Hayotdan zavq oling

Galaxy AI sizga hayotdan zavq olib yashashga yordam beradi. Sizning ehtiyojlaringizdan bir qadam oldinda bo'lish evaziga u siz muhim vazifalarga vaqtingizni ajratish erkinligini beradi. Hayot Galaxy bilan namoyon.

Besh do'st ochiq basketbol maydonchasida o'tirib, kechqurun shahar manzarasiga qarashadi. Galaxy AI bilan hayot yanada qiziqarli bo'ladi. Besh do'st ochiq basketbol maydonchasida o'tirib, kechqurun shahar manzarasiga qarashadi. Galaxy AI bilan hayot yanada qiziqarli bo'ladi.

Vazifalaringizni bajarishning yangi usullari

Siz qayerdaliginigiz va sizga nimalar zarurligidan kelib chiqqan holda ishlovchi AI hamrohingizni kutib oling. Odatiy muloqot orqali Galaxy AI murakkab ekotizim yordamida sizning hayot tarzingizga mos xizmatlarni taqdim etish orqali samaradorligingizni oshirishga qodir.

Vazifalaringizni bajarishning yangi usullari

Siz qayerdaliginigiz va sizga nimalar zarurligidan kelib chiqqan holda ishlovchi AI hamrohingizni kutib oling. Odatiy muloqot orqali Galaxy AI murakkab ekotizim yordamida sizning hayot tarzingizga mos xizmatlarni taqdim etish orqali samaradorligingizni oshirishga qodir.1,2,3,4,5,6

Aylana chizing, qidiring. Tinglang, qidiring.

Ma'lumot qidirish har doimgidan-da oson. Aylana chizishingiz kifoya, Google esa kerakli ma'lumotni o'zi topadi. Google bilan Aylana chizib qidirish funksiyasi bilan fotosuratlar, ekrandagi musiqa, zarur onlayn materiallar va topishni istagan barcha ma'lumotlaringiz doimo qo'l ostingizda.7

Aylana chizing, qidiring. Tinglang, qidiring.

Ma'lumot qidirish har doimgidan-da oson. Aylana chizishingiz kifoya, Google esa kerakli ma'lumotni o'zi topadi. Google bilan Aylana chizib qidirish funksiyasi bilan fotosuratlar, ekrandagi musiqa, zarur onlayn materiallar va topishni istagan barcha ma'lumotlaringiz doimo qo'l ostingizda.7

Ijodkorlik uchun yangi usullar

Galaxy AI g'oyalaringizga hayot baxsh etadi. Turli qurilmalar uchun integratsiyalashgan vositalar to'plami bilan ilhomingiz doimo siz bilan. Tahrirlash hamda yangi ijod yaratish hech qachon bunchalik tabiiy bo'lmagan.

Qo'llaringizdagi ovoz yozish studiyasi

Shovqinli audio yozuvlar endi ortda. Sizga keraksiz shovqinni Audio Eraser funksiyasi yordamida oson yo'q qiling. Oltita toifa yordamida tovushni o'zingiz istagandek sozlang — ovoz, musiqa, shovqin, olomon, tabiat va shamol — hamda muhim vazifalarga e'tibor qarating.8

Videolavhalar tayyorlash yanada oson

Auto Trim funksiyasi yordamida bir lahzada videolavhalar yarating. O'tgan dam olish kunlarida nechta video olganingizdan qat'iy nazar, siz belgilagan faoliyatga bog'liq eng yorqin lahzalarni o'zida aks ettirgan lavha yaratish uchun Galaxy AI ularning barchasini ko'rib chiqib, tahlil qilishga tayyor. 9

Retush. Restayling. Qayta tasavvur

Fotosuratlaringizdagi detallarni o'z didingizga qarab siljitish, o'chirish yoki kattalashtirish orqali tasavvuringizni ishga soling. Sizning fotosuratingiz — bu Generativ Tahrir yordamidagi ijodkorlik maydonidir. Shuningdek, siz turli qurilmalarda loyihangiz ustida ishlab, yanada yuqori egiluvchanlikka erishishingiz mumkin.10

Muloqot qilish uchun yangi usullar

Chegaralarsiz odatiy muloqot qilish uchun mutlaqo yangi imkoniyatlar haqida bilib oling. Til cheklovlarini yengib o'tish uchun real vaqtdagi tarjimalar hamda suhbatlar ro'yxatini yuritish va tartibga solish vositalari bilan tanishing.

