Fotosurat

Virtual bitiruv fotosessiyasi yordamida
yutuqlaringizni diqqat markaziga olib chiqing

Galaxy yordamida suratga olingan kreativ bitiruv kechasi rasmlarini unutilmas onlarga aylantiring #withGalaxy.

Bosh kiyimlaringizni va kurs ishlarini yuqoriga uloqtirishga tayyorlaning – shu paytgacha siz intiqib kutgan onlar vanihoyat yaqinlashmoqda. Garchi bu siz tasavvur qilgan bitiruvga juda oʻxshamasa ham bu nishonlashga, tasvirga olishga va ulashishga arziydigan lahzadir. Sizni ilhomlantirish uchun, biz eʼtiborli va shu kunlardagi bitiruvchilardan biri Jessica Carrie Lee (@jessicacarrielee) bilan bogʻlandik, u bizga buni Galaxy S21 Ultra 5G yordamida qanday qilishni koʻrsatadi.

Portretingizni mukammal qiling

Noyob boke effekti uchun studiya chiroqlari qoʻshing va orqa fonni xiralashtirishni real vaqtda sozlang.

Shaxsiy portret fon rasmingizni yarating

Uyda fotosessiya amalga oshirishni rejalashtiryapsizmi? Bugungi kunda uydagi buyumlar va biroz tasavvurni jamlagan holda fon rasmlarini oʻzingiz olishingiz uchun jamlashingiz mumkin boʻlgan koʻplab gʻoyalar mavjud. “Yotoqxonadagi kichik xonamda nishonlaganimga qaramasdan, bitiruv zavqini namoyish etmoqchi edim,” deydi Lee. Agar ishlash uchun joyingiz kichik boʻlsa, uy dekoratsiyasini qayta koʻrib chiqishga harakat qiling. “Men pardalarimdan matoli fon sifatida foydalanardim, devordagi rasmlardan esa portretlarimni toʻldirish maqsadida.” Yoqimli fon virtual bitiruv marosimingizga asosiy kirish uchun hatto zamin yaratishi mumkin.

Maslahat: Agar orqa fonda juda koʻp detallar boʻlsa, Portret rejimida ekranning pastki oʻng tomonida joylashgan “Blur” belgisini bosing. Keyin, effektni real vaqtda koʻrish uchun xiralashishni sozlang. Buni rasmga olib boʻlganingizdan keyin ham xiralashtirishni sozlash va atrofga kontrast berish uchun “Orqa fon effektini oʻzgartirish” orqali amalga oshirishingiz mumkin. “Rasmga olinganidan keyin qayta fokus qilish uchun maxsus joylarni bosishingiz mumkin, bu men professional DSLRqurilmalarda qidirayotgan funksiya,” Lee tushuntiradi. “Telefon kamerasi rasmga olgandan keyingi qayta ishlashini tasavvur qilmagandim.”

“Yotoqxonadagi kichik xonamda nishonlaganimga qaramasdan, bitiruv zavqini namoyish etmoqchi edim.”

- Jessica Carrie Lee

Bitiruv marosimingizni tashqarida oling

Virtual bitiruv marosimini oldingizmi? Qayerda boʻlsangiz ham, GiperTez 5G tezligi evaziga Galaxy Tab S7+ planshetida strim qiling.

Tashqaridagi muhitning muhimligini tanlang

Agar suratga olishga borishga qaror qilsangiz, sizga universitetdagi yillaringizni – ehtimol, hayotingizdagi eng zavqli yillarni eslatuvchi joyni qidiring. Faqatgina yaxshi yoritilgan, toza va yorqin joy ekanligiga ishonch hosil qiling. Masalan, Lee uchun bu yotoqxona majmuasidagi kampusda, foydalanilmayotgan minora yonida boʻlgan: “Los Anjeles kabi shaharlarda mashinalar va odamlarning kadrga kirib qolmasligini taʼminlash qiyin ish, shuning uchun men tekis tomda yoni minorada suratga olishni afzal bilaman.” Koʻproq joyga ega boʻlish uchun, Galaxy S21 Ultra 5G qurilmangizda Keng obyektivga oʻtkazib oling — kadr sifatiga zarar yetkazmay butun sahnani suratga olish uchun juda yaxshi.

