyuteringizda

Link to Windows funksiyasi yordamida o'zaro aloqadorlikning yangi darajasiga erishing. Bir nechta qurilmalardagi xabarlar va ilovalar o'rtasida almashtirish o'rniga ularning barchasini yagona shaxsiy kompyuter ekranida namoyish eting. Biroz avvalgi ilovalar va veb sahifalar yordamida ish jarayonining uzluksizligini ta'minlash uchun mobil ilovalaringiz va qidiruv natijalarini shaxsiy kompyuteringiz ekranidayoq namoyish eting.6

(bosish + foydalanish tartibi)

Ulangan kamera

Telefoningizni ulangan kamera sifatida ishlating

Samsung Galaxy qurilmangizning qudratli kamerasini shaxsiy kompyuteringizga ulab, undan veb kamera sifatida foydalaning. Uning yordamida siz suhbatlaringiz davomida yuqori sifatli videolarni tomosha qilishingiz, old va ort kameralarni tezda almashtirishingiz hamda fonni xiralashtirish va avtomatik kadrlash funksiyalari yordamida qo'ng'iroq sifatini yanada oshirishingiz mumkin. Smartfoningizdan veb kamera siftida foydalanayotganingizda ham unda matnli xabarlarni yuborishingiz, bildirishnomalarni tekshirishingiz va boshqa ilovalardan foydalanishingiz mumkin. 7

(bosish + foydalanish tartibi)

Ikkinchi Ekran

Raqamli ish joyingizni kengaytiring

Galaxy Tab yordamida o'z samaradorligingizni oshiring. Ikkinchi ekran funksiyasi yordamida shaxsiy kompyuteringiz ekrani Galaxy Tab ekraniga kengayadi va ish faoliyatingiz uchun qo'shimcha maydon taqdim etadi. G'oyalar tug'ildimi? S Pen yordamida yozing, chizing va ularni amalga oshiring, g'oyalaringizni qayd etib, ularning ro'yobga chiqishiga yordam bering.8

Samsung Notes

Samsung Notes bilan istagan joyingizda hamkorlik qiling

Samsung Notes yordamida sizning eslatmalaringiz Samsung Cloud orqali barcha Galaxy qurilmalaringizda sinxronlashib, sizga eslatmalar yaratishda qulaylik taqdim etadi. Birgalikda loyihangiz bormi? Shunchaki eslatma yarating, havolani ulashing va boshqa ishtirokchilarni ko'rish va tahrirlash uchun taklif eting. 9

Samsung Galaxy xizmatlari bilan aqlli va sog'lom hayot kechiring

Sizning Galaxy Watch soatingiz hamda Galaxy smartfoningiz o'zaro aloqadorlikdagi qudratli jamoa sifatida ishlaydi.

Samsung Health

Salomatlik yo'lingizni uyg'unlashtiring

Samsung Galaxy qurilmalaringizdagi Samsung Health ilovasi yordamida salomatligingiz borasidagi batafsil ma'lumotga ega bo'ling va uni nazoratda tuting. Sog'lomlashtirish maqsadlaringizga erishish uchun salomatlik borasidagi ma'lumotlaringizni birlashtiring.15, 16, 17

Mobil telefonimni izlash

Telefoningizni unutib qoldirishingiz mumkinligidan xavotirlanmang

Telefoningizni topa olmayapsizmi? Agarda u yaqin atrofingizda bo'lsa, u holda unga Find My Mobile funksiyasi bilan ulangan smart soati orqali qo'ng'iroq qiling. Agarda u tarmoqdan tashqarida yoki Bluetooth funksiyasi o'chirilgan bo'lsa, Samsung Find funksiyasidan foydalanib, uning xaritadagi joylashuvini aniqlang va soat yordamida unga qo'ng'iroq qiling.17

(click + how to use)

Limitlarsiz hordiq chiqarishdan zavqlaning

Galaxy ulashish, qidirish va sevimli musiqa va shoular olamiga kirishni yanada osonlashtiradi.