Call Transcript.
Siz yodda saqlashingiz kerak ma'lumotlar ajratib ko'rsatiladi

Call Transcript funksiyasi yordamida sizning qo'ng'iroqlaringiz yozib olinadi, transkripsiya qilinadi va xulosalanadi. Natijada siz bir qarashda qo'ng'iroq haqidagi qisqa ma'lumotga ega bo'lasiz. Kun davomida amalga oshirgan har bir qo'ng'iroq ma'lumoti avtomatik tarzda eslatmalarga yoziladi, siz esa keyinchalik ularni oson yodga olishingiz mumkin bo'ladi.11

Yozish bo'yicha yordam.
Xabaringizni barchaga yetkazing

Qo'n'giroq qilish uchun vaqtingiz yo'qmi? Yozish bo'yicha yordam funksiyasi bilan yo'lda bo'lganingizda ham yaqinlaringiz qo'ng'irog'iga javob berishingiz uchun odatiy javoblar variantlarini generatsiya qiladi.12

Og'zaki tarjima.
Muloqot bo'yicha mutaxassisingiz bilan tanishing.

Og'zaki tarjima funksiyasi bilan real vaqtda muloqot qilish osonlashadi. Dunyo bo'ylab sayohat qilishingiz yoki xalqaro mijozlar bilan ishlashingizdan qat'iy nazar Galaxy AI sizga muloqot jarayonini nazorat qilish imkonini beradi.13

Galereya bo'ylab qidirish. Odatiy tarzda

Samsung Voie funksiyasi va odatiy muloqot qilish orqali Galereyangizdagi qidiruvni osonlashtiring va kerakli video va foto tasvirlarni osonlik bilan toping. Sevimli suratlaringizni qidirish uchun kalit so'zlardan foydalaning, jumladan, ular suratga olingan joy yoki ularda aks ettirilgan narsalarni qayd eting. Birgina izlash orqali siz tug'ilgan kun bayramidagi suratlarni topib olishingiz mumkin.14

Salomatlik kelajagi engi shaxsiy masala

Health Assist Energy Score funksiyasi yordamida hayot tarzingizni yaxshilang. Galaxy Watch7 soatiga ulanib, siz o'z tanangiz haqidagi ma'lumotlarni uyqu, ovqatlanish, energiya va faollik tahlillari orqali bilib olishingiz mumkin. Foydali odatlar yaratishga qaratilgan ilk qadamingiz shundan boshlanadi.

Yaxshi uyqu. Yaxshi dam olish

Sizning sog'lom hayot tarzi borasidagi shaxsiy murabbiyingiz doimo tartibga rioya qilishingizga yordam beradi. Galaxy Watch soatidan foydalanib o'z uyqu rejimingiz va uyqu turini aniqlang. Aynan sizga mos keluvchi 4-5 haftalik dastur bilan boshlang.15

Samsung Health yordamida uyqu sifatini oshiring

Shaxsiy ma'lumotlaringiz shaxsiyligicha qoladi

Xavfsiz bo'lish bilan birga ulkan imkoniyatlar mavjud. Sizning ma'lumotlaringiz shifrlangan va xavfsiz saqlanib, sizga yuqori darajadagi maxfiylikni taqdim etadi.

