Samsung health
Kundalik salomatlik
*Qurilmalar va ekran tasvirlari illyustrativ maqsadlarda taqlid qilingan. UX/UI dasturiy ta'minot versiyasi, model, mintaqa va boshqa omillarga qarab farq qilishi mumkin.
Uyqu haqidagi shaxsiy ma'lumotlar
Uyqu ko'rsatkichingiz haqida bilib oling
O'z uyquingiz davomiyligi, har bir uyqu bosiqichi vaqti va uyqu davomidagi harakatlaringiz haqida bilib oling va o'z uyquingiz sifatini oshiring.3
Tunda yaxshi uxlashingiz uchun
Qondagi kislorod darajasi, yurak urish tezligi va teri haroratini kuzatish yordamida o'z uyquingiz sifati haqida batafsil bilib oling*3,4
*Qindagi kislorod miqdori, yurak urish tezligi, nafas olish tezligi, xurrak otish, teri harorati va uyqu bosqichlari.
Uyqu nazorati
Uyqu nazorati yordamida kechasi sifatli uqyuingiz uchun o'z uyqu rejimingizni kuzating va tahlil qiling, kunlik maqsadlarni belgilang va ularga rioya qiling.5
Energiya ko'rsatkichi.
Galaxy AI yordamidagi sizning kundalik tayyorgarlik ko'rsatkichingiz
O'z energetik ko'rsatkichingiz yordamida kundalik salomatligingizni nazorat qiling
Energiya ko'rsatkichi — bu sizning har kunlik jismoniy va aqliy energiyangiz va tayyorligingiz o'lchovi. Faqatgina Samsung Galaxy taqiladigan qurilmalari bilan uyqu, faollik va yurak urish tezligi tahlili asosida sizning kelayotgan kun energiya ko'rsatkichinigiz hisoblanadi.1,2
Shaxsiy tavsiyalar yordamida o'z quvvat darajangizni oshiring
O'z natijangizni oshirish uchun nimalar qilishingiz mumkin? O'z kundalik tartibingizni rejalashtirish va boshqarish uchun kunlik energiya ko'rsatkichingizni oshirish borasidagi tavsiyalarga ega bo'ling.1,2
Salomatligingizni oshirish borasidagi siz uchun shaxsiy tavsiyalar
Sos'ligingizga e'tibor qarating
Mashg'ulot natijalaringizni yaxshilamoqchiligingiz yoki tungi uyqu odatlaringizni yanada yaxshiroq o'rganishingizdan qat'iy nazar, shaxsiy maqsadlaringizga erishish uchun o'z salomatlik vazifalaringizni belgilab oling. 2
Shaxsiy maqsadlaringizga erishish borasida foydali maslahatlarga ega bo'ling
Kundalik salomatlik odatlaringiz asosida sog'lom hayot sari sayohatingizdagi natijalaringiz haqida batafsil bilib oling. Salomatlik maslahatlari Samsung Health ilovasi ma'lumotlariga asoslanib batafsil axborot taqdim etadi.2
Salomatlik sayohatingizni uyg'unlashtiring
Samsung Galaxy qurilmalaridagi Samsung Health ilovasi yordamida salomatligingiz borasidagi batafsil ma'lumotga ega bo'ling hamda uni boshqaring. O'z salomatlik maqsadlaringiz sari harakatingizda tafsilotli ma'lumotlarni birlashtiring.
- *Samsung Health 6.24 va undan yangi versiyadagi ilovasi talab etiladi.
- **Galaxy Watch7 soati Android 11 operatsion tizimli Samsung Galaxy smartfoniga ulangan bo'lishi kerak.
Salomatligingizni nazorat qiling va yaxshilang
Tana tarkibini o'lchash bilan fitnes maqsadlaringizga samarali erishing
Hayotingizni yaxshi tarafga o'zgartiring
Qanday foydalanish kerak
Samsung Health-dan foydalanishning oddiy usullari bilan tanishing
Uyqu nazorati
Mashg'ulotlar dasturi
Shaxsiy HR
FTP (Amaliy Chegara Quvvati)
Yaxshi mos keladi
Siz bilan hamnafas bo'ladigan Galaxy bilan aqlliroq hayotni boshdan kechiring.
- Samsung hisob qaydnomasiga kirish talab etiladi. Xizmatning mavjudligi mamlakat/mintaqaga qarab farq qilishi mumkin.
- Hech qanday kasallikni aniqlash, diagnostika qilish va davolashda foydalanish uchun mo'ljallanmagan. Natijalar faqar shaxsiy ma'lumot uchun taqdim etilgan. Iltimos tibbiyot xodimi bilan maslahatlashing.
- Mazkur qayd etilgan barcha xizmatlar, imkoniyatlar, funksional, kontent, foydalanuvchi interfeysi va afzalliklar oldindan ogohlantirishsiz o'zgartirilishi, ularning mavjudligi esa mamlakat/mintaqa, qurilma modeli va operatsion tizim versiyasiga qarab farq qilishi mumkin. Pullik xizmatlar to'lovdan so'ng mavjud bo'ladi.
- Qurilmalar va ekran tasvirlari namuna maqsadida modellashtirilgan. Haqiqiy foydalanuvchi interfeysi dasturiy ta'minot versiyasi, model, mamlakat/mintaqa va boshqa omillarga qarab farq qilishi mumkin.
- Energiya ko'rsatkichini tekshirish uchun Samsung Galaxy Watch (Galaxy Watch4 Series va undan yangi modellar, Galaxy Fit3 dan tashqari) yoki Samsung Galaxy Ring yordamida to'plangn salomatlik ma'lumotlari Samsung Health ilovasi bilan sinxronlangan bo'lishi kerak. Kamida avvalgi kun haqidagi faollik yoki uyqu, hamda uyqu vaqtidagi yurak urish tezligi haqidagi ma'lumotlar talab etiladi.
- Energiya ko'rsatkichini baholash hamda Salomatlik maslahatlari Android (Android 10 va undan yangi versiyalar) telefonlarida mavjud bo'lib, Samsung Health ilovasi (6.27 va undan yangi versiya) talab etiladi.
- Galaxy Watch4 Series va undan yangi modellarda mavjud. Uyquni nazorat qilish funksiyasi faqat umumiy salomatlik va fitnes maqsadlari uchun mo'ljallangan. Hech qanday uyqu kasalliklari va buzilishlarini aniqlash, diagnostika qilish va davolashda foydalanish uchun mo'ljallanmagan. O'lchovlar faqat shaxsiy ma'lumot berish uchun mo'ljallangan. Maslahat uchun tibbiyot xodimiga murojaat eting.
- Xurrak otishni yozib olish uchun uyqu vaqtida soatni taqing va telefonni boshingiz yonida mustahkam yuzaga, misol uchun tumba ustiga, uning quyi qismini o'zingizga qaratib joylashtiring.
- Samsung Health ilovasining 6.24 yoki undan yangi versiyasi talab etiladi. Uyqu nazorati uchun kamida 7 kunlik, jumladan eng kamida 1 ish kuni va 1 dam olish kuni haqidagi uyqu ma'lumotlari talab etiladi.