Samsung global goals
2030-yilga qadar dunyoni
birgalikda oʻzgartiramiz
2015-yil sentabr oyida dunyoning yetakchi mamlakatlaridan kelgan vakillar Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasida 2030-yilgacha dunyoni tubdan oʻzgartirishni zimmasiga olgan. Global maqsadlar deb ataladigan Barqaror rivojlanish maqsadlari ochlikka barham berish, inson huquqlaridagi tengsizlikka qarshi kurashish hamda sayyorani tozalash rejasidir. Samsung kompaniyasi ushbu harakat bilan hamkorlik qilmoqda hamda biz oʻzgarishlarni amalga oshirishda ishtirok etishingizni xohlaymiz.
* Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi bilan hamkorlik.
COVID-19 qarshi himoya vositalaridan foydalaning
Coronavirus pandemiyasi zamonimizning eng muhum global muammosidir, lekin Samsung kompaniyasi bizning texnologiyalarimiz bu qiyinchilikni engishga yordam berishiga ishonch hosil qiladi. Biz COVID-19 ta’siri va ta’sirining tahdidlariga qarshi kurashayotganlarning ehtiyojlarini qondirish uchun o’z texnologiyalarimiz va resurslarimizdan foydalanishni davom ettirmoqdamiz. Global Goals ilovasi orqali siz Jahon Sog’liqni Saqlash tashkiloti (World Health Organization) qoshida COVID-19 Solidarity Response Fund fondiga hissa qo’shishingiz mumkin.
Bir ilovaning ahamiyatli taʼsiri
Samsung Global Goals ilovasi barchaga yorqin kelajakni yaratishga hissa qoʻshish imkonini beradi. Bu 17 maqsadning har biri hamda ularning dunyo hamjamiyatlariga taʼsir haqida bilib oling. Siz ilova ichida koʻrgan har bir reklama tanlagan maqsadingizga yoʻnaltiriladigan mablagʻlarni jalb qiladi. Biz birgalikda dunyoni yanada sogʻlom va barqarorlashtiramiz.
Global maqsadlar statistikasi va jarayonini kuzatib boring
Maxsus holatlarni qoʻllab-quvvatlang
Biz toza suv, taʼlim olish yoki tinch hayot kabi oʻzingiz ishongan sohani qoʻllab-quvvatlashignizni xohlaymiz.
Har safar mablagʻ yuborganingizda, ushbu xayriyaning qaysi maqsadga yoʻnaltirilishini tanlang. Sizning hissangiz ushbu maqsadni amalga oshirishga xizmat qiladi. Shundan keyin ushbu ilova yordamingizdan foydalangan loyihalar haqida sizni xabardor qilib boradi.
Reklamalarni koʻring va pul ishlang
Samsung Global Goals ilovasidagi reklamalardan daromad olasiz. Siz ilova ichida koʻradigan har bir reklama xayriya uchun pul keltiradi.
Daromadni tejang
Global maqsadlar xayriyasiga pul ishlash uchun ilova va uning funksiyalari bilan tanishing. Boshqaruv panelida qancha pul yiqqaningiz koʻrsatiladi.
Maqsadga xayriya qiling
Har safar xayriya qilganingizda, uning qaysi maqsadga yoʻnaltirilishini tanlashingiz mumkin.
Har safar turli maqsadlarni tanlang yoki sevimli maqsadingizni qoʻllab-quvvatlashda davom eting.
Reklamalar bilan pul ishlang
yoki bevosita xayriya qiling
Samsung Global Goals ilovasi bepul. Ilova ichida reklamalarni koʻrish orqali siz tanlagan maqsadingizga yoʻnaltirish uchun mablagʻ yigʻishingiz mumkin. Lekin pulning yigʻilishini kutishingiz shart emas. Bevosita toʻlovlar orqali istalgan payt maqsadning amalga oshirilishini boshlashingiz mumkin. Agar yangi global Goals ilovasini o'rnatgan bo'lsangiz ham, avvalgi hissangizni ko'rish uchun Samsung hisob qaydnomangizga kiring.
Samsung hissangizni ikki baravar orttiradi
Global korporatsiya sifatida Samsung kompaniyasi reklamalarni tomosha qilish orqali xayriya qilishingizga yordam berishdan gʻururlanadi. Keling, rivojlanish jarayonida yuzaga keladigan toʻsiqlarni bartaraf etadigan innovatsiyalarni yaratishda birgalikda harakat qilaylik hamda Global maqsadlarga mos qadriyatlarni yarataylik. Kelajak uzoqda emas, shuning uchun bugunoq xayriya qiling.
Ekran qulfini jonlantiring
Oʻzgarishlarni bevosita telefoningiz ekranida kuzating.
Ekran qulfi funksiyasini yoqing va har safar telefoningizni qoʻlga olganingizda Samsung Global Goals ilovasida tarixning eng nufuzli namoyandalariga oid qiziqarli xabar koʻrsatiladi.
Global harakatda ishtirok eting
Maqsadni qoʻllab-quvvatlashni boshlash uchun ilovani bugunoq yuklab oling.
- * Qurilma va ekran rasmlari illyustratsiya maqsadlarida modellashtirilgan.
- * Xizmatning mavjudligi mamlakat/xizmat provayderi/til/qurilma modeli/OS versiyasiga qarab farq qilishi mumkin.
- * Foydalanuvchi interfeysi hamda ilovalardagi reklamalar qurilmaga qarab oʻzgarishi va farq qilishi mumkin.