Xayr 2020 yil.
Mana 2021 yil uchun bizning qarashlarimiz taxtasi.
Keling yangi yilda bizni oldinda kutayotgan barcha yaxshiliklar uchun #withGalaxy quvonaylik.
Qanday. Yil. bo‘ldi. 2020 yil ko‘plab muammolar keltirdi, biroq bu yil biz sevgan faoliyatimizga (va insonlarga) qaytamiz degan umiddamiz. IIjtimoiy tarmoqlardagi #withGalaxy olingan rasmlardan ilhomlanib, 2021 yilda eng orziqib kutayotgannarsalardan ba’zilarini e’tiboringizga havola etamiz.
Bizni yuksaltiradigan ishlarni
ko‘proq qilish
Ba’zi sevimli mashg‘ulotlar 2020 yilda ikkinchi darajali bo‘lib qolgan bo‘lsa-da, boshqa ko‘plab yangi mashg‘ulotlar hayotimizdan mustahkam o‘rin egalladi. (Biror kishi TikTokda raqsga tushadimi?) 2021 yilda xoh u tashqarida va faol yoki tinch va ijodiy bo‘lsin, biz his-tuyg‘ularimizga ko‘proq vaqt ajratmoqchimiz.
Ajoyib ochiq havodagi mashg‘ulotlarni kashf etish
2020 yilining eng yaxshi natijalaridan biri tabiat qo‘ynida ko‘proq vaqt o‘tkazish zarurligini qayta anglab yetish bo‘ldi. Yangi yilda biz ko‘proq musaffo havo va vitamin D bilan to‘yintiradigan safarlarga chiqishni, tabiat qo‘ynida dam olishni, ovqat pishirish va boshqa turli sevimli faoliyatlar bilan shug‘ullanishda davom etishni intiqlik bilan kutyapmiz.
Savatchadagi ro‘yxatlarni qaytadan tekshirish
2020 yilda dunyo to‘xtab qolganga o‘xshaydi. Endi biz pasportlarimiz changini artib hayotimizda bir marta sodir bo‘ladigan taassurotlarimizni muhrlay boshlab, ta’tilning epik fotosuratlarini qaytarishni orzu qilyapmiz.
Bir xonada kechki ovqatni
do‘stlar bilan bo‘lishish
Albatta, biz 2020 yilda uyda pazandalik mahoratimizni oshirganimizdan xursandmiz. Biroq bu yil biz bu ishni o‘z mutaxassislariga topshirib; do‘stlar davrasidagi uzoq suhbatlar va ko‘plab ishtahani ochuvchi yeguliklar bilan o‘tkazamiz degan umiddamiz.
Quchoq ochib qarshi olib.
Qo‘yib yubormaslik.
Judayam intiqlik bilan kutayotganimiz nima o‘zi? Bularning barchasi biz avval muhim deb hisoblamagan oddiy narsalar. Oddiy quchoqlashishlar. Bir-biriga suyanib o‘tirishlar. Bir-biridan 2 metr masofa saqlamasdan yaqinroq o‘tirishlar. 2021 yilda, biz, albatta, do‘stlarimizni va oilamizni quchoqlash vaqtlarini qaytarishga umid qilamiz. Biroz uzoqroq. Yo‘q, shunchaki biroz uzoqroq.
*O‘rtacha/oddiy foydalanuvchining foydalanish profili boʻyicha hisoblangan. LTE, 5G Sub6 tarmoqlaridan foydalangan holda odatiy sozlamalarda SM-G980, SM-G981, SM-G985, SM-G986 va SM-G988 versiyalarining oldindan e’lon qilinishi bilan AQSh va Buyuk Britaniyada Strategy Analytics tomonidan 13–24.01.2020 oralig‘ida mustaqil ravishda baholandi ( 5G mmWave tarmog‘ida sinovdan O‘TKAZILMAGAN) Batareyaning amal qilish muddati tarmoq muhiti, ishlatiladigan funksiyalar va ilovalar, chaqiruvlar va xabarlarning miqdori, quvvatlash muddati va boshqa ko‘plab omillarga qarab farq qiladi.