Fotosurat

Ijodiy foto suratkashlikningsizga
Manzur boʻladigan hiylalari

Mana shu kutilmagan foto xakinglariyordamida moʻjizani suratga oling.

Fokuslar va hiylalar faqat sehrgarlar uchun emas. Ish foto suratkashlikka kelganda siz yengingizga berkitib qoʻygan bir nechta uslublaringiz bilan ana shunday uddaburonlikka ega chiqasiz. Biz Foto suratkash Melissa Nordan (@mlnordan), uning mohir predmetlari (uning ajoyib bolalari deb tanilgan) va Galaxy S21 Ultra 5Gyordamida oltita kutilmagan va diqqatni tortadigan foto hiylalarni jamladik. Mana shu foto hiylalar bilan tanishgandan soʻng, siz layklarning soni siz avval koʻrmagan jadallik bilan oshayotganiga guvoh boʻlasiz.

Aks etuvchi yuza bilan oʻynab koʻring

Koʻzgu menga soʻyla – eng anʼanaviy foto hiylaning boisi qayerda? Aks etishlar! Koʻzgu bilan suratga olish murakkab boʻlishi mumkinligi bois, u yaxshi rekvizit sifatida tanilgan. Nordan ushbu suratni istirohat bogʻida kichik koʻzguni kamera obyektiviga yaqinlashtirib, oʻz obyektiga Galaxy S21 Ultra 5G fokusni jamlagan holda suratga olgan. Men koʻzgudan foydalandim ammo barcha nur qaytaradigan narsalar qiziq effektlarni yarata oladi. Shuning uchun tajriba qilishdan qochmang! Turli shakldagi koʻzgular, prizmalar yoki boshqa nur qaytaradigan yuzalardan foydalaning” dedi Nordan . “Oʻzingizni suratga oluvchi deb emas, balki surat yaratuvchi deb his qila boshlang” Har qanaqa tajribada boʻlgani kabi, eng mukammal lahzani tutish uchun u bir necha marta urinib koʻrishiga toʻgʻri keldi. “Men bu tasvirni 3 karra kattalashadigan telefoto kamera yordamida suratga oldim chunki bu siz kamera oldida tutib turgan obyektning aksida koʻproq xira tortilgan chekkalarni chiqarib beradi” dedi Nordan.

4

“Oʻzingizni suratga oluvchi deb emas, balki surat yaratuvchi deb his qila boshlang.”

- Melissa Nordan

Kundalik buyumlardan kutilmagan usullarda foydalaning

Bitta kichik tirgak, katta ahamiyatga ega boʻlishi mumkin. “Bu tasvir uchun men oʻyinchoq prujinaning yetakchi chiziqlari “qalqib” turadigan neytral fonni izladim’’ dedi Nordan. Unga yirik kadrdagi portret rasm kerakligini anglagan holda, u Galaxy S21 Ultra 5G yordamida tasvir koʻlamini yiriklashtirdi. “Men 3 karra yiriklashadigan telefoto kameradan foydalandim ammo siz keng burchakli kamera bilan tajriba qilishingiz va qiziq sahnalarni oʻylab topishingiz mumkin” – dedi u. Bu yerda u oʻyinchoq prujinani choʻzib, kamerani gʻaltaklar orasiga joylagan holda, fokusni oʻgʻlining koʻziga qaratgan. Yana bitta foydali maslahat: Suratga tushirishda suratga olish tugmasining oʻrniga ovozli buyruqlardan foydalaning, chunki qoʻllaringiz kamerani va oʻyinchoq prujinani ushlab turish bilan band boʻladi.

4
MASLAHAT
Tugmachani bitta bosish bilan siz S Pen Pro¹ qurilmasidan suratga olishni masofadan boshqarish pulti sifatida foydalanishingiz mumkin.

Noyob yorugʻlik manbalarini sinab koʻring

Fotoni suratga qayerda olish, ayrim hollarda qanday suratga olishdan ham koʻproq ahamiyat kasb etishi mumkin. Bu rasmni suratga olishda Nordan va uning bolalari, shtativ bilan birga piyodalar tunneliga turib olgan. “Yorugʻlik kam sharoitda sizda kadrni ushlash vaqtini oshirishga imkoniyat paydo boʻladi” dedi Nordan. Yorugʻlik boʻyogʻi effektini yaratish uchun u sehrli chiroqlarni tayoqqa oʻrab, qizidan harakatsiz iloji boricha uzoqroq turib berishni soʻradi. “Bu kameraning keraksiz qimirlashini qoʻshmaslik uchun, kameraga teginmasdan suratga olishni ovozli buyruq orqali amalga oshirishning yana bir yaxshi imkoniyatidir” dedi u. Kadr ushlab turishning 0,5 soniya atrofida ushlab turishda Pro rejimidan foydalanish, yorugʻlik bilan rasm chizish va modelning harakatda xira tortishini minimallashtirish uchun yetarli vaqtni taqdim qildi.