Ushbu qurilmalarda Galaxy AI sinab ko'ring

Ko'p Beriladigan Savollar

Galaxy AI — bu sizning ehtiyojlaringiz asosida vazifalar bajarilishini ta'minovchi hamda tajribani sizga moslashtiruvchi mobil hamrohingiz. U bilan odatiy muloqot qilish orqali vazifalaringizni bajarishning sodda yechimlariga ega bo'ling. Siz bundan-da ko'prog'iga erishishingiz mumkin, chunki Galaxy AI takomillashishda davom etib, yanada qulay kelajak ta'minlash uchun harakat qilmoqda.

Now Brief — bu yangi takomillashtirilgan funksiya bo'lib, u kun davomida sizga shaxsiy briflar tayyorlash asosida sizning kundalik hayotingizni yanada yengillashtiradi. Tongni ob-havo hamda Energy Score ko'rsatkichingiz haqidagi ma'lumotlarni olishdan hamda yaqin kunlardagi rejalaringizni ko'rib chiqishdan boshlang. Foydalanish odatlaringiz asosidagi senariylarni taklif qiladi yoki sizning amal qilish muddati tugayotgan kuponlaringiz haqida ogohlantirish beradi. Kun yakunida esa bajarilgan ishlar ta'rifi taqdim etiladi.1,2,3,4,5,6

Aqlli vositalar yordamida siz til to'siqlarini yanada ko'proq ishonch bilan yengib o'ta olasiz. Agarda siz xorijiy tilda gapiradigan shaxsga qo'ng'iroq qilsangiz Jonli tarjima funksiyasi real vaqt davomida tarjima qilishga yordam beradi. Agarda qo'ng'iroqlaringiz haqidagi qisqa xulosa yetarli bo'lsa, u holda Qo'ng'iroq transkripsiyasi funksiyasi siz kechroq ko'rib chiqishingiz uchun uni yozib olib, transkripsiya qiladi va xulosa tayyorlaydi. Real vaqt davomida bir nechta tilda olib borilayotgan suhbatda Og'zaki tarjimon funksiyasi sizga yordam bera oladi. Yozish bo'yicha yordam bilan esa siz xorijiy tillarda xabarlarni yuborishingiz va qabul qilishingiz mumkin.11,13,17

Galereyada qidirish funksiyasi shunchaki so'zlash yoki kalit so'zlar asosida sevimli suratlaringizni izlash imkonini beradi.14

Galaxy AI yordamida siz ijodiy bo'lishingiz mumkin. Avtomatik kesish xususiyati shunga o'xshash ramkalarni yig'ish va tartibga solish va yorqin daqiqalarni yaratish orqali roliklarni tanlash jarayonini soddalashtirishga yordam beradi. Ovozga kelsak, Audio Eraser xususiyati chalg'ituvchi shovqinlarni kamaytirish orqali ovozni nozik sozlashga yordam beradi. Generativ tahrirlash murakkab tahrirlash texnologiyalari yordamida mavjud fotosuratlaringiz uchun yangi imkoniyatlarni ochishga yordam beradi.8,9

Energiya Ballari-bu sizning sog'lom bo'lishingizga yordam beradigan odatlar bo'yicha qo'llanma. U uyqu, faollik va yurak urish tezligini hisobga oladi, bu sizning jismoniy va aqliy kuchingiz va tayyorligingizni baholashga imkon beradi. Energiya Ballari sog'lom uyquni qo'llab-quvvatlaydi va sizga yaxshi hayot kechirishga yordam beradi.15

Ma'lumotlaringiz sizga yuqori maxfiylik darajasini ta'minlash uchun xavfsiz shifrlanadi va saqlanadi. Knox Matrix Trust Chain barcha Samsung Galaxy qurilmalarini nazorat qiladi va himoya qiladi, siz esa ma'lumotlaringiz qurilmada yoki bulut tizimida saqlanishi yoki o'chirilishini hal etasiz. Sizning barcha ma'lumotlaringiz Personal Data Engine yordamida saqlanib, u boshqa ilovalardan tasodifiy kirish imkoniyatini cheklaydi.16

* Tasvir modellashtirilgan. Soat yuzi faqat zaryad olayotganda aylanadi. Ranglar, o'lchamlar, modellar va soat tasmalarining mavjudligi mamlakat va sotuvchiga qarab farq qilishi mumkin.