Media chiqishi

Ilovalar orasida o'tish paytida musiqada to’xtashlar bo'lmaydi

Musiqa davom etishini istaysizmi? U hold tezkor panelda Multimedia chiqish funksiyasini yoqing va tinglashni Galaxy Buds, Bluetooth yoki Wi-Fi dinamikalar orqali davom ettiring va barcha qurilmalaringizni yagona ekranda davom ettiring. Bundan tashqari, siz ikki yoki undan ortiq Wi-Fi dinamiklarni bir vaqtda ulab, musiqa tinglashni mukammal uyg'unlikda davom ettirishingiz mumkin. 18

(bosish + foydalanish tartibi)

Auto Switch

Kinolardan chaqiruvlarga avtomatik tarzda oʻting

Aytaylik, siz Galaxy Tab planshetingizda Galaxy Buds quloqchinlari yordamida film tomosha qilmoqdasiz va shu onda telefoningizda kiruvchi qo'ng'iroq chalindi. Avtomatik almashtirish Galaxy Buds quloqchinlaringizni shu onda telefoningizga ulab, sizga shu ondayoq siz o'z Buds quloqchinlaringiz orqali javob bera olishinigzni ta'minlaydi. Qo'ng'iroq yakunlangandan so'ng siz yana film tomoshasiga qaytib ulanasiz.19

(bosish + foydalanish tartibi)

Auto Hotspot

Qayerda boʻlsangiz ham tezda onlayn boʻling

Avtomatik internet ulashish nuqtasi bilan Galaxy Tab planshetingiz sizning smartfoningiz ulashish nuqtasiga ulangan bo'ladi hamda sizga kerakli vaqtda Wi-Fi ulanishni avtomatik tarzda faollashtiradi.20

(bosish + foydalanish tartibi)

Galaxy mahsulotlari

Oʻz holicha ajoyib. Birgalikda yaxshiroq.

Galaxy qurilmalari oilasi bilan tanishing.

 

Smartfonlar

 

Planshetlar

 

Smart soatlar

 

