"Bilasizmi, neon chiroq yuz yildan ko‘proq vaqt oldin ixtiro qilingan? O‘shandan beri neon nuri ba’zan kino ekranlarida paydo bo‘lib, keyin orqa ko‘chalarda g‘oyib bo‘ldi – serharakat tungi ko‘chalarning ajralmas qismiga aylangunga qadar. Endi uning modasi yangi bosqichni boshdan kechirmoqda va, ehtimol, har qachongidan ham ommalashmoqda.
Siz tendda bo‘lishni va Instagram lentangizni porloq neon ranglar bilan rangbarang qilishni istaysizmi? Qulay kamera va bir nechta muhim qoydalar bilan qurollaning."
Foto @maryanne.braine
To‘g‘ri tanlov qiling
Ko'plab professional kameralar aperturaning ehtiyot bilan sozlanishi va zatvor tezligini talab qiladi, ammo Galaxy S9+ aperturasi avtomatik ravishda har qanday sharoitga moslashadi. Sizga kerak bo‘lgan narsa — bu shahardagi eng yaxshi neon vohasini topish va ajoyib suratni olish. Ijodkorlik bilan shug‘ullaning va rejimlar bilan boshingizni qotirmang!
Galaxy S7 da suratga olingan
Rakurs bilan o‘ynang
Neon fotosuratidagi asosiy narsa — muvaffaqiyatli rakurs. Siz mukammal suratni olmaguningizcha bir pozitsiyadan faqat yuz ifodasi va holatini o‘zgartirish bilan selfiga tushish siz uchun odatga aylangan bo‘lsa, boshqa strategiyani — yorug‘lik manbasiga nisbatan optimal pozitsiyani tanlashni sinab ko'ring. Unga yaqinlashing, yon tomonga bir necha qadam qo‘ying, yuqori va pastki rakurslarni sinab ko‘ring, yorug‘likka qarang, yorug‘lik manbasiga orqa o‘giring.
Sehrli neon tutunlari
Effektlarsiz ham maftunkor neon fotosuratlarini olish mumkin, ammo bu “fotodoping” dan foydalanish taqiqlangan degani emas. Xiralashtirish yoki jonli fokus rasmni sirli va havodor qiladi. Hatto “qaerda tushirilganligini toping” mavzusida musobaqa tashkil qilishingiz ham mumkin.