* Ayrim AI funksiyalari uchun Samsung hisob qaydnomasiga kirish talab etiladi.

* Samsung sun'iy intellekt funktsiyalari tomonidan taqdim etilgan ma'lumotlarning aniqligi, to'liqligi yoki ishonchliligi to'g'risida hech qanday va'da, kafolat bermaydi.

* Tasvirlar namuna maqsadida modellashtirilgan. Ketma-ketliklar qisqartirilgan va modellashtirilgan. Haqiqiy foydalanuvchi interfeysi farq qilishi mumkin.

* Galaxy AI funksiyalari 2025-yil oxirigacha qo'llab-quvvatlanadigan Samsung Galaxy qurilmalarida bepul taqdim etiladi. Uchinchi shaxslar tomonidan taqdim etilgan AI funksiyalari uchun boshqa shartlar amal qilishi mumkin.

* Galaxy S25 series, Galaxy S24 series, Galaxy S23 series, Galaxy S22 series, Galaxy Z Fold6 | Z Flip6, Galaxy Z Fold5 | Z Flip5, Galaxy Z Fold4 | Z Flip4, Tab S9 | S9+ | S9 Ultra va Tab S8 | S8+ | S8 Ultra uchun Galaxy AI funksiyalari One UI 6.1 va undan yangi versiyalardan boshlab amal qiladi.

* Galaxy AI funksiyalari mintaqa/mamlakat, OT/One UI versiyasi, qurilma modeli va sotuvchiga qarab farq qilishi mumkin.

* Galaxy AI xizmati sun'iy intellektdan foydalanish yosh cheklangan ayrim hududlarda voyaga yetmaganlar uchun cheklangan bo'lishi mumkin.

* Galaxy S25 Ultra, Galaxy Watch Ultra and Galaxy Buds3 Pro alohida sotiladi.

* Galaxy Watch4 yoki undan keyingi-chiqarilgan Galaxy Watch Seriyasi . Xizmatning mavjudligi mamlakat yoki mintaqaga qarab farq qilishi mumkin. Har qanday tibbiy holatni aniqlash, tashxislash yoki davolashda foydalanish uchun mo'ljallanmagan. Natija faqat sizning shaxsiy ma'lumotingiz uchun. Maslahat uchun tibbiy mutaxassis bilan maslahatlashing.

 

1. Now Brief funksiyasidan foydalanish uchun Samsung hisob qaydnomasi talab etiladi. Xizmatning mavjudligi mamlakat, til, qurilma modeli va ilovaga qarab farq qilishi mumkin. Ayrim funksiyalar uchun tarmoqqa ulanish talab etilishi mumkin.

2. Kontektstga asoslangan senariylar borasida tavsiyalar olish uchun Personal Data Engine funksiyasidan foydalanish uchun Rejimlar va Senariylarni faollashtirish talab etiladi.

3. Foydalanuvchi fotosuratlar, video, audio va taqvim voqealari kabi fayllardan foydalanishga ruxsat berishga rozilik bildirishi kerak bo'ladi. Ko'rsatish siyosatiga bog'liq tarzda voqealar namoyish etilmasligi mumkin. Voqealarda taqdim etilgan suratlar ta'rifi foydalanuvchi maqsadlariga mos kelmasligi mumkin.

4. Kuponlar haqida bildirishnomalar faqat Samsung Wallet ilovasiga amal qilish muddati bilan qo'shilgan kuponlar uchun amal qiladi.

5. Energy score ko'rsatkichini tekshirish uchun Samsung Galaxy Watch yoki Samsung Galaxy Ring yordamida kuzatib borilayotgan salomatlik ma'lumotlari Samsung Health ilovasi bilan sinxronlashtirilishi kerak. Natijalar faqat sizga shaxsiy ma'lumot taqdim etishi uchun berilgan hamda tibbiy maqsadlar uchun mo'ljallanmagan.

6. Tadbirlar jadvali haqidagi bildirishnomalar Android Calendar ma'lumotlar omboridan foydalanadigan taqvim ilovalar uchun Samsung Calendar ilovasi o'rnatilgan taqdirdagina amal qiladi.

7. Aylana chizib qidirish Google LLC savdo belgisi hisoblanadi. Natijalar faqat namuna maqsadida taqdim etilgan. Xizmatning mavjudligi mamlakat, til qurilma modeliga bog'liq bo'lishi mumkin. Internetga ulanish talab etiladi. Foydalanuvchilardan Android va Google so'nggi versiyalarini yuklab olish talab etilishi mumkin. Natijalar vizual va tovushli tasodifga qarab farq qilishi mumkin. Natijalarning aniqligi kafolatlanmaydi. Mos ilovalar va dasturlar bilan hamda faqat embient musiqa bilan ishlaydi. Quloqchinlarda hamda tovush balandligi o'chirilgan musiqani aniqlamaydi. 

8. Videoda qanday tovushlar mavjudligiga qarab har bir video uchun natijalar farq qilishi mumkin. Samsung hisob qaydnomasi talab etiladi. Olti turdagi tovushlarni aniqlash mumkin: ovoz, musiqa, shamol, tabiat. olomon va shovqin. Tovushni aniqlash haqiqiy natijalari tovush manbai va video holatiga qarab farq qilishi mumkin. Natijalarning aniqligi kafolatlanmaydi. Ovoz, musiqa, shamol, tabiat, olomon va shovqin kabi aytim turdagi tovushlar aniqlanishi mumkin. 

9. Rasm tahrirchisi uchun Auto Trim funksiyasida tahrirlanayotgan har bir video lavhaning maksimal davomiyligi 90 daqiqa. Rasm tahrirchisi uchun Auto Trim funksiyasida tahrirlanayotgan jamlangan lavhalarning maksimal davomiyligi 180 daqiqa. Bir loyiha doirasida tahrirlanayotgan maksimal lavhalar soni 60 ta. Natijalarning aniqligi kafolatlanmaydi. 

10. Rasm tahrirchisida Generativ tahrir funksiyasi uchun tarmoqqa ulanish va Samsung hisob qaydnomasi talab etiladi. Generativ tahrir yordamida tahrirlanganda foto surat hajmi 12 MP gacha o'zgarishi mumkin. Tasvir saqlanganda uning sun'iy intellekt yordamida generatsiya qilinganligini bildiruvchi ko'rinadigan suv belgisi tushiriladi. Shuningdek, Kontent kelib chiqishi va haqiqiyligini nazorat qilish koalitsiyasi (CIPA) standartlariga muvofiq tasvirga ko'rinmas suv belgisi ham tushiriladi. Generatsiya qilingan natijalarning aniqligi va ishonchliligi kafolatlanmaydi. 

11. Call Transcript funksiyasi qo'ng'iroqlarni qabul qilishi uchun tarmoqqa ulanishni talab etadi. Call Transcript uchun Xulosa funksiyasi belgilar soni qayd etilgan chegaralardan ko'p bo'lmagan hollarda qo'ng'iroqlarni transkripsiya qilish imkonini beradi. Ayrim mamlakatlarda qo'ng'iroqlarni yozib olish amal qilmasligi mumkin. Samsung hisob qaydnomasi talab etiladi. Hozirda oldindan o'rnatilgan Samsung Phone va ovoz yosish ilovalari uchun amal qiladi. Xizmatning mavjudligi mintaqa va tilga bog'liq bo'lishi mumkin. Ayrim tillar uchun til to'plamini yuklab olish talab etilishi mumkin. Natijalarning aniqligi kafolatlanmaydi. 

12. Suggester replies funksiyasi yordamida xabarlarni qabul qilish uchun tarmoqqa ulanish talab etiladi. Qurilma xabarni qabul qilganidan so'ng, funksiya tarmoqqa ulanmasdan ham javoblar variantlarini taqdim etishi mumkin. Samsung hisob qaydnomasi talab etiladi. Suggested replies funksiyasi faqat One UI 6.x va undan yangi versiyaga ega Galaxy Z Flip smartfonining Flex oynasida qo'llab-quvvatlanadi. Xizmatning mavjudligi til, mamlakat va ilovaga bog'liq bo'lishi mumkin. Natijalarning aniqligi kafolatlanmaydi. 

13. Og'zaki tarjima funksiyasi uchun Samsung hisob qaydnomasi talab etiladi. Ayrim tillar uchun til to'plamini yuklab olish talab etilishi mumkin. Xizmatning mavjudligi tilga bog'liq bo'lishi mumkin. Natijalarning aniqligi kafolatlanmaydi. Funksiyalarning aniqligi va qo'llab-quvvatlanishi mamlakat, mintaqa va aloqa operatoriga qarab farq qilishi mumkin. Qo'llab-quvvatlanadigan tillarning mavjudligi farq qilishi mumkin. 

14. Barcha tillar qo'llab-quvvatlanadi. Faqat Koreys, Ingliz, Nemis, Fransuz, Italyan, Ispan, Xitoy, Yapon, Portugal tillari LLM yordamida odatiy tilda qidirish uchun qo'llab-quvvatlanadi. Natijalarning aniqligi kafolatlanmaydi. 

15. Energy Score funksiyasi Android telefonlarida (Android 11 yoki undan yangi versiya) mavjud bo'lib, Samsung Health ilovasini (6.27 yoki undan yangi versiya) talab etadi. Samsung hisob qaydnomasi talab etiladi. Xizmatning mavjudligi mamlakat, mintaqa va tilga bog'liq tarzda farq qilishi mumkin. Energy Score ko'rsatkichini tekshirish uchun Samsung Galaxy Watch (Galaxy Watch4 Series yoki undan yangi OS 5.0 yoki undan yangi versiyadagi operatsion tizimga ega) yoki Samsung Galaxy Ring yordamida kuzatiladigan salomatlik ma'lumotlari Samsung Health ilovasi bilan sinxronlashgan bo'lishi kerak. Eng kamida bir kun avvalgi uyqu va faollik ma'lumotlari hamda uyqu vaqtidagi yurak urish tezligi talab etiladi. Hech qanday kasallikni aniqlash, tashxis qo'yish yoki davolashda foydalanish uchun mo'ljallanmagan. Natijalar faqat sizga shaxsiy ma'lumot berish uchun taqdim etiladi. Maslahat uchun tibbiyot mutaxassisiga murojaat eting. 

16. Knox Matrix One UI 7.0 va undan yangi versiyaga ega planshet va smartfonlarida qo'llab-quvvatlanadi. Mavjudlik mamlakat va mintaqaga qarab farq qilishi mumkin. 

17. Qo'ng'iroq xabarlarini qabul qilish uchun Live Translate xususiyati tarmoqqa ulanishni talab qiladi. Qurilma qo'ng'iroq xabarlarini olgandan so'ng, funktsiya tarmoqqa ulanmasdan tarjima qilinishi mumkin. Samsung hisobiga kirish talab qilinadi. Live Translate funksiyasi faqat Samsung telefonlari va ba'zi uchinchi tomon ilovalari uchun oldindan o'rnatilgan ilovalarda mavjud. Xizmatning mavjudligi til yoki mintaqaga bog'liq bo'lishi mumkin. Ba'zi tillar bilan ishlash uchun til paketini yuklab olish kerak bo'lishi mumkin. Natijalarning aniqligi kafolatlanmaydi.