Galaxy Buds

  • Tasvir tasviriy maqsadlarda modellashtirilgan.
  • Haqiqiy foydalanuvchi interfeysi boshqacha bo'lishi mumkin.
  1. Mavjud funksiyalar qurilmaga, mamlakatga, mintaqaga, yetkazib beruvchi yoki One UI versiyasiga qarab farq qilishi mumkin.
  2. One UI 2.1 va undan yangi versiya hamda Android OS 10 (Q OS) va undan yangi versiyaga ega qurilmalarda mavjud. Qo'llab-quvvatlanadigan qurilmalar qatoriga Galaxy Book, jumladan 2020 va undan keyin ishlab chiqarilgan Qualcomm asosidagi shaxsiy kompyuterlar hamda Intel Bluetooth/Wi-Fi drayveriga ega (Operatsion tizim: Windows 10 2024 va undan yangi versiya, Bluetooth drayveri: Intel 22.50.02 va undan yangi versiya, Wi-Fi drayveri: Intel 22.50.07 va undan yangi versiya) boshqa ishlab chiqaruvchilarning Windows shaxsiy kompyuterlari taalluqli. Quick Share uchun Bluetooth yoki Wi-Fi ulanish talab etiladi. Quick Share bir vaqtning o'zida ulashishi mumkin bo'lgan qurilmalar soni ulashayotgan qurilmaning Wi-Fi chipiga bog'liq tarzda farq qilishi mumkin. Haqiqiy tezlik qurilma, tarmoq holati va foydalanuvchi sharoitiga bog'liq tarzda farq qilishi mumkin. QR kod yoki kontaktlar orqali bir vaqtning o'zida 1000 tadan yuqori bo'lmagan fayllarni yuborish mumkin. Ulashish uchun bir fayl uchun eng ko'pi 10 gb va kuniga 10 gb ulashish chegaralari mavjud. Havola amal qilish muddati ikki kunda yakunlanadi. Yuboruvchining qurilmasi uchun Samsung hisob qaydnomasi, hamda yuboruvchi va qabul qurilmalari uchun internetga ulanish talab etiladi.
  3. Smart View faqat Miracast texnologiyasini qo'llab-quvvatlaydigan Galaxy smart televizorlari, smartfonlari va planshetlarida mavjud. App Cast mavjudligi qurilma, ilova va mamlakat/mintaqaga qarab farq qilishi mumkin.
  4. Google Meet - Google LLC kompaniyasining savdo belgisi deb hisoblanadi. Ro'yxatdan o'tgan Google hisobi yordamida Galaxy qurilmalarida (smartfonlar va planshetlar) mavjud. Bu xususiyatdan faqat ko’p kishilik qo'ng'iroqlarda foydalanish mumkin. Video sifati ishtirokchilar soni va tarmoq sharoitlariga qarab farq qilishi mumkin. Bu xususiyat ogohlantirishsiz o'zgartirilishi mumkin.
  5. "Boshqa qurilmalarga qo'ng'iroq qilish" funksiyasidan foydalanish uchun ikkala qurilma ham bir xil Samsung hisob qaydnomasiga ulangan bo'lishi kerak va qurilmalarni avtomatik ulash uchun avval sozlamalarda ulanish kerak. Android P operatsion tizimida ishlaydigan va 3 GB va undan yuqori operativ xotiraga ega Samsung qurilmalarida mavjud. Windows 10 operatsion tizimining 1809 yoki undan yuqori versiyasiga ega kompyuter, One UI 5.0 yoki undan yuqori versiyasiga ega Galaxy Book va One UI 5.0 yoki undan yuqori versiyasiga ega Galaxy smartphone talab qilinadi. Xizmat ko'rsatish funktsiyasini ishga tushirish sanasi mintaqaga, aloqa operatoriga va qurilmaga qarab farq qilishi mumkin.
  6. Foydalanuvchilar o'z Samsung Galaxy qurilmasini mobil qurilmadagi Link to Windows ilovasi va shaxsiy kompyuterdagi Microsoft Phone Link dasturi orqali Windows shaxsiy kompyuteriga ulashi va sozlash tartiblarini bajarishi, jumladan bir xil Microsoft hisob qaydnomasiga kirishi talab etiladi. Planshetlar uchun One UI 5.1.1 yoki undan yangi versiya talab etiladi. Shaxsiy kompyuter uchun (Microsoft Phone Link ilovasi) Windows 10 yoki undan yangi versiya talab etiladi. Microsoft Phone Link uchun Samsung Galaxy qurilmangizni shaxsiy kompyuter bilan bir xil Wi-Fi tarmog'iga ulash tavsiya etiladi. Ayrim mobil ilovalar boshqa ekranlardagi kontentni cheklashi mumkin. Ayrim funktsiyalar qurilmaga qarab farq qilishi mumkin. Planshetlar qo'ng'irpq / xabarlarni yuborish funktsiyasini qo'llab-quvvatlamaydi. "So'nggi veb-saytlar" faqat Samsung Internet brauzeridan foydalanilganda, One UI 3.1.1 yoki undan yangi versiyali Samsung Galaxy smartfonlarida (Samsung Galaxy S, Note, Z Fold, Z Flip), One UI 5.1.1 yoki undan yangi versiyali planshetlarda (faqat Tab S modellarida mavjud, Tab FE yoki Tab Lite modellarida emas ) va Windows 10 20H1 yoki undan yangi versiyali kompyuterlarda qo'llab-quvvatlanadi . Microsoft Phone Link/Link to Windows / Samsung Internet ilovalari uchun so'nggi ilova yangilanishlari talab etiladi.
  7. Telefondan ulangan kamera xizmati sifatida foydalanish uchun foydalanuvchi o'z Samsung Galaxy qurilmasini mobil qurilmadagi Link to Windows ilovasi va shaxsiy kompyuterdagi Microsoft Phone Link dasturi orqali Windows shaxsiy kompyuteriga ulashi va sozlash tartiblarini bajarishi, jumladan bir xil Microsoft hisob qaydnomasiga kirishi talab etiladi. Shaxsiy kompyuter uchun (Microsoft Phone Link dasturi) Windows 11 22H2 yoki undan yangi versiya, telefon uchun One UI 1.0 yoki undan yangi versiya, One UI 6.0 va undan yangi versiyali kamera qo'llab-quvvatlanishi talab etiladi. Microsoft Phone Link dasturi uchun Samsung Galaxy smartfoni shaxsiy kompyuter bilan bir xil Wi-Fi tarmog'iga ulangan bo'lishini talab etadi. Ayrim tegishli funksiyalar qurilmaga qarab farq qilishi mumkin.
  8. Ikkinchi Ekran funksiyasi One UI 3.1 va undan yangi versiyali Galaxy Tab S7, S7+ va S7 FE modellarida hamda S8, S8+, S8 Ultra va Active4 Pro qurilmalarida mavjud. Windows 10 2004 va undan yangi versiya hamda simsiz displeyli shaxsiy kompyuter talab etiladi. Bir bosishda ulanish uchun Gallaxy Book1 yoki undan yangi versiyali qurilma va ham Galaxy Tab, ham Galaxy Book qurilmalarida ro'yxatdan o'tkazilgan Samsung hisob qaydnomasi talab etiladi. Ikkinchi ekranni Galaxy Tab qurilmasida faollashtirmasdan, to'g'ridan-to'g'ri shaxsiy kompyuterdan faollashtirish uchun ikkala qurilmada ham bir xil Samsung hisob qaydnomasiga kirish talab etiladi.
  9.  Faqat umumiy salomatlik maqsadlari uchun ko'zda tutilgan. Faqat shaxsiy ma'lumot taqdim etish uchun uxlash tavsiyalari taqdim etadi. Hech qanday kasallik va uyqu buzilishi holatlarini aniqlash, diagnostika qilish va davolashda foydalanish uchun ko'zda tutilmagan. Maslahat uchun tibbiyot xodimiga murojaat qiling. UX/UI dasturiy ta'minot versiyasi, model, mintaqa va boshqa omillarga qarab o'zgarishi mumkin. Galaxy Watch 4 Seriyasi va undan yangi versiyalarda mavjud. * Tartibsiz yurak urishi haqida ogohlantirish funksiyasining (IHRN) amal qilishi mamlakat va mintaqaga qarab farq qilishi mumkin. Tibbiy uskuna (SaMD) sifatida dasturiy ta'minot sifatida tasdiqlash/ro'yxatdan o'tishning milliy cheklovlari tufayli u faqat xizmat mavjud bo'lgan mamlakatlarda sotib olingan soatlar va smartfonlarda ishlaydi (ammo foydalanuvchilar xizmat ko'rsatmaydigan mamlakatlarga sayohat qilganda xizmat cheklanishi mumkin). Atriyal fibrilatsiyani bildiruvchi tartibsiz ritmning har bir holati haqida xabar berish uchun mo'ljallanmagan va xabarnomaning yo'qligi patologik jarayonning yo'qligini anglatmaydi. Boshqa ma'lum ritm buzilishiga ega bo'lgan foydalanuvchilar yoki 22 yoshgacha bo'lgan foydalanuvchilar uchun mo'ljallanmagan. Foydalanuvchilar malakali tibbiyot mutaxassisi bilan maslahatlashmasdan qilingan prognozlar asosida klinik harakatlarni talqin qilmasliklari yoki amalga oshirmasliklari kerak. * EKG yozib olish ilovasining mavjudligi mamlakat yoki mintaqaga qarab farq qilishi mumkin. Tibbiy uskunda (SaMD) sifatida dasturiy ta'minot sifatida tasdiqlash /ro'yxatdan o'tishning milliy cheklovlari tufayli EKG ilovasi faqat xizmat hozirda mavjud bo'lgan mamlakatlarda sotib olingan soatlar va smartfonlarda ishlaydi (ammo foydalanuvchilar xizmat ko'rsatmaydigan mamlakatlarga sayohat qilganda xizmat cheklanishi mumkin). Batafsil ma'lumot va xizmat ko'rsatish mamlakatlari haqidagi so'nggi yangiliklar uchun https://www.samsung.com/apps/samsung-health-monitor sahifasida tekshiring. Ilova 22 yoshgacha bo'lgan foydalanuvchilar uchun mo'ljallanmagan. Foydalanuvchilar malakali tibbiyot mutaxassisi bilan maslahatlashmasdan qurilmaning natijalari asosida klinik harakatlarni talqin qilmasliklari yoki amalga oshirmasliklari kerak.
  10. Energiya ko'rsatkichi faqat umumiy salomatlik va fitnes maqsadlari uchun mo'ljallangan. Energiya ko'rsatkichi funksiyasi faqat Galaxy Ring yoki Galaxy Watch4 modellarida hamda undan yangi Samsung Galaxy Watch modellarida (Galaxy Fit3 dan tashqari) qo'llab-quvvatlanadi. Energiya ko'rsatkichini aniqlash uchun Samsung Galaxy Watch yoki Samsung Galaxy Ring yordamida nazorat qilinayotgan salomatlik ma'lumotlari Samsung Health ilovasi bilan sinxronlashishi talab etiladi. Kunlik energiya va tayyorgarligingizni aniqlash uchun Energiya ko'rsatkichi funksiyasi kamida bir kunlik uyqu, faollik va uyqu vaqtidagi yurak urish tezligi ko'rsatkichlaridan foydalanadi.
  11. Salomatlik tavsiyalari Android telefonlarida (Android 10 yoki undan yangi) mavjud bo'lib, Samsung Health ilovasi (6.27 yoki undan yangi versiya) va Samsung Health foydalanuvchiga moslashtirish shartlariga roziligi talab etiladi. Xizmatning mavjudligi mamlakat yoki mintaqaga qarab farq qilishi mumkin. Hech qanday kasallikni aniqlash, diagnostika qilish yoki davolashda foydalanish uchun mo'ljallanmagan. Natijalar faqat sizning shaxsiy ma'lumot olishingiz uchun taqdim etiladi. Iltimos, tibbiyot xodimi bilan maslahatlashing.
  12. AGEs indeksi (Yuqori Glikat Yakuniy Mahsulotlar) Galaxy Watch7 va undan yangi modellarda o'lchanadi. (*Laboratoriya funksiyasi) AGEs indeksi Galaxy Watch7 modelida IEC62471 xavfsizlik qoidalari bilan belgilangan chegaralarda ishlovchi optik biosignal sensoridan foydalanadi. Ammo, yuqori sezuvchanlikka ega terili odamlarda teri rangining o'zgarishi yoki qichima kabi yorug'likka salbiy reaksiya kuzatilishi mumkin. Agarda sizda yorug'likka sezuvchanlik simptomlari kuzatilsa siz mazkur funksiyadan foydalanishni cheklashingiz talab etiladi.
  13. Energiya ko'rsatkichini aniqlash uchun Samsung Galaxy Watch (Galaxy Watch4 Series va undan yangi modellar, Galaxy Fit3 dan tashqari) yoki Samsung Galaxy Ring yordamida nazorat qilinayotgan salomatlik ma'lumotlari Samsung Health ilovasi bilan sinxronlashishi talab etiladi. Kamida bir kun avvalgi faollik va uyqu rejimi hamda uyqu davomidagi yurak urish tezligi haqidagi ma'lumotlar talab etiladi.
  14. Samsung Health 6.24 yoki undan yangi versiyasi talab etiladi.
  15. Galaxy Watch7 soati Android 11 operatsion tizimli Samsung Galaxy smartfoniga ulangan bo'lishi talab etiladi.
  16. Samsung Health taqdim etayotgan barcha ma'lumotlar fqat umumiy salomatlik uchun mo'ljallangan. Qo'llanma faqat sizning shaxsiy ma'lumot olishingiz uchun taqdim etiladi. Hech qanday kasallik yoki uyqu buzilishi holatlarini aniqlash, diagnostika qilish yoki davolashda foydalanish uchun mo'ljallanmagan. Maslahat uchun tibbiyot xodimiga murojaat eting. Foydalanuvchi interfeysi dasturiy ta'minot versiyasi, model va mintaqa hamda boshqa omillarga qarab farq qilishi mumkin.
  17. Samsung Find (Telefonni izlash) funksiyasi Wear OS operatsion tizimli Galaxy soatlarida Android 10 yoki undan yangi versiyali Galaxy smartfonlari bilan ulanganida qo'llab-quvvatlanadi. Smartfonni ulash uchun Samsung hisob qaydnomasiga kirish talab etiladi. *Mening telefonimni izlash va Xaritadan qo'ng'iroq funksiyalari Bluetooth ulangan holatda va amal qilish maydonida qo'llab-quvvatlanadi. Xaritadan qo'ng'iroq funksiyasi, shuningdek, masofadan faollashtirilishi mumkin. *Masofadan faollashtirish uchun sizning soatingiz Wi-Fi yoki mobil tarmoqqa ulangan bo'lishi talab etiladi. Sizning soatingiz va smartfoningiz bir xil Samsung hisob qaydnomasiga ega bo'lishi hamda joylashuvni kuzatishga ruxsat berilgan bo'lishi kerak.
  18. Wi-Fi dinamiklarini multimedia chiqishga ulash uchun dinamik Chromecast funksiyasini qo'llab-quvvatlashi va One UI 5.1 yoki undan yangi versiyali Galaxy qurilmalarida amal qilishi kerak. Wi-Fi dinamiklari hamda Galaxy qurilmasi bir xil Wi-Fi tarmog'iga ulangan bo'lishi kerak. Multimedia chiqish funksiyasidan foydalanish uchun Bluetooth dinamiklari va Buds quloqchinlari o'zaro ulangan rejimda bo'lishi talab etiladi.
  19. Avtomatik almashtirish funksiyasi One UI 4.1.1 yoki undan yangi versiyali smartfon va planshetlarda, Galaxy Watch4 Series va undan yangi model qurilmalarida, 2022 yil va undan so'ng ishlab chiqarilgan Samsung televizorlarida hamda One UI 6.0 yoki undan yangi versiyali Galaxy Book modellarida mavjud. Avtomatik almashtirish funksiyasidan foydalanish uchun Galaxy Buds kamida bir marta smartfon, planshet, soat, televizor yoki Galaxy Books qurilmalariga ulangan bo'lishi kerak. Avtomatik almashtirish funksiyasi faqat Buds2 Pro, Buds3 va Buds3 Pro quloqchinlarida mavjud bo'lib, boshqa modellarda qo'llab-quvvatlanmaydi. Talablarga mos qurilmalar bir xil Samsung hisob qaydnomasiga ulangan bo'lishi hamda Bluetooth va Wi-Fi funksiyalari faol bo'lishi talab etiladi.
  20. Telefonda mobil ulanish nuqtasi mavjudligi operator siyosatiga qarab farq qilishi mumkin. Barcha qurilmalar bir xil Samsung hisob qaydnomasi ostida ro'yxatdan o'tkazilishi kerak. Telefon mobil tarmoqqa ulangan bo'lishi kerak.