Jessika bir bo'lak pirojniyni kamerada ushlab turadi. U qora bitiruv qalpog'ini kiyib olgan, orqasida qora, sariq, oq va kumush sharlar bor. Jessika bir bo'lak pirojniyni kamerada ushlab turadi. U qora bitiruv qalpog'ini kiyib olgan, orqasida qora, sariq, oq va kumush sharlar bor.

Rekvizitlar bilan ilhomlarga gʻarq boʻling

Hiyla ishlatishni istaysizmi? Suratga olish yakunlanganidan keyin ham kecha kayfiyatini saqlab qolish uchun alohida rekvizit (uyda qilingan yaltiroq mayda qogʻozlar yoki yaltiroq jadvalli qogʻozlar bilan urinib koʻring) yoki havo sharlarini qoʻshish orqali rasmlaringizga bayram atmosferasini qoʻshing. Leening professional maslahati: “Havo sharlari kichrayadi va yorilib ketadi, ayniqsa Los Anjelesdagi kabi issiq haroratda, shuning uchun ularni oʻrnatganingizdan keyin tezda suratga oling yoki qoʻl ostingizda boshqa buyumlar ham boʻlsin!” Bundan tashqari, tort yeyish uchun har qanday bahona boʻlishi mumkin: “Men suratga olish jarayonida oʻzim bilan sevimli taomimni olib tushishni yoqtiraman, chunki u bilan rasmga tushish oson. BU bitiruv fotosessiyasi uchun men ort bilan tushmoqchiman!”

MASLAHAT
Ajoyib portretlar olish uchun qora bosh kiyim va libosdan ajralib turuvchi yorqin rangli kiyim kiying.

Kunning hayajonli daqiqasini suratga oling

Qiziqarli bitiruv rasmlaringizni qanday qilib jonlantirishni bilasizmi? Harakatlanish. Bayram uchqunlari boʻladimi yoki kamera oldida bosh kiyimni uloqtirish, kadrlaringizda harakat yaratish energiya uygʻotishi va boshqalarda oʻzlarini yoningizdagidek his qilish imkonini yaratadi (hatto jismonan u yerda boʻlmasa ham). Masalan, Lee uchun “bayramni bildiruvchi liboslar, uchib yuruvchi yaltiroq qogʻozlar va tort kesilishi harakatni suratga olish uchun juda muhimdir.” Uning maslahati? Koʻngilochar boʻlishini unutmang: “Mening koʻplab sevimli kadrlarim kulgular va haqiqiy lahzalar bilan tugaydi, chunki ular tabiiy va kayfiyatni koʻtaradi.”

*Rasm tasvirlash maqsadlari uchun modellashtirilgan.

Eng yaxshilar ichra eng yaxshi suratga oling

Bitta kadr funksiyasi yordamida bir necha soniya suratga olingan materialdan rang-barang kadrlar yarating – bu harakatdagi kadrlarni oʻtkazib yubormaslik uchun juda qoʻl keladi.

Kollejdagi hamxonangiz yoki oila aʼzolaringizdan birini taklif qiling

Chunki bunday ulkan lahzalarni siz ulashmoqchi boʻlgan insonlardan koʻra kim ham yaxshiroq suratga olishi mumkin? Suratingiz siz istagandek boʻlishi uchun fotosuratda kerakli kamera sozlamalarini oʻrnating, ular uchun faqatgina tugmani bosib, suratga olish qolsin. “Men bu voqeani barcha rakurslardan suratga olish uchun doʻstim Skayler yordamida selfilar birlashmasi, taymer yordamida hamda portretlar oldim” deydiLee. Ular sizni oʻzingizni suratga olib boʻlganidan keyin, telefoningizni tripodga oʻrnating va ularni ham bu harakatlarga taklif qiling.

Barcha olqishlar va vaziyatlar uchun

Ajoyibotlarga boy kuningizni Galaxy S21 Ultra 5G professional
kamera funksiyalari yordamida xotiraga muhrlang.

Jessica Kerrie Li, muzqaymoq konusini ushlab, kameraga qarab kulib turibdi. Jessica Kerrie Li, muzqaymoq konusini ushlab, kameraga qarab kulib turibdi.

ISHTIROK ETDI

Jessica Carrie Lee

Model va talaba, Los Anjeles.

Ushbu hikoyalarni davomida oʻqing