Tabiiy filtrni oling

Ijodiy foto suratkashlik uchun ilhom har yerdan kelishi mumkin. Biroz suv va pleksiglas yaprogʻi yordamida Nordan yaratgan ijodga bir qarang. Qatlamlar qoʻshish uchun Nordan biror yarim-shaffof narsa qoʻshish kerakligini taklif qilmoqda. U ajoyib suv tomchilarini hosil qilish uchun pleksiglasga suv purkadi va 3 karra kattalashtirishli Galaxy S21 Ultra 5G telefoto kamera linzasidan suv tomchilari jihatlarini suratga tushirishda foydalandi. Nordan tasvirga yana koʻp qatlam qoʻshish uchun qizini chiroyli gullar oldiga oʻtkazib qoʻydi. Kadrni shakllantirgach, u fokus olish uchun tasvirdagi suv tomchisiga tegindi. “Fokusni suv tomchilariga qaratish, orqa fonni xiralashtiradi va yanada mavhum tuygʻuni hosil qiladi” dedi u. Turli effektlarni hosil qilish uchun model pleksiglasga yaqinligi yoki siz pleksiglasdan qanchalik uzoqda ekanligingiz bilan tajriba qilib koʻring.

4
Kattaroq suratlarni ko‘ring
Fotosuratlaringizni yanada yaxshiroq koʻrish uchun ekrandagi tasvirni kattalashtirish uchun ularni Galaxy Tab S7 ekranida koʻring va tahrir qiling.

Perspektiva bilan oʻynab koʻring

Majburiy perspektivali fotosurat optik illyuziyani yaratishning quvnoq va oson usulidir. Bu yetarli darajada oddiy: Obyektni yirikroq qilish uchun uni kameraga yaqinroq tuting. Obyektni kichikroq qilish uchun uni kameradan uzoqlashtiring. Nordan yaxshiroq ekspozitsiya olish va yorugʻlikni yaxshiroq boshqarish uchun Pro rejimning afzalliklaridan foydalanadi. U oʻgʻlini, qizining oyoqlari orasiga qoʻyish uchun yerga yotib oldi: “Men oʻgʻlimni oddiy devor oldiga, qizimni esa nariroqqa, turargoh maydoni tarafga qoʻydim” deb eslamoqda u. “Odatda keng burchakli kameradan foydalanish eng yaxshi usul. Tasvirni oddiy qiling”.

Tasvirni buzing va kattalashtiring

“Suv – ijodiy fotosuratga biriktirish mumkin boʻlgan ajoyib manbadir” dedi Nordan. “Suvda aks etish, sinish va kattalashish – suvdan foydalanishning usullariga bir necha misoldir.” U mana shu ajoyib tasvirni qanday suratga olgan? U akvariumni suvga toʻldirdi va uning orqasiga qizini qoʻydi. “Agar qizim akvariumga yaqin kelsa, uning tasviri yiriklashadi ammo agar u undan uzoqlashsa, uning tasviri teskari boʻlib qoladi va u akvariumga oyogʻi tepadan boʻlgan holda qarayotgandek tuyuladi!” Noxush aks etishlardan qochish uchun Nordan bu tasvirni derazalardagi tabiiy yorugʻlik va oddiy devorlardan foydalangan holda, xonada suratga tushirgan. “Yorugʻlik kam boʻlganligi sababli, tasvir tiniq chiqishi uchun uch oyoqli shtativga suratga oldim. Yaqinlashish uchun esa 3 karra yiriklashtiradigan telefoto kameradan foydalandim.”

Tashqariga chiqib, suratga olishga tayyormisiz? Bizning foto xakinglarimizdan unumli foydalaning va ularni oʻz ijodingizda ishlating. Suratlaringizni yuklang va #withGalaxy orqali ular bilan baham koʻrib, oʻzgacha nigohingizni dunyoga koʻrsating.

4
  • ¹ S Pen qoʻllab-quvvatlaydigan Samsung Galaxy smartfonlari, planshetlari va shaxsiy kompyuterlaribilan mos keladi. S Pen Pro quvvatlashni va juftlashishni talab qiladi.
  • *Barcha tasvirlar Galaxy S21 Ultra 5G bilan suratga olingan. Tasvirni tahrirlashda 3-taraf dasturiy taʼminotidan foydalanilmagan.

Ijodkorlik #withGalaxy bilan boshlanadi

Oddiylikka qarshi turadigan sehrli tasvirlarni suratga oling.

A profile of photographer Melissa Nordan looking to the left A profile of photographer Melissa Nordan looking to the left

ISHTIROK ETDI

Melissa Nordan

Reley, Shimoliy Karolinada istiqomat qiluvchi foto suratkash, veterinar va uchta farzand onasi

Samsung Galaxy icon Samsung Galaxy icon

ULASHING VA KASHF ETING

Hozir sizning navbatingiz

Bizning ijod ahlimizdan ilhom olish va oʻzingizning ijodiy suratlaringiz #withGalaxy bilan baham koʻrish uchun Instagramdagi @SamsungwithGalaxy sahifamizga ergashing

Endi bu hikoyalarni oʻqing