Fotosurat

“Rahmat” so‘zining o‘ziga xos xususiyati
nimada?

Qisqacha, siz. O‘zingizning minnatdorchiligingizni #withGalaxy bilan ifodalang.

Bu yilgi sharoitlar ko‘pchiligimizni bir-birmizdan ajratishda davom etar ekan, diqqatimizni biz minnatdor bo‘lgan narsalar va odamlarga qaratishimiz har qachongidan ham muhimroq. Ushbu ta’til mavsumida o‘z minnatdorchiligimizni ko’rsatish, uzoqda bo‘lganimizda ham yaqin bo‘lishga yordam beradi.

Butun dunyo bo‘ylab ushbu fikrlarni rag’batlantirish va kuchaytirish uchun #ThankYouNote va #withGalaxy xeshteglari orqali bizning ijtimoiy kanallarimizda namoyish etish imkoniyatini qo‘lga kiritish uchun biz foydalanuvchilarni o‘z minnatdorchiliklarini yozishga taklif qildik. Keyin biz ushbu yozuvlarni tabassum qilayotgan emoji shaklida yoqimli video mozaika yaratish uchun to‘pladik.

Ba’zida do‘stlaringizga va yaqinlaringizga o‘z minnatdorchiligingizni bildirish uchun to‘g‘ri so‘zlarni topish yoki birovga qanday qilib mulohazali tarzda minnatdorchilik bildirishni tushunib olish qiyin kechishi mumkin. Galaxy Note20 sizning minnatdorchilik bildirish g‘oyalaringizga o‘ziga xos ta’sir o‘tkazishda qanday yordam berganini ko‘ring.

Biz o‘z o‘quvchilarimizga o‘z minnatdorchiligini ijodiy yondashgan holda #withGalaxy heshtegi orqali yetkazishga chaqirdik. Buning evaziga biz S Pen bilan qo‘lda chizilgan rasmlarni, ularning hayotiga ta’sir ko‘rsatgan odamlarga bag’ishlangan sifatli kameramiz va noyob AR filtrlarimiz yordamida tasvirga tushirilgan ajoyib daqiqalarni muhrlab qo‘ydik.

Oilangiz hayotidagi unutilmas voqea paytida tushirilgan oddiy fotosurat – boshlash uchun eng yaxshi joy. Suratga qarab paydo bo‘layotgan tuyg’ularni muhrlashga harakat qiling. Keyin ushbu fikrlarni suratga o‘tkazing. Eskizlaringiz va quvnoq tafsilotlaringiz bilan rasm ichidagi asosiy nuqtaga rang-baranglik berishingiz orqali qabul qiluvchingiz do‘kondan sotib olingan minnatdorchilik kartalari ichidan ololmaydigan hissiyotni his qilish imkonini berishi mumkin.

Biz odatiy odob sifatida kuniga ko‘p marotaba rahmat aytamiz. Ammo bu kabi minnatdorchilik siz uchun o‘ziga xos bo‘lgan joydan kelganda yanada ko‘proq ahamiyatga ega bo‘ladi.

Agar siz o‘zingizning ijodiy yondashuvingizni yanada kengaytirmoqchi bo‘lsangiz, o‘zingiz va sevgan insoningizni eskizga qo‘ying. Bu ular uchun sizning hayotingizda ijro etadigan muhim rolni tasavvur qilishning eng zo‘r usuli va aksincha. Ularni o‘z ilhom paringiz deb tasavvur qiling.

Ularning qo‘llab-quvvatlashini qanchalik qadrlayotganingizni aniq ko‘rsatib beradigan badiiy mahoratingizni namoyon qilgan holda tayyorlagan shoh asaringizni namoyish etishingiz mumkin. Sovg‘a yaratishga sarflagan vaqtingiz va kuchingiz oilangiz, do’stlaringiz yoki hamkasblaringiz uchun juda muhimdir. Eng muhim qismi nima deysizmi? Xuddi mana shunday raqamli gul abadiy qoladi.

Shaxsiy xabarlarni bo‘lishish bir-birimiz bilan aloqada bo‘lishga va biz uchun eng qadrli bo‘gan narsani anglashimizga yordam beradi. O‘zingizning yaqinlaringizga ularni qadrlayotganingizni boshqa hech kimdan kelmaydigan minnatdorchilik bilan ifodalang.

Endi ushbu hikoyalarni o